Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə79/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

18. Publitsistik uslubning yozma va og’zaki shakllariga qaysilar kiradi?
A) radio-televidenie uslubi yozma shaklga, gazeta-jurnal uslubi og’zaki shaklga xos
B) fan o’qituvchilarining nutqi og’zaki shaklga, yozuvchilarning asarlari yozma shaklga xos C) radio-televidenie uslubi og’zaki shaklga, gazeta-jurnal uslubi yozma shaklga xos
D) mahalliy aholi nutqi og’zaki shaklga, mahalliy matbuot nutqi yozma shaklga xos
19. Vatan, istiqlol, ma’naviyat ... Bu so’zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so’zlardir. Agar insonda shu so’zlarning birontasi yo’q bo’lsa, hayotning qayeridir kemtik bo’lib turaveradi.
Yuqoridagi matn qaysi uslubga xos?
A) badiiy uslub B) ilmiy uslub
C) publitsistik uslub D) rasmiy uslub
20. Tollarning ko’m-ko’k soch popuklari qizlarning mayda o’rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. Yuqoridagi matn qaysi uslubga xos?
A) publitsistik uslub B) badiiy uslub C) ilmiy uslub D) so’zlashuv uslubi
21. SHoshilish zo’riqishga olib keladi. Qadamingni o’rinsiz tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin. Qo’l harakatingga zo’r bersang, uni bunga urishtirib yuborsang, tilingni shoshiltirsang, nokerak gapni aytib qo’yishing, aqlingni shoshiltirsang, xom xulosalarga kelib qolishing mumkin.
Ushbu matn qaysi uslubga xos?
A) so’zlashuv uslubi B) ilmiy uslub
C) badiiy uslub D) publitsistik uslub
22. Qaysi uslub ko’proq dialogik shaklda namoyon bo’ladi?
A) so’zlashuv uslubi B) ilmiy uslub
C) badiiy uslub D) publitsistik uslub
23. Obrazlilik va estetik ta’sir etish qaysi uslubning muhim beligsi sanaladi?
A) ilmiy uslub B) badiiy uslub
C) so’zlashuv uslubi D) badiiy uslub
24. Fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ........
A) rasmiy uslub B) ilmiy uslub
C) publitsistik uslub D) badiiy uslub
25. Muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutq uslubi....
A) ilmiy uslub B) rasmiy uslub
C) publitsistik uslub D) badiiy uslub
26. Davlat arboblari o’rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning ish yuritish jarayonlarida qo’llanadigan uslub ...
A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) badiiy uslub
27. Qaysi qatorda ish yuritish hujjatlari ko’rsatilgan?
A) maktub, she’r B) ishonch qog’ozi, tilxat
C) dissertatsiya, darslik
D) ish yuritish hujjatlari berilmagan.
28. Insho so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) bayon qilish, yozish
B) fikr bildirish, yasash C) yuzaga keltirish, ijod D) so’zlash, fikrlash
29. Inshoning qanday turlari mavjud?
A) rivoya – insho B) muhokama – insho
C) tasviriy – insho D) A, B, C
30. Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos beliglar, ularning boshqalaridan farqlari ko’rsatiladi, taqqoslanadi. Ushbu fikr qaysi inshoga xos?
A) rivoya – insho B) muhokama – insho C) tasviriy – insho D) erkin insho
31. Bunday insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan bo’lishi lozim. Bundan tashqari, o’quvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin. Yuqoridagi fikr qaysi turdagi inshoga tegishli?
A) muhokama – insho B) rivoya – insho C) tasviriy – insho D) ilmiy – insho
32. Bunday insholarda emotsionallikni hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o’xshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi.
Yuqoridagi fikr qaysi turdani inshoga tegishli?
A) rivoya-insho B) tasviriy –insho
C) muhokama-insho D) A, B, C
33. Bunday inshoda o’z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor beriladi, mustaqil fikrlanadi.
A) muhokama-insho B) tasviriy –insho C) rivoya-insho D) A, B

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin