Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə82/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

74. So’zlovchi yoki yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatini ifodalaydigan soha...
A) semasiologiya B) uslubshunoslik
C) leksikologiya D) etimologiya
75. Idioma nima?
A) o’zaro ma’nodosh bo’lgan so’z va so’z birikmasi
B) o’z asl ma’nosidan uzoqlashgan so’z va so’z birikmasi
C) qo’pol, beodob, noqulay so’z va so’z birikmalarini so’zlashuv tiliga xos qulay so’z va so’z birikmalari bilan almashtirish
D) turli his-hayajon ifodalovchi ko’chma ma’noli so’z birikmalari yoki gaplar
76. Tavtalogiya nima?
A) so’zlarni birikma tarzida qo’llash
B) so’zlarni takrorlab qo’llash
C) so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash D) ma’nodosh so’zlarni qo’llash
77. Qaysi gapda izohlovchi qo’llangan?
A) Kitobsiz umrni umr desa bo’ladimi?
B) Sizdan buyukroq, Sizdan balandroq, Sizdan issiqroq yana nima bor, Onajon?
C) Dadam, qoziqning o’rtasi bo’l, deb o’rgatganlar.
D) Abdulla Qodiriy – Julqunboy jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biriga aylandi.
78. Biz, insonlar, ona deya ulug’laymiz shu qalbni. Ushbu gapdagi ajratilgan bo’lak qanday ma’noni anglatyapti?
A) butundan qism ajratilyapti
B) umumlashgan ma’no izohlanyapti
C) belgi-holat ta’kidlanyapti
D) shaxs haqida qabartirilgan, bo’rttirilgan ma’no ifodalanyapti
79. Undalmalar gap oxirida kelsa qanday uslubiy ma’nolar ifodalanadi?
A) chaqiriq, murojaat
B) muhabbat, hurmat, nafrat
C) piching D) A, B
80. Ajabo, dastlab, hech bo’lmasa, qaytaga, xolos so’zlari gap tarkibida ko’proq qanday vazifalarni bajaradi?
A) undalma B) kirish so’z
C) sifatlovchi aniqlovchi D) izohlovchi
81. Qo’shma gap tarkibida qanday uslubiy vositalar mavjud?
1. takror 2. antonim so’zlar 3. parallellik 4. ellipsiya 5.ohang
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 5
82. Obro’ kelsa, misqollab kelar, obro’ ketsa – qadoqlab. Ushbu qo’shma gapda qanday uslubiy vosita qo’llangan?
A) parallellik B) ellipsiya C) takror
D) hech qanday uslubiy vosita mavjud emas.
83. Yozma nutqda qo’shma gaplar, asosan, qaysi uslubda ishlatiladi?
A) rasmiy ish qog’ozlari uslubida B) ilmiy uslubda
C) ommabop uslubda D) badiiy uslubda
84. Sinonimik ma’no qanday usullar bilan ifodalanadi?
A) leksik va morfologik
B) leksik va fonetik
C) leksik va orfografik
D) leksik va grammatik
85. Qaysi kelishik qo’shimchalari gap tarkibida bir-biri bilan sinonim sifatida almashib qo’llanishi mumkin?
1. jo’nalish kelishigi chiqish kelishigi bilan
2. qaratqich kelishigi tushum kelishigi bilan
3. o’rin-payt kelishigi tushum kelishigi bilan
4. chiqish kelishigi tushum kelishigi bilan
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
86. Gulshanda gullarni tebratar sabo,
Adashgan yo’lchiday daydib yurar yel.
Ushbu she’rda qanday sinonimlar mavjud?
A) leksik sinonim B) morfologik sinonim
C) sintaktik sinonim
D) sinonimlar mavjud emas
87. Qaysi yasovchi qo’shimchalar o’zaro (morfologik) sinonim bo’lishi mumkin?
A) –siz -- -li B) –shunos -- -dor
C) –kor - - chi D) –choq -- -chak
88. Qaysi gapda kelishik qo’shimchalari xato qo’llangan?
A) Jamila va G’ofirlarda yaxshi his-tuyg’ular uyg’onadi.
B) Solihboyday salbiy obrazlardan nafratlanamiz.
C) Dostonni o’qir ekanmiz, Farhodning aqlli, idrokli, mehnatsevarligi ko’z o’ngimizda yaqqol gavdalanadi.
D) U shag’al uyumlaridan oshib, to’g’ri Jumanga tomon tez yurib ketdi.
89. Tong bilan safarga jo’naymiz. Ushbu gapdagi ko’makchi o’rniga qaysi kelishik qo’shimchasini qo’yish mumkin?
A) –ga B) –da C) –dan D) –ni
90. Qani bolalar, yozamiz. Ushbu gapdagi shaxs-son qo’shimchalari sinonimiyasi haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) I shaxs birlik II shaxs birlikka sinonim bo’lyapti
B) II shaxs ko’plik I shaxs ko’plikka sinonim bo’lyapti
C) II shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim bo’lyapti
D) I shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim bo’lyapti.
91.U kishi bundan 40 yil burun Mallaboy aka haqida ocherk yozib, uning shaxmat usulini tasvirlagan ekanlar.
Ushbu gapdagi shaxs-son qo’shimchalari sinonimiyasi haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri
A) I shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim bo’lyapti
B) II shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim bo’lyapti
C) II shaxs ko’plik I shaxs ko’plikka sinonim bo’lyapti
D) III shaxs birlik III shaxs ko’plikka sinonim bo’lyapti
92. Mana bir oydirki, Tursunoy dalada tunab, astoydil ishlayapti.
Ushbu gapdagi zamon qo’shimchalari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri?
A) hozirgi-kelasi zamon fe’li o’tgan zamonni ifodalayapti
B) o’tgan zamon fe’l shakli hozirgi zamonni ifodalayapti
C) hozirgi zamon fe’li o’tgan zamon ma’nosida qo’llanayapti
D) o’tgan zamon shakli kelasi zamonga sinonim bo’lyapti
93. Qaysi gapda I shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim bo’lyapti?
A) Bu orada kamina ham uzr so’raydi.
B) U ta’zim qildi: “Safo keldilar, kelsinlar!” – dedi Gulshanga.
C) Ha, o’zlari? Keldilarmi?
D) Qani bolalar, yozamiz.
94. Yaxshi o’qiyman – yaxshi o’qimasam bo’lmaydi – yaxshi o’qishga to’g’ri keladi.
Har uchala gap bir-biriga nisbatan qanday sinonimiya hisoblanadi?
A) morfologik sinonimiya
B) sintaktik sinonimiya
C) leksik sinonimiya
D) gap bo’laklari sinonimiyasi
95. Yurishni oq donalar boshlab beradi. — Yurish oq donalardan boshlanadi. Har ikkala gapda o’zaro qanday sinonimiya mavjud?
A) shaxs-son qo’shimchalari sinonimiyasi
B) zamon qo’shimchalari sinonimiyasi
C) gap bo’laklari sinonimiyasi
D) gap turlari sinonimiyasi
96. U qidirgan metall topilgan edi. – U o’zi qidirgan metallni topgan edi. Ikkala gapdagi metall va metallni so’zlari qanday bo’lak vazifasini bajarmoqda?
A) 1-metall – ega, 2- metallni – to’ldiruvchi
B) 1-metall – belgisiz to’ldiruvchi, 2-metallni belgili to’ldiruvchi
C) 1-metall – aniqlovchi, 2-metallni – to’ldiruvchi D) to’g’ri javob berilmagan
97. Biriktiruv va zidlov bog’lovchili qo’shma gap turlari ko’proq qaysi uslubda qo’llanadi?
A) badiiy uslubda B) rasmiy uslubda
C) publitsistik (ommabop) uslubda
D) ilmiy uslubda
98. Zidlov bog’lovchilari o’rnida qaysi birliklar qo’llanishi mumkin?
1. esa 2. balki 3. va 4. hatto 5. faqat
A) 1, 2 B) 1,2, 5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4,5
99. 1. Qarayman va ko’zim tinadi.
2. Men qaragach, ko’zim tinadi. Har ikkala gap haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) 1-qo’shma gap, 2-sodda gap
B) 1-bog’langan qo’shma gap, 2-ergashgan qo’shma gap
C) Bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gaplar sinonimiyasi mavjud
D) B, C
100. Qaysi qatordagi juftliklarning ikkinchisi qo’shma gap sanalmaydi?
A) Elning, yurtning baxti barqaror bo’lsa, saltanat ham bexatar bo’lur.–
Elning , yurtning baxti barqaror bo’lganda, saltanat ham bexatar bo’lur.
B) Kozimbek haydovchiga aytgani ko’chaga chiqib ketayotganda, yana to’xtadi.–
Kozimbek haydovchiga aytgani chiqib ketar-ketmas, yana to’xtadi.
C) Suv keldi – nur keldi.–
Agar suv kelsa, nur keladi.
D) Qayerga suv kelsa, shu yerda hayot bo’ladi.–
Suv kelgan yerda hayot ham bo’ladi.
101. 1. Ko’ngil yig’lasa ham, ko’zlarda nam yo’q. 2. Ko’ngil yig’laydi, lekin ko’zlarda nam yo’q. Har ikkala qo’shma gap haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) Har ikkalasi ham to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.
B) Har ikkalasi ham zidlov bog’lovchili qo’shma gap
C) 1-gap to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap, 2-bog’langan qo’shma gap.
D) 1-zidlov bog’lovchili qo’shma gap, 2-to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap.
102. Nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan adabiy nutq uslublari qanday ko’rinishlarga ega?
1. badiiy uslub 2. ilmiy uslub 3. so’zlashuv uslubi 4. rasmiy – idoraviy uslub
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 3

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin