Dorbozlik san’ati



Yüklə 1,1 Mb.
tarix17.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#115664
Taqdimot (1)

Dorbozlik san’ati

Tayyorladi: Dehqonov Hasan

Dorbozlik san’ati nima.

  • DORBOZLIK, dor o’yin — baland dor ustida tomosha ko’rsatish san’ati, tsirk san’ati janri. Dor ustida har qanday noturg’un holatda ham gavda muvozanatini saqlash mahorati namoyish etiladi. Dorbozlik taxminan 2,5 ming yil muqaddam Sharqda paydo bo’lgan, so’ng butun dunyoga tarqalgan. Dorbozlik dastlab past qurilgan, mashklari ham sodda bo’lgan. Davr o’tishi bilan dor tobora balandroq qurilib, o’yinlari murakkablasha borgan. Dorbozlik o’yinlari avval ochiq maydonlarda, 18-asr oxiridan esa tsirk sahnasida namoyish etiladigan bo’ldi va tsirk san’atining ajralmas qismiga aylandi, yangi taraqqiyot davrini boshladi. O’zbekistonda Dorbozlik qadim tarixga ega. Ba’zi manbalar Amir Temur saroyida ajoyib dor o’yinlari ko’rsatilganini tasdiqlay
  • Dorbozlik O’zbekistonning barcha yirik shaharlarida, ayniqsa Quva, Asakada taraqqiy etgan. O’tmishda o’zbek dorbozlari Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Eron, 18— 19 asrlarda Rossiyada o’z mahoratlarini namoyish etganlari to’g’risida ma’lumotlar bor. O’zbek dorbozlari 25 — 30 metr balandliqdagi ustunlarga qiya qilib tortiladigan arqon ustida langar-cho’p bilan bo’ladigan o’yinlarni: yugurish (olg’a, orqaga), sakrash, oyoqlarga pichoq yoki patnis bog’lab, shuningdek, ko’zni bog’lab, boshga xalta yoki qozon kiyib yurish, yakka va qo’sh chig’iriqda o’ynash kabi turli-tuman mashqlarni bajargan. Dor o’yinlari dor tagida raqqoslarning o’yinlari, qiziqchilar, askiyachilarning chiqishlari hamda an’anaviy tsirk turlaridan simdor, yog’ochoyoq, nayrangbozlik,besuyak, muallaqchilik, o’rgatilgan ayiq, ilon, maymun, ot, echki o’yinlari b-n birga olib borilg

UNESCO ning reprezentativ roʻyxatiga kiritildi.

  • Dorbozlik san`ati UNESCO'ning madaniy merosi ro`yxatiga kiritilishi mumkin. O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma`rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi dorbozlik san`atini UNESCO'ning Nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritish taklifi bilan ariza topshirdi. Taklif arizasi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasi tomonidan 2015 yilning noyabr oyida ko`rib chiqiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin