+он-=ариндошлик ва болаларнинг насл-насабини белгилаш



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə1/6
tarix10.11.2022
ölçüsü71,5 Kb.
#68365
  1   2   3   4   5   6
BOLALARNING NASL-NASABINI BELGILASH SABABLARI


BOLALARNING NASL-NASABINI BELGILASH SABABLARI

Reja:



  1. QARINDOSHLIK TUSHUNCHASI

  2. BOLALARNING NASL-NASABINI BELGILASH

  3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA KODEKSIDA BOLANING NASL NASABINI BELGILASH

Qarindoshlik tushunchasi

Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o`rtasidagi to`g`ri shajara bo`yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya`ni tug`ilish soni bilan belgilanadi.


Bolalar ota-onasiga nisbatan to`g`ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan – ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan – uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.
Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o`xshashlar yon shajara bo`yicha qarindoshlar hisoblanadi va haka zo.
To`g`ri shajara bo`yicha qarindoshlar yon shajara bo`yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.
Ikki shaxs o`rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o`zini hisobga qo`shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.
Hisob ajdodlar tomon to`g`ri shajara bo`yicha ular uchun umumiy bo`lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon – ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.
Tug`ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog`a va amaki, amma va xola o`z jiyanlari bilan qarindoshlikning - uchinchi, tog`avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa – to`rtinchi darajasida turadilar.
Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo`lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha – ona bir ota boshqa bo`lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, o`gay aka-ukalar va o`gay opa-singillarning yo otasi, yo onasi bir bo`ladi. Yot aralashgan qarindoshlar xuddi yot aralashmagan qarindoshlikdagi kabi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (masalan, o`gay aka (uka) yoki o`gay opa (singil) vafot etgandan so`ng meros olishda yoki ulardan aliment undirishda).
Yot aralashgan aka-ukalar va opa-singillarni o`gay aka-ukalar va opa-singillardan ajrata bilish lozim. O`gaylar bir oilada yashovchi, lekin otasi ham, onasi ham bir bo`lgan bolalardir. Er va xotinning avvalgi nikohdan (yoki nikohsiz) orttirgan bolalari bir-biriga hisoblanadi.
Qarindoshlikdan qayin-bo`yinchilik va quda-andachilikni ajrata bilish kerak. Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik kishining nasl-nasabiga yoki qondoshlikka asoslanmaydi. Balki nikohning yondosh oqibati bo`lgan ijtimoiy bog`lanish hisoblanadi. Er-xotinning qarindoshlari yo`q bo`lsa, qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik vujudga kelmaydi. Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik munosabatlari oila huquqi orqali boshqarilmaydi.

Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin