O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


Ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va varmetrlarni qiyoslashni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

 
Ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va varmetrlarni qiyoslashni 
kompensatsion usuli 
Kompensatsion usul deganda o‘lchanayotgan kattaliklarni aniq kattalik bilan 
kompensatsiyalash prinsipiga asoslangan va doimiy tok potensiometri 
yordamida amalga oshiriladigan qiyoslash usuli tushuniladi. Potensiometrdan 
tashqari normal elementlar, o‘lchov qarshilik g‘altaklari, kuchlanish bo‘lgichlari, 
shunt qo‘llaniladi. Namuna asboblarining aniqlik sinfi shunday bo‘lishi kerakki 
qiyoslanayotgan asbob shkalasi oxirgi qiymati uchun o‘lchanayotgan 
kattalikning xaqiqiy qiymatini aniqlangan nisbiy xatoligi protsentlarda 
ifodalangan bo‘lsa qiyoslanayotgan asbob aniqlik sinfini raqam belgisidan 5 
marotaba kichik bo‘lishi kerak. 


108 
Kompensvsion usulni doimiy tokda 0.5 aniqlik sinfidagi asboblarni qiyoslash 
uchun qo‘llashadi. 
Kompensatsion usul bilan qiyoslash uchun ishlab chiqarish tomonidan U355 
turidagi qiyoslov qurilmasi chiqariladi. Oldin ishlab chiqarilgan U302 turidagi 
qurilma xam keng tarqalgan. Kompensatsion usul bilan qiyoslash yuqorida 
ko‘rsatilgan qurilmalardan xam amalga oshirish mumkin. Bu xolatda qiyoslash 
zanjiri labaratoriya stolida aloxida namuna o‘lchov asboblarida yig‘iladi va 
metodik ko‘rsatmalari talablariga javob berishi kerak. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri tasirli elektr o‘lchov asboblarini qiyoslashda R 355 turidagi 
maxsus yarimavtomat ko‘p chegaraviy potensiometrlar keng ko‘llaniladi. 
Ulardagi ishchi tokni diskret o‘zgartirish mumkin, u shunday o‘rnatiladiki kichik 
– dekadaning bitta pog‘anasidagi (potensiometrning bo‘lish baxosi) kuchlanish 
tushuvi qiyoslanayotgan asbobning bo‘lim baxosiga teng bo‘lishi kerak. 
Dekadalarda qiyoslanayotgan tekshirilayotgan asbob belgisiga mos keluvchi son 
qo‘yiladi. Bu xolatda potensiometrning o‘lchov dekadalarida kuchlanish tushuvi 
o‘lchanayotgan 
kuchlanishning 
xaqiqiy 
qiymatini 
bir 
qismini 
kompensatsiyalaydi, bu esa tekshirilayotgan belgi uchun nominal qiymatga teng. 
Kompensatsiyalanmagan kuchlanish qismi, yani tekshirilayotgan asbob shkalasi 
nuqtasining absolyut xatoligi, qiyoslanayotgan asbob shkalasi bo‘limlaridagi 
xatolikni to‘g‘ridan – to‘g‘ri sanovchi avtokompensator bilan o‘lchanadi. 
Vattmetrlarni qiyoslash uchun potensiometrlarda maxsus fiksatsiyalangan 
kuchlanishlar dekadasi mavjud bo‘lib qiyoslanayotgan vattmetrlar nominal 
kuchlanishlariga karrali bo‘lgan bir qator kuchlanishlarni o‘rnatish imkonini 
beradi. 
O‘lchov chegarasi potensiometrni o‘lchov chegarasining yuqori qismidan 
oshmagan voltmetr va milli voltmetrlarni qiyoslash 3.7 a – rasmda tasvirlangan 
sxema bo‘yicha bajariladi. Bu xolatda potensiometrning “bo‘lim baxosi” uzib – 
ulagichi qiyoslanayotgan voltmetr bo‘limi baxosiga teng bo‘lgan raqam 
o‘rnatiladi. IN kuchlanish manbasidan kuchlanish qiyoslanayotgan V

voltmetrga uzatiladi va PPT potensiometr bilan o‘lchanadi. P1 qutb uzib – 
ulagichni asbobdagi tok yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. 
Qiyoslanayotgan voltmetrning o‘lchov chegarasi potensiometr o‘lchov 
chegarasidan oshib ketgan, qiyoslanayotgan voltmetr V
p
bo‘lim baxosi 
patensiometrda belgilangan bo‘lim baxosining xech qaysi biriga to‘g‘ri 
kelmagan xolatlarda qiyoslash amaliyoti 3.7 b – rasmda belgilangan sxema 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu sxema yuqoridagidan kuchlanish bo‘lgichi 
DN borligi bilan farqlanadi. Potensiometrda qiyoslanayotgan voltmetrning S 
bo‘lim baxosi o‘rnatiladi. Bo‘lim koefsienti D=S/S
v
bo‘linadi. 
Demak, ushbu xolatda xatolik, kuchlanish bo‘lgichi kiritayotgan xatolik qiymati 
xisobiga oshadi.
Ampermetrlarni qiyoslash 3.7 v – rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Qiyoslanayotgan A
p
ampermetr tok manbasi IT zanjiriga R
o
namuna 
qarshilik g‘altagiga ketma – ket ulanadi. G‘altakning potensial zajimlari 
orasidagi kuchlanish tushuvi potensiometrda o‘lchanadi. S potensiometrning 


109 
bo‘lim baxosi qislanayotgan S
A
ampermetr bo‘lim baxosiga qisqartmali qilib 
qo‘yiladi. Namuna g‘altagining qarshiligi R=S/S

3.7– rasm. Valtmetr (a va b), ampermetrlar (v) va vattmetrlarni (g) 
kompensayion usul bilan qiyoslash sxemasi. 
Tokning xaqiqiy qiymatini aniqlash xatoligi potensiometr, nomal element, 
namuna karshilik g‘altagi va o‘lchov zanjiridagi termo EYUK variatsiyasi 
sababli kelib chiqadigan xatoliklardan yig‘iladi. 
Vattmetrlarni qiyoslash 3.7 g – rasmdagi sxema bo‘yicha bajariladi. 
Qiyoslanayotgan W
P
vattmetrning kuchlanish zanjiriga IN manbadan kuchlanish 
yuklangan. Xuddi shu kuchlanish DI bo‘lgich orqali potensiometrni 
fiksatsiyalangan kuchlanishlar dekadalarining zajimlariga xam yuklatilgan. 
Vattmetrda nominal kuchlanishni o‘rnatish uchun quyidagicha yo‘l tutiladi. 
Potensiometrni 
fiksatsiyalangan 
kuchlanish 
uzib 
– ulagichi bilan 
qiyoslanayotgan vattmetr nominal kuchlanishiga I
N
qisqartmali bo‘lgan U 
kuchlanish o‘rnatiladi. DI kuchlanish bo‘lgichi U/U
N
ga teng bo‘lgan D bo‘lish 
koefsienti o‘rnatiladi. IN manba kuchlanishini boshqarib, namuna kuchlanishi 
bilan solishtirib kuchlanish o‘rnatiladi. 
Vattmetrni tok zanjiriga SH shunga ulanadi, undagi kuchlanish tushuvi 
potensiometr yordamida o‘lchanadi. Ushbu maqsadlarda qo‘llaniladigan 
shuntlardagi 
nominal 
kuchlanish 
tushuvi 
30 
mv. 
SHuning 
uchun 
potensiometrdagi bo‘lim baxosi quyidagi formula bo‘yicha xisoblanadi S=30/p, 
bu erda p – qiyoslanayotgan vattmetr shkalasidagi bo‘limlar soni. Vattmetr 
ketma – ket zanjiridagi tok kuchishi o‘zgartirib qiyoslanayotgan belgiga strelka 


110 
o‘rnatiladi va petensiometr yordamida vattmetrga kiritiladigan tuzatishlar 
aniqlanadi. Potensiometrik qurilmada ishlayotganda, quyidagi ketma ketlikga 
rioya qilish tavsiya qilinadi: 
Qurilmani yoqish va 30 min qizdirish; 
Potensiometrni ishchi tokini sozlash; 
Qiyoslanayotgan qurilmani zajimlariga maxkamlash; 
Qurilma uzib – ulagichini qiyoslanayotgan qurilma o‘lchov chegarasiga mos 
xolatga o‘rnatish; 
Qurilmaga kuchlanish (tok) berish va asbobni xarakatlanuvchan qismida 
ishqalanish yo‘qligiga amin bo‘lish; 
Asbob ko‘rsatkichlarini kuchlanish (tok) ortishi va kamayishida xatoliklarini 
aniqlash; namuna asboblari uchun xatoliklar asboblardagi ikkita tok 
yo‘nalashida aniqlanadi, xar bir yo‘nalishda qiyoslash shkala bo‘yicha yuqori va 
quyi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi (4 marta), magnitoelektrik tizimli asboblar 
uchun tok yo‘nalishini o‘zgartirish o‘rniga gorizontal tekkislikda asbob 
joylashuvini 180° ga o‘zgartiriladi; 
Ko‘rsatkichni shkalaning nol belgisiga qaytmasligini aniqlash; 
Asbob ko‘rsatkichlar va tuzatishlarni xisoblash;
Variatsiya o‘zgarmas qutbida qiyoslanayotgan asbob ko‘rsatkichlarini o‘sishi va 
kamayishiga tuzatilishlar ayirmasi sifatida aniqlanadi. 
Tuzatishlar shkalaning xar bir raqamli belgisi uchunyuqorida ko‘rsatilgan 4 ta
qiymatlarning o‘rta arifmetik sifatida aniqlanadi. 
Qiyoslanayotgan asbob shkalasidagi bo‘limlarning ruxsat etilgan asosiy xatolik 
chegarasi quyidagi formula yordamada xisoblanadi 

rux
=k
r
/100 
bu erda: k – qiyoslanayotgan asbobning aniqlik sinfini belgilovchi raqam; n – 
qiyoslanayotgan asbob shkalasining bo‘limlar soni. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin