O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida ertaklarning ahamiyati



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida ertaklarning ahamiyati 
Maktabgacha yosh davri bolaning hayot haqidagi ilk tasavvurlari 
shakklanadigan davri hisoblanadi.Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning 
boshqa fanlarni o‘zashtirishida katta ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun ham 
bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni 
tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuni 
ham aytish joyizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,ona 
qornidan boshlash lozim.Chunki bola ona qornidaligidanoq olamni seza 
boshlaydi.Har bir ota-ona bunga e’tibor berishi lozim.Barkamol avlodni tarbiyalash 
uchun avvalambor ota-onalarning o‘zlari ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim.Buning 
uchun bugungi yoshlarimiz yaxshi bilim olsa,dunyoqarishi keng bo‘lsa, keyingi 
keladigan avlod ham yuksak ma’naviyatli bo‘lib boraveradi.Shuning uchun ham 
Prezidentimiz nafaqat Maktabgacha ta’lim tizimiga,shu bilan birgalikda yoshlarni 
ta’lim olishiga, kerak bo‘lsa xorijiy davlatlarda o‘z bilimlarini oshirishi uchun 
yetarlicha shart sharoitlar yaratib bermoqda. 
Insoniy yaxshi fazilatlarni targ‘ib qilish yoki aksincha xarakterdagi yomon 
jihatlarni bayon etishda eng qulay va ta’sirchan usullardan biri ertak hisoblanib, 
bolalarga yaxshi va yomonni ajratishga,hayotni bolalar tilida tushunishga yordam 
beradi. Garchi ertaklar haqiqatga to‘g‘ri kelmasada, bolalarga ijobiy ta’sir qiladigan 
ta’lim berishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Ertaklar bolalar rivojlanishi 
uchun asosiy bilimlarni qiziqarli,sodda ko‘rinishda yetkazib beradi.Shuningdek, 
ertak bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib, xotirasini yanada kuchaytirish 
maqsadida mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sanaladi. 
Turli-tuman sarguzasht voqealar asosiga qurilgan syujet, o‘zida yaxshilik, insoniylik 
fazilatlarini singdirgan, xotirada tez saqlanib qolishdek xususiyatiga ega va bayon 
etishga oson, talaffuz qilishga qulay sintaktik qurilmalardan, tarkibida turli xil 
jumboqlardan tashkil topgan ertaklar bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy rivojlanishi, fikrlashni 
shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.Bu ertak yordamida bajariladi. Ertak - bu 
shunday belgilar tizimi bo‘lib, uning yordamida bola atrofdagi voqelikni o‘zi 


[9] 
tushungandek talqin qiladi.Ertak tanlayotganda, bolalarning yoshini va ruhan 
rivojlanganligini hisobga olish lozim.Tarbiyachi va ota-onalar bunga e’tibor 
bersagina ertaklar boalalarga foyda keltirishi mumkin. Ertaklardan foydalanish 
bolalarning qobiliyatlarini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.Ertakdan 
foydalanib, bolalarga ta’lim berishda yuqori natijalarga erishish mumkin. 
Bolalar tarbiyasi bilan ishlashda ertak terapiyasidan ham foydalaniladi. Ertak 
terapiyasi eng qadimiy usul hisoblanadi. Ota-bobolarimiz ham farzand tarbiyasi 
chog‘ida jinoyatchi bolani jazolashga shoshilmay, unga ertak aytib berishgan, bu 
ertak orqali bolalar o‘z xatolarini tushnib yetishgan. Ertaklar axloqiy tarbiya 
beruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan, bolalarga qanday yashashni o‘rgatgan. 
Ertakning inson hayotiga qanday ta'sir qilishini har bir ota-ona,tarbiyachi bilsagina 
bola rivojlanishiga juda ko‘p yordam bera olish mumkin. Ertak terapiyasi natijasida 
bola kattalarning yordamini his qiladi. Shuningdek, ertak dunyosini idrok etish 
orqali maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy sohasini rivojlantirish uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratish, tasavvurni shakllantiradigan tasvir va g‘oyalar bilan 
boyitish mumkin. 
Ertak terapiyasi usullari ota-onalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim. Buning 
uchun ular tarbiyachi va psixologlardan maslahatlar olishi lozim. 
Ertak terapevtlari tomonidan ishlatiladigan ertak turlari: 
1) Meditativ (ishlatiladi psixo-emotsional stressdan xalos bo‘lish uchun). 
Qoidaga ko‘ra, vositachilik qilingan ertaklarning syujetida salbiy belgilar va 
ziddiyatlar mavjud emas. 
2) Didaktik , o‘quv topshirig‘i shaklida. Bolalarga yangi bilimlarni yetkazish 
uchun foydalaniladi. 
3) Badiiy (xalq). Ularda xalq donoligi bor. Oddiy, tushunarli syujet axloqiy 
tarbiyaga hissa qo‘shadi. 
4) Psixoterapevtik . Ushbu ertaklarning o‘ziga xos xususiyati baxtli yakundir. 
Bolalar ular uchun rasmlar chizadilar, spektakl qo‘yadilar, bosh qahramonlar 
tasvirlari asosida o‘yinchoqlar yasaydilar. 


[10] 
5) Psixokorrektiv . Aytilgan ertaklar maktabgacha yoshdagi bolaning xulq-
atvoriga yumshoq va befarq ta'sir qiladi. Ertakning axloqi muhokama qilinmaydi, 
bolaga o‘zi bilan yolg‘iz o‘ylash imkoniyatini beradi. 
Bolalarga bilim berishda, aqliy rivojlantirishda matematik ertaklardan 
foydalaniladi. 
Matematik ertak - sarguzasht janriga asoslangan badiiy matndir. Matematik 
ertaklar bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Ertak orqali 
maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik qobiliyatlarni rivojlantirish va 
matematikaga qiziqishni qanday uyg‘otish mumkin. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida 
ertaklardan foydalanganda asosiy e'tibor uni chuqur anglashga, ongli va faol 
assimilyatsiyaga qaratiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, guruhda og‘zaki ertaklarning 
maxsus tanlangan repertuarlaridan matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 
muntazam foydalanish kognitiv imkoniyatlar va qobiliyatlarni rivojlantirishga 
qaratilgan, maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik dunyoqarashini 
kengaytiradi, matematik rivojlanishiga yordam beradi, matematik tayyorgarlikni 
sifatini yaxshilaydi, bolalarga ko‘proq imkoniyat yaratadi. 
Bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beruvchi matematik ertaklarga 
quyidagi ertakni misol qilib keltirish mumkin: 
“ 2 raqam kimga yoqadi? “ ertagi. 
2 raqami yoʻl boʻylab ketayotgan edi va kimdir buta ostida yig‘layotganini 
eshitdi. 
- Men - men - yoʻqolib qoldim. 
-U butaning ostiga qaradi va u yerda katta kulrang joʻjani koʻrdi. 
-Sening onang kim? 
- Mening onam goʻzal va katta qushdir. U sizga oʻxshaydi, - chiyilladi joʻja. 
Yig‘lama, biz uni topamiz,- dedi 2 raqami. 
- U joʻjani dumiga qoʻydi va ular onasini qidirishga ketishdi. Koʻp oʻtmay,


[11] 
Ikkovi oʻtloq ustida uzun dumli goʻzal qushni koʻrdi. 
- Bu sizning bolangiz emasmi, goʻzal qush? – deb soʻradi 2 raqami. 
- Men qush emas, ilonman.Mening qanotlarim ham yoʻq. 
-Pi-pi, bu onam emas, mening onam sizdek, - dedi joʻja. 
Ikkisi uzoqroq yurishdi,so‘ngra katta bir qushning katta maydonga
qanday qoʻnganini koʻrdilar. 
- Joʻjangni yoʻqotdingmi, katta qush? – muloyimlik bilan soʻradi 2-raqam. 
– Men qush emas, samolyotman. Samolyotlarda joʻjalar yoʻq, deb javob berdi 
samolyot. 
Toʻsatdan 2 raqami osmondan tushayotgan qordek oppoq katta qushni koʻrdi. 
– Oqqushim, men seni izlayotgandim, - xirilladi qush. 
-Oyi, 2-raqam bilan tanishing.U meni qutqardi,-chiqirdi joʻja. 
– Yordamingiz uchun rahmat. Siz juda mehribon ekansiz va oqqushga 
oʻxshaysiz. “Keling, do‘st bo‘lamiz”
103
Bu kabi ertaklar bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantiradi.Tarbiyachilar ota-
onalar bilan hamkorlikda bunday ertaklarni bolalarga ko‘proq aytib berishi va 
savollar orqali muhokama qilishlari lozim.Shundagina bolalar xotirasida o‘tilgan 
mashg‘ulotlar mustahkamlanib boraveradi. 
Bugungi kunda boalarga ertak o‘qib beradigan ota-onalarning soni afsuski 
kamayib bormoqda.Bolalarning aqliy tarbiyasi bilan birga,o‘zbek xalq ertakalri 
orqali axloqiy tarbiyasiga ham ertaklar orqali ta’sir qilish,ularni to‘g‘ri tarbiyalash 
mumkin.Buning uchun tarbiyachilar ota-onalarga bu borada maslahatlar 
berishi,ertak kitoblarni o‘zlari tavsiya qilishi lozim.Chunki tarbiyachi boalning 
yoshiga mos ertaklarni bilganligi uchun tog‘ri kitobni tavsiya qila oladi. 
Bundan tashqari hozirda zamonaviy texnologiayalar tobora rivojlanib 
bormoqda.Bu rivojlanish ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib ,ta’lim 
samaradorligini ma’lum darajaga oshirdi desak adashmagan bo‘lamiz.Multimedia 
vositalari bolalarga ertaklarni tinglash imkonini yaratdi.Bundan tashqari 
ertaklarning multifilm ko‘rinishiga kelishi bolalar uchun juda qiziqarli va ta’lim 


[12] 
olishiga katta yordam berdi.Lekin bu jarayonga bog‘lanib qolishlik tavsiya 
etilmaydi.Chunki ota-onalar bolalarga o‘zlari ertak o‘qib berishlari bola ruhiyatiga 
ta’sir qilib ularda mehr tuyg‘usini shakllantiradi.Buni har bir ota- onalar e’tiborga 
olishlari lozim.Tarbiyachilar ota-onalar bilan bo‘ladigna suhbat,yig‘ilishlarda bu 
boradagi o‘z tavsiyalarini berishsa, ota-onalarda ham pedagogik qobiliyatni 
shakllantirish uchun treninglar o‘tkazib turishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. 
Shuningdek, ta’lim jarayonida doimo bir xil ertaklardan foydalanish ham 
kutilan natijani beravermaydi,doimo yangi ertaklardan foydalanish lozim.Ana 
shunday sharoitda yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi. 
Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish 
mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning tafakkur 
doirasini kengaytirib,xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va bolalarga 
ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Bundan 
tashqari,tarbiyachi o‘zining pedagogik mahoratini ishlatgan holda ertak 
qahramonlarini bola qiziqishiga moslab o‘zgartirib ta’lim jarayonida qo‘llasa ta’lim 
samaradorligi yanada ortadi. 


[13] 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin