2
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. MAKTABGACHA TALIMDA DAVLAT STANDARTINI
MAZMUN MOHIYATI
1.1. Maktabgacha talim tashkilotini tashkil etish va meyoriy uslubiy hujjatlari …..4
1.2. Maktabgacha ta’lim davlat standartining qismlari…………………….......…..6
II BOB. MAKTABGACHA TALIM DAVLAT STANDARTINING ASOSIY
PRINSIPLARI
2.1.Maktabgacha ta`lim tashkilotlari bo’limlarida taʼlim standartining vazifalari…
9
2.2.Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti….....................................24
XULOSA………………………………………………………………...……….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..………33
3
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning
boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib
shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga
tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim
davlat va nodavlat
bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash,
bolani sog’lom,
rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish,
qobiliyatlarini
ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish
maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek
maktabgacha ta`lim muassasasi biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni
olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim
muassasasi binolarida
xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in
xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan
talablar “Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini
muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim
muassasalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan
davrdagi
umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2
yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni,
nazorat qilishni,
parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. Maktabgacha ta`lim muassasasi
ni tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim
muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim
jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston
Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan
olishinigiz mumkin.