O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


[21] 
2.2. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy 
omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon 
davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning 
ta’siri kuchli bo‘ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki 
tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini 
belgilab bergan, degan g‘oyani iltari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan 
preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta 
baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi 
yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning 
namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan 
berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va 
uning vakillari D.Dyui, A.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai 
nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb 
qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik 
(nasliy) omilga bog‘laydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari 
rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining 
jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog‘lik deb ko‘rsatadi.
Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta’sir tushuniladi. 
Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga 
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini 
hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, 
tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nael (biologik omil), 
ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga 
oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda 


[22] 
ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada 
shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb 
qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb 
xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta’sirida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson 
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot maxsulidir.
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki 
yo‘q qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero, 
birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi
mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘lik ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga 
yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish 
mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, 
tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch o‘ringa ega 
bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin