24
2.2 Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati.
Davlat standartining maqsadi maktabgacha ta'lim
tizimini zamonaviy
talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom
va har tomonlama
yetuk qilib voyaga yetkazish hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta'lim-tarbiya
jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda
ta'lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga
va sifatiga doir majburiy
minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etish ham bor.
Maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standartida quyidagilar nazarda tutilgan:
davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari;
maktabgacha ta'limning namunaviy o‘quv rejasi;
davlat standartini joriy etish va uning talablariga
rioya etilishini
nazorat qilish;
davlat standarti komponentlari, xususan:
25
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari;
- maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat o‘quv dasturi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar,
mebel, jihozlar va
boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash
normalari.
Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari
ustuvorligi;
har
bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsoni bo‘lgan bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga bo‘lgan
huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi;
davlat standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga
mosligi;
maktabgacha ta'limning boshqa ta'lim turlari va
bosqichlari bilan
uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;
maktabgacha ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda
birligi
va yaxlitligi;
maktabgacha ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini
tanlashda innovatsiya texnologiyalariga
asoslanganligi;
xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida tajribasidan milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Dostları ilə paylaş: