Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə75/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

66. Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gaplar berilgan qatorni aniqlang.
A) Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman.
B) G’anim kelsa, xonumoni kul bo’lur, o’z yurtida pachaqlash ma’qul bo’lur.
C) Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin san akangga yordamchilik qilasan.
D) O’sha yillar ... mashoq terar edik, mol boqardik, g’o’za jo’yakka kulьtivatsiya yurgizardik.
67. Aralash murakkab qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.
B) Olam keng, ellar ko’p, yurtlar beshumor.
C) Qo’shnilaring ko’nsa, hammalaring yerlaringni qo’shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatib beraman.
D) Tol ekdik suv bo’yiga, Soya-salqin bo’lsin deb, G’ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb.
68. O’zbekistonning kurashi hamisha halol,
Unda yo’qdir g’irrom, yo’qdir yomonlik.
Doimo do’stlarga tilaydi kamol,
Tilaydi barchaga do’stlik, omonlik.
Ushbu she’riy parcha murakkab qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
B) Bir necha bosh gapli mutsrakkab qo’shma gap
C) Aralash murakkab qo’shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap.
69. Ko’lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o’rdak ko’rindi. Ushub gap ....
A) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
B) aralash murakkab qo’shma gap
C) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
D) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
70. SHu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydi. Ushbu gap murakkab qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap B) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
C) aralash murakkab qo’shma gap D) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
71. To’g’risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo’lishga tirishar edi. Ushbu gap murakkab qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
B) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap.
C) aralash murakkab qo’shma gap
D) qismlari ushgan murakkab qo’shma gap.
72. Boshimda o’ynar qamchilar,
Qon ko’zlarimdan tomchilar,
Bir benavo gul yanchilar, Ozodkorim kelmasa.
Ushbu gap ........
A) aralash murakkab qo’shma gap
B) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
C) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
D) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
73. Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi. Ushbu gap .........
A) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
B) aralash murakkab qo’shma gap
C) Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
D) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
74. Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. Ushbu gap ........
A) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
B) Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
C) aralash murakkab qo’shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
75. Aralash murakkab qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) SHuni unutmaki, sen yen farzandisan va yerni ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir.
B) Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu – mening eng katta yutug’imdir, insonlarga tekkan eng katta foydamdir.
C) Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatiniayamasa, e’tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag’ishlaydi.
D) Bahor keldi, gullar ochildi, sayradi qushlar.
76. Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o’zini salqinga oldi.
B) Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning birchimiz.
C) SHe’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
D) SHuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin