O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

KIRISH. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning muayyan bir yosh davriga xos 
bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh 
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va 
tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. 
Bolalarning tarbiyaga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola 
rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga 
olish muhimdir. Chunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik 
taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan 
Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash 
zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda 
murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi 
mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr 
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki 
g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan
yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri 
bo’lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur.Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni 
yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil 
qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim 
xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim-
tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va 
ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, 
shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga 
oshirilishi lozim.
Maktabgacha yosh davri bolaning hayot haqidagi ilk tasavvurlari 
shakklanadigan davri hisoblanadi.Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning 
boshqa fanlarni o‘zashtirishida katta ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun ham 
bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni 
tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuni 


[4] 
ham aytish joyizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,ona 
qornidan boshlash lozim. Chunki bola ona qornidaligidanoq olamni seza 
boshlaydi.Har bir ota-ona bunga e’tibor berishi lozim.Barkamol avlodni tarbiyalash 
uchun avvalambor ota-onalarning o‘zlari ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim.Buning 
uchun bugungi yoshlarimiz yaxshi bilim olsa,dunyoqarishi keng bo‘lsa, keyingi 
keladigan avlod ham yuksak ma’naviyatli bo‘lib boraveradi.Shuning uchun ham 
Prezidentimiz nafaqat Maktabgacha ta’lim tizimiga,shu bilan birgalikda yoshlarni 
ta’lim olishiga, kerak bo‘lsa xorijiy davlatlarda o‘z bilimlarini oshirishi uchun 
yetarlicha shart sharoitlar yaratib bermoqda. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin