115
Tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagini o‘zgartirib qiyoslanayotgan
vattmetr ko‘rsatkichini maksimal egilishiga erishiladi – bu xolat faza
boshqaruvchini cosφ=1 mos keladi; agar qiyoslash cosφ=1 da amalga oshirilishi
kerak bo‘lsa faza boshqaruvchi ruchkasini xolatini o‘zgartirmaslik kerak; agar
cosφ=0,5 o‘rnatish kerak bo‘lsa yuqorida aytib o‘tilgandek dastlab cosφ=1
o‘rnatiladi so‘ngra fazalar siljish burchagini boshqarib qiyoslanayotgan vattmetr
ko‘rsatkichlarini ikki barobar kamaytiriladi – bu xolat cosφ=0,5 ga mos keladi;
xuddi shu tartibda xar qanday fazalar siljish burchagini o‘rnatish mumkin;
IT – o‘zgaruvchan tok manbasini boshqarib qiyoslanayotgan vattmetr W
ko‘rsatkichini shkalaning tekshirilayotgan nuqtasiga o‘rnatiladi;
R
r
o‘zgaruvchan rezistor yordamida I
K
tok o‘zgartiriladi, R
K
rezistorda
kuchlanish tushuvi evaziga o‘zgartirgichdagi termo
EYUK kompensatsiyasiga
erishiladi: kompensatsiya momentida galvonometr ko‘rsatkichi nolni ko‘rsatadi;
P uzib ulagichni “–“ xolatga o‘rnatamiz, ya’ni vattmetr va komparatorni doimiy
tok zanjiriga ulanadi;
Doimiy tok kuchlanishini nominalga teng qilib o‘rnatiladi, uni doimiy tok
potensiometri va kuchlanish bo‘lgichi yordamida nazorat qilinadi;
Doimiy tok manbasini shunday boshqaradiki o‘zgaruvchan tokda olingan
natijalarni termo EYUK da olinishi kerak, ya’ni R
r
rezistorni o‘zgarmas
qarshilik qiymatida galvonometr nolni ko‘rsatishi kerak;
Doimiy tokda quvvatni o‘lchash.
3.9
– rasmda ko‘rsatilgan komparatorlar turli qiymat komparatorlari xisoblanadi.
Ularda o‘zgaruvchan tok qiymatlarini aniqlash uchun
ekvivalent doimiy tokni
o‘lchash etarlidir. Xozirgi vaqtda ishlab chiqarilgan komparatorlar 600 V gacha
kuchlanishni va 30 A gacha tokni o‘lchash imkonini beradi. Massiv
o‘zgartirgichlarini qo‘llab (tok va kuchlanishni o‘lchov transformatorlari)
o‘lchov chegaralarini kengaytirish mumkin. O‘llchanishi kerak bo‘lgan
o‘zgaruvchan tok o‘lchash transformatorining birlamchi o‘ramiga beriladi,
ikkilamchi o‘ram signali esa komparator yordamida o‘lchab olinadi.
Komparatorlar yordamida o‘lchovxatoliklari kompapatsiyalash xatoligidan,
doimiy tokni o‘lchash xatoligidan va qo‘shimcha masshtab o‘zgartirgichlari
xatoliklari yig‘indisidan xosil bo‘ladi. Komparatsiyalash xatoligi o‘zgaruvchan
tok egri chizig‘i
chastotasi va shakliga, o‘zgartirgich xarakteristikasining
nokvadratliligi va boshqa bir qator kattaliklarga bog‘liq.
Termoelektrik komparatorlar bilan bir qatorda bir vaqtda solishtiruvchi
elektromexanik komporatorlar keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: