O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


[24] 
2.3. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. 
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni 
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga 
tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni 
muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos 
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining 
o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-
xil bo‘ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla 
Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tgan. Bolaning o‘ziga xos 
xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham 
psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
M: ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
xovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki 
ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, tarbiyachi 
ularni bilishi zarur.
Bolaning individual, o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish 
muhim. Temperament (lot. “temperamentum’' - qismlarning bir-biriga munosabati) 
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin