+он-=ариндошлик ва болаларнинг насл-насабини белгилаш


-modda. Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə6/6
tarix10.11.2022
ölçüsü71,5 Kb.
#68365
1   2   3   4   5   6
BOLALARNING NASL-NASABINI BELGILASH SABABLARI

69-modda. Bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi
Bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.
Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga ko‘ra beriladi.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin. Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
70-modda. Bolaning ismi va familiyasini o‘zgartirish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola o‘n olti yoshga to‘lguncha bola manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o‘zgartirishga haqlidir.
Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Agar bola o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.
O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar:



  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “ O`zbekiston”, 2002.

  2. Karimov I.A. –O`zbekiston buyuk kelajag sari. T., “O`zbekiston”, 1998.

  3. Karimov I.A. – Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T., “O`zbekiston”, 1999.

  4. Karimov I.A. – Xavsizlik va arqaror taraqqiyot yo`lida. T., “O`zbekiston”, 1998.

  5. O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T., “O`zbekiston”, 2000.

  6. O`zbekiston Respublikasi oila kodeksi. T., “Adolat”, 2000.

  7. O`zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharhlar. T., “Adolat”, 2000.

  8. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risida Konvensiya, Toshkent-1998.

  9. Bag`rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. YUNESKO 1995 yil 16 noyabr, Parij.

  10. O.A.Karimova. Qonun, oila, farzand va jamiyat. T-2000.

  11. O.A.Karimova. Oila huquqi. Ma`ruzalar matni. TDPU. 2002;

  12. www.ziyonet.uz

Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin