Bolalar huquqi to’g’risidagi konvensiya



Yüklə 1,29 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#183658
bolalar huquqi to’g’risidagi konvensiya





BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BORASIDAGI ILK NORMATIV HUQUQIY HUJATLAR QUYDAGILAR.
1924 - YILBola huquqlari J eneva d eklaratsiyasi v a 1959 y i l 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi t omonidan qabul q i l i ngan Bola huquqlari d eklaratsiyasi
Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib,
Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:



  1. modda

Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.

  1. modda

Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki birorbir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.

  1. modda

Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi- yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.
Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.

  1. modda

Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko‘radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.

  1. modda

Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayoggan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.

  1. modda

Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.

  1. modda

Bola tug‘ilgan zahoti ro‘yxatga olinadi va tug‘ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo‘lish, shuningdek, iloji boricha, o‘z ota-onasini bilish va ularning g‘amxo‘rliklaridan bahramand bo‘lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi.
Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarni o‘z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshirilishini, ularning majburiyatlari shu sohaga tegishli xalqaro hujjatlarga asosan, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega bo‘lmagan taqdirda bajarilishini ta’minlaydilar.

  1. modda

Ishtirokchi-davlatlar qonunda ko‘zda tutilganidek, bolaning o‘ziga xos xususiyatlari jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish, qonunga zid ravishda aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladilar.

ta’minlaydilar.
Agar bola o‘ziga xoslik elementlarining bir yoki barcha qismlaridan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo‘lsa, ishtirokchi-davlatlar uning bu xususiyatlari tezroq tiklanishi uchun zarur yordam himoyalashni


BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1946-yil 11-dekabrda, ikkinchi jahon urushi natijasida vayron bo‘lgan mamlakatlardagi bolalarni va ularning onalarini shoshilinch oziq- ovqat va tibbiy xizmat bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
UNICEF - BMT Xalqaro bolalar shoshilinch jamg‘armasidir.
O‘zbekiston va UNICEF o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risdagi Asosiy bitm 1994-yil 19-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1994- yil 1-mart kuni ochilgan.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ILK BOR BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA QONUNIY JIHATDAN YONDASHUVLAR QUYDAGILARDAN
IBORAT.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga muvofiq qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi. Oila, bolalar va yoshlar deb nomlanib undagi 77-78-79- 80 moddalar bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. 1992 eski tahrir-2023 yangi tahrir.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda ma’qullangan
“Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasi to'g'risida”,
“O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi
qonunlar amal qilmoqda.
“Bolalarni ularning sog'ligiga zarar yetkazadigan axborotdan himoya qilish to'g'risida”gi qonunlar qabul qilingan.


2019 yil 20 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, YUNISEF va Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi hamkorligida BMTning bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

O’zbekiston Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi "Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori va Bola huquqlari bo'yicha vakilning rolini yanada kuchaytirish va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan 2020 yil 29 maydagi "Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi Qarori
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021- yil Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida Bolalar ombudsmani toʼgʼrisidagi qonunni qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Shunga asoslangan holda,
Bola huquqlari bo'yicha vakil, Oliy Majlis va UNICEF bilan birgalikda, parlament a'zolari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillari hamda taniqli xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati o'tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasida Bola huquqlarini himoya
qilishdagi asosiy masalalar


DAM OLISH
Dam olish ham xuddi bilim olish kabi huquqingizdir.
Har bir bola dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqqa ega.
Oʻqish va mashgʻulotlardan boʻsh vaqtingizni mazmunli oʻtkazish uchun ota- onangiz, davlat zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi
TA’TIL KUNLARI
Oʻquv yili davomida quyidagi taʼtillar beriladi.
Kuzgi taʼtil – 4-noyabrdan boshlab 6 kun Qishki taʼtil – 28-dekabrdan boshlab 14 kun Bahorgi taʼtil – 21-martdan boshlab 7 kun
Yozgi taʼtil – oʻquv yili tugagan kundan boshlab 1-sentyabrgacha davom etadi.
1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil beriladi.
TIBBIY PARVARISH
Har bir bola sogʻligʻini saqlash huquqiga ega.
Siz uchun bepul tibbiy yordam koʻrsatiladi.
TA’LIM OLISH HUQUQI
Har kim bilim olish huquqiga ega. Bu huquq bosh qomusimiz – Konstitutsiyamizning 41-moddasida ham belgilab qoʻyilgan.
Unda yana: “Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi”
deyilgan.
Yaʼni, maktab va kollejlarda oʻqish uchun pul toʻlamaysiz.
Esda tuting, maktab ishlari davlat nazoratida.


Bolalar uchun xavfsizlik qoidalari
Bolalar uchun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Bolalar uchun xavfsizlik qoidalari" amaliy qo'llanmasi havola etiladi.
Ushbu qo'llanmaning mundarijasida olti “yo‘q” qoidasi, notanish inson, ko‘chada, yo‘lda va jamoatchilik transportida, metroda, ko‘p qavatli uylar yo‘lagida, velosipedlar va roliklar uchayotganda, olomon orasida, jinoyatga aralashib qolmaslik uchun, uyda, yong‘in xavfsizligi, internet xavfsizligi, ota-onalarga eslatma, kerakli telefon raqamlari kabi mavzular mavjud.
“O‘zbekiston-2030" strategiyasida ham aynan bolalarning sog‘lom va aqliy rivojlanishini ta’minlashga, ularni barkamol qilib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilgan.
Strategiyaning 15-16 maqsadlari aynan bolalarimizni kelgusida sog‘lom va ma’naviy yetuk bo‘lib o‘sishiga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
15-maqsadda bolalar o‘rtasida irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish,16- maqsadda esa onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash maqsadida 6-23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni, 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash maqsadlari belgilangan. Bu kabi ustuvor masalalarning hayotga tatbiq etilishi sog‘lom kelajakni ta’minlashda dolzarb o‘rin tutadi.
Bundan tashqari, mazkur dasturilamal hujjatda chekka va olis hududlarda joylashgan maktablar uchun 715 ta avtobus ajratish va o‘quvchilarning bepul qatnovini yo‘lga qo‘yish, maktablarni va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash, 1-4 sinf o‘quvchilarining bepul ovqatlanishini tashkil etish kabi bir qator muhim vazifalar belgilab olingan. Bularning barchasi o‘sib kelayotgan farzandlarimizning belgilangan me’yorlar asosida, bekami-ko‘st ulg‘ayishiga zamin bo‘ladi.

Yaqin yillargacha mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilish Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) tasarrufida edi. Hozirda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) tashkil etilib, ushbu institut tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


Xulosa qilib aytsak bugun amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonunlarda inson huquqlari ustuvorlik kasb etmoqda. Olib borilayotgan sa’y-harakatlar kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarimizni har tomonlama sog‘lom va yetuk bo‘lishiga, ularning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishiga xizmat qilishiga ishonamiz.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin