Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə76/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

77. Aralash murakkab qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi.
B) Bilingki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib turgan suratga o’xshaydi.
C) Kimki umid bilan daraxt o’tqazsa, bir kuni kelib bu daraxt shig’il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog’diradi.
D) Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o’zini salqinga oldi.
78. Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Odamlarning huquqiy ongi yuksak bo’lsa, har kim o’z haqini tanisa va o’zini-o’zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo’lamiz.
B) Kimning qalbi pok bo’lsa, uning ishlari o’z-o’zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo’ladi.
C) SHu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydi.
D) Agar kishi o’z hislaridan ustun tura olsa, u o’zidagi bor nuqsonlarni yo’q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi
79. Esida bor: otasi bilan mana shu o’rindiqqa o’tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib
yurib ketdi-yu, nevara qo’rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko’zlarini yumib oldi. Ushbu gap........
A) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
B) aralash murakkab qo’shma gap
C) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
D) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
80. Umr o’tar, vaqt o’tar,
Xonlar o’tar, taxt o’tar,
Omad o’tar, baxt o’tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan,
Sening yurishlaring, sening kulishlaring. (O.Matjon) Ushbu gap ........
A) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
B) aralash murakkab qo’shma gap
C) bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
D) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
81. Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi jaranglaydi. Ushbu gap ......
A) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
B) Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
C) aralash murakkab qo’shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap
82. Bu gap kutilmagan bo’lsa ham, Mirhamidxo’janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho’qqi soqoli xiyol titradi. Ushbu gap .......
A) aralash murakkab qo’shma gap
B) Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap
C) bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap
D) ergashgan qo’shma gap
83. Ushbu ta’rif qaysi sintaktik birlikka tegishli? Muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topgan gap .......
A) ko’chirma gap deyiladi
B) o’zlashtirma gap deyiladi
C) ko’chirma gapli qo’shma gap deyiladi
D) murakkab qo’shma gap deyiladi.
84. Ko’chirma gapli qo’shma gaplar necha qismdan iborat bo’ladi?
A) doimo ikki qismdan
B) ikki yoki uch qismdan
C) to’rt qismdan
D) necha qismdan iborat bo’lishining ahamiyati yo’q
85. “So’z san’atining qudrati shundaki, -- deydi Asqad Muxtor, -- u hayotda aynan bo’lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”. Qaysi qatorda ko’chirma gap va muallif gapining joylashish sxemasi va tinish belgilari qo’yilishi to’g’ri ko’rsatilgan?
A) “K, -m, -K”. B) “K, -m, -k”.
C) M: “K”, -m. D) “K, -M, -K”.
86. “K, -m.-K”. Qolipli ko’chirma gapli qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Taniqli adabiyotshunos olim SHoislom SHomuhamedov Sa’diy SHeroziy haqida fikr yuritar ekan: “Uning ajoyib asarlari o’zbeklar orachida ham keng tarqalgan. “Guliston” va “Bo’ston” kabi axloqiy kitoblari eski o’zbek maktablarida darslik sifatida o’rganilgan”, -- deb yozadi.
B) “Husayn voiz Koshifiy SHarqda ma’lum va mashhur shaxs, -- deb yozadi Najmiddin Komilov “Tafakkur karvonlari” asarida. – U Navoiyga bag’ishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do’sti edi”.
C) “So’z san’atining qudrati shundaki, -- deydi Asqad Muxtor, -- u hayotda aynan bo’lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”.
D) “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”, -- deydi Alisher Navoiy.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin