57
Ingliz psixologi D.Shattlevort (1935) muhit va irsiyatning aqliy rivojlanishga
ta‟sirining miqdoriy nisbatlarini aniqlagan: irsiy ta‟sirlar - 64%, oila muhiti
darajasidagi farqlar – 16%, oilada bolalar tarbiyasidagi farqlar – 3%, aralash
omillar (irsiyatning muhit bilan ta‟siri) – 17%.
Umumiy xulosa shundan iboratki, odam unga yaqin va uzoq atrof-muhit eng
qulay sharoitlar beradigan joyda rivojlanishning yuqoriroq darajasiga erishadi. Har
bir odam o„zicha rivojlanadi va irsiyat va muhitning ta‟siri «ulushi» har kimda
o„ziga xosdir.
Irsiyat va muhitning ta‟siri tarbiya bilan korreksiya qilinadi.
Tarbiyaviy
ta‟sirning
samaradorligi
rahbarlikning
maqsadga
yo„naltirilganligi, tizimliligi va malakaliligi bilan bog„liq. Shu bilan birga,
tarbiyaning kuchsizligi irsiyat va muhit ongsizlik va ongosti orqali ta‟sir
ko„rsatgani holda, tarbiya esa, inson ongiga asoslanishi va uning ishtirokini talab
qilishi natijasidir.
Tarbiya rolini baholash diapazoni keng bo„lib, tarbiyaning to„liq
kuchsizligini (noqulay irsiyatda va muhitning salbiy ta‟sirlarida) ta‟kidlashdan
boshlab, uni inson tabiatini o„zgartirishning yagona vositasi deb tan olishgacha
boradi. Shu munosabat bilan fransuz ma‟rifatparvari D.Didroning «tarbiya orqali
ko„p narsaga erishish mumkin, lekin tarbiya bolaga tabiat berganini rivojlantiradi»,
deb aytgan so„zlari o„z tasdig„ini topadi.
2.2. O`quvchlar o`zlashtirishida irsiyatning o`rni.
Irsiyat – odamdagi biologik xususiyatlarning aks etishi, ota-onalardan
bolalarga ma‟lum sifatlar va xususiyatlarni berish. Irsiyatni tashuvchilar – genlar
(grekchadan tarjima qilganda – «yaratuvchi»), xujayra yadrosi tarkibida –
xromosomalarda joylashgan.
Zamonaviy fan shuni isbot qildiki, organizmning xususiyatlari o„ziga xos
gen kodida yashiringan. Genetika odam rivojlanishining irsiy dasturini ochib berdi,
u quyidagilarni o„z ichiga oladi:
58
-
determinatsiyalangan
qism
– odamni odam qiladigan umumiy
xususiyatlarni belgilaydi, bu qism quyidagi xususiyatlarga ega;
dasturning determinatsiyalangan qismi inson zotining davom etishini
ta‟minlaydi;
odamning tur sifatidagi qobiliyatlarini, inson zoti vakili sifatidagi nutq, tik
yurish, mehnat faoliyati, tafakkur qobiliyatlarini ta‟minlaydi;
ota-onalardan bolalarga tashqi belgilar (gavda tuzilishi, shakli, soch, ko„z va
teri rangi)ni beriladi;
organizmdagi turli oqsillar birikmalari genetik jihatdan qat‟iy dasturlangan,
qon guruhi, rezus-faktor belgilangan;
irsiy xususiyatlarga psixik jarayonlar kechishi xususiyatlarini belgilaydigan
(ota-onalar asab faoliyatidagi, masalan, avlodga o„tishi mumkin bo„lgan
shizofreniyani chaqiruvchi patologik kamchiliklar) asab tizimi xususiyatlari kiradi;
qon kasalliklari (gemofiliya), qandli diabet, ayrim endokrin buzilishlar (masalan,
pakanalik) irsiy xarakterga ega; ota-onalarning alkogolizmi va narkomaniyasi
avlodga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
- o„zgaruvchan qism – odamlarni bir-biridan farqli qiladigan belgilardan
iborat, odam organizmiga uning yashash sharoitlaridagi o„zgarishlarga
moslashishi uchun yordam beradigan tizimlarning rivojlanishini ta‟minlaydi; har
bir odam dasturning bu qismini mustaqil ravishda o„zini rivojlantirish va kamol
toptirish yo„li bilan to„ldiradi, shunday qilib, tarbiyaga bo„lgan zarurat odamga
tabiat tomonidan berilgan.
Ayrim irsiy sifatlar (burun shakli, soch, ko„z rangi, yuz tuzilishi musiqiy
eshitish qobiliyati, xonandalik ovozi va boshqalar)ni aniqlash uchun qandaydir
asboblardan foydalanish talab qilinmaydi, boshqa, sitoplazma va DNK yadrosi
bilan bog„liq (moddalar almashuvi, qon guruhi, xromosomalar to„plamining
to„liqligi va boshqalar)ni aniqlash yetarlicha murakkab tadqiqotlar o„tkazishni
nazarda tutadi.
Og„irlashgan irsiyat, hatto yaxshi tarbiya muhitida bo„lganda ham, har doim
ham bolaning normal rivojlanishini ta‟minlay olmaydi. Odatda u anomaliyalar
59
(normadan chetga chiqishlar) va hatto majruxlik sababi bo„ladi, qator hollarda esa,
uzoq davom etadigan kasallik va o„limning ham sababi bo„ladi. Bundan tashqari
bolalardagi anomaldiyalarning sababi ota-onalar alkogolizmi va ular kasblarining
zararliligi (masalan, radioaktiv moddalar, zaharli ximikatlar, vibratsiya bilan
bog„liq ishlar) bo„lishi mumkin.
Ammo, o„ta noxush irsiyatni qandaydir qutulib bo„lmaydigan kasallik deb
hisoblash kerak emas. Ayrim hollarda uni korreksiya qilish va boshqarish mumkin.
Masalan, gemofiliyani davolash usullari – maxsus qon oqsili kiritish usullari ishlab
chiqilgan
13
.
Nosog„lom irsiyatli bolalar tug„ilishidan genetik-vrachlar konsultatsiyasi
yordamida saqlanish mumkin. Xususan, bunday konsultatsiyalar anomal bolalar
tug„ilishiga sabab bo„ladigan yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlarning oldini
olishga yordam beradi.
Bolalarga ota-onalaridan o„tgan belgilarni o„z vaqtida aniqlash ulardan
talablarga javob beradiganlarini iqtidorli bolalar uchun maktablarga, boshqalarini
yordamchi maktablarga yo„naltirish imkonini beradi. Aqliy va jismoniy nuqsonli
(aqli zaif, kar, ko„r) bolalar yordamchi maktablarda ijtimoiy foydali mehnatga jalb
qilinadi, savod o„rganadilar va o„z intellektual rivojlanishlarini oshiradilar.
Bolalardagi nosog„lom irsiyatni tuzatish bo„yicha oligofreno-, surdo- va
tiflopedagogikaning xizmatlari katta.
Pedagogik nuqtai nazardan 3 ta asosiy muammolarga e‟tibor qaratiladi:
1. Intellektual sifatlarning o„tishi.
Bolalarga birorta faoliyat turi bo„yicha tayyor qobiliyatlar emas, faqat ularning
qobiliyatlari – qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlar o„tadi.
Bunda mavjud oliy asab faoliyati turlaridagi farqlar faqat tafakkur jarayoni
borishini
o„zgartiradi, lekin intellektual faoliyatning sifati va darajasini
belgilamaydi. Odamga o„tgan qobiliyatlar vaziyat (yashash sharoitlari, muhit,
jamiyat ehtiyojlari, odamning u yoki bu faoliyati mahsulotiga bo„lgan talab)ga
13
Stromswold K. (2001) The heritability of language: A review and metaanalysis of twin,
adoption and linkage studies // Vol. 77. P. 647-723.
60
bog„liq holda yoki amalga oshadi, yoki amalga oshmaydi. Mashhur genetik,
akademik N.P.Dubinin intellekt darajasi ota-onalardan bolalarga o„tad, deyilgan,
keng tarqalgan fikrni xato deb hisoblaydi. Shu bilan birga, butun dunyo
pedagoglari
intellektual
qobiliyatlarni rivojlantirish uchun noqulay irsiyat
(ichkilikbozlar
bolalarida
bosh
miya
po„stlog„ining
sust
hujayralari,
giyohvandlarda buzilgan genetik tuzilmalar, irsiy psixik kasalliklar) mavjud deb
hisoblaydilar. Zamonaviy pedagogika farqlarni aniqlash va ularga tarbiyani
moslashtirishni emas, balki har bir odamdagi o„z aqliy kuchlarini rivojlantirish
uchun bor bo„lgan qobiliyatlarni rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratishni
nazarda tutadi.
2.Maxsus sifatlarning o„tishi.
Maxsus sifatlar deb ma‟lum faoliyat turiga (musiqiy, badiiy, matematik,
lingvistik, sport va boshqalarga) bo„lgan qobiliyatlarni aytiladi. Maxsus
qobiliyatlarga ega bo„lgan bolalar tanlagan faoliyat sohasida tezlikda birmuncha
yuqori natijalarga erishadilar va o„sib boradilar. Bunday qobiliyatlar kuchli
ifodalangan bo„lgan hollarda, agar odamga zarur sharoitlar yaratilsa, ular kichik
yoshda namoyon bo„ladi.
3. Axloqiy sifatlarning o„tishi.
Pedagogika fanining uzoq vaqtlar davomidagi yetakchi qoidalaridan biri
shaxsning hamma psixik sifatlari ota-onadan o„tmaydi, balki organizmning tashqi
muhit bilan munosabati jarayonida orttiriladi, deb hisoblanar edi. Bunda bola
yomon ham emas, yaxshi ham emas bo„lib tug„iladi, ya‟ni odamning genetik
dasturlarida ijtimoiy xulqi to„g„risida axborot yo„q (yangi tug„ilgan bola ruhiyati –
“toza qog„oz varag„i”), deb hisoblanar edi. Haqiqatan ham, genetik dasturlarning
ma‟nosini ochishda olimlar yaxshilik yoki yomonlik genlarini ham, tajovuzkorlik
yoki itoatgo„ylik genlarini ham, xulqqa bog„liq boshqa genlarni ham
aniqlamaganlar.
Shu bilan birga, g„arb pedagogikasida (M.Montessori, K.Lorens, E.Fromm va
boshqalar)da odamning axloqiy sifatlari biologik asosga ega, ya‟ni odamlar yaxshi
yoki yomon bo„lib tug„iladilar, tabiat tomonidan odamga tajovuzkorlik,
61
shafqatsizlik beriladi, degan qarash ustunlik qiladi. Bunday xulosalar jonivorlar va
odamlarda instinktlar (instinktlar ota-onadan o„tadi) va reflekslar mavjud, ya‟ni
odamning xulqini instinktiv, refektor deb hisoblashga asoslanadi. Akademik
P.K.Anoxin, N.M.Amosov va boshqa olimlar odam axloqi va uning ijtimoiy xulqi
irsiyatga bog„liqligini aytish bilan birga, odam biologik tur sifatida mavjud bo„lgan
va odamlar biladigan butun tarixiy davri davomida juda ham oz o„zgarishlarga
uchraganligini, bu esa, odam tabiati o„zgarmasligining isboti ekanligini ko„rsatib
o„tadilar.
Shunday qilib, axloqiy sifatlarni tadqiq qilish masalasi hozirgacha ochiq va
murakkab holda.
Genetik omillar – bola ota-onasidan irsiy axborot bilan oladigan quvvatdan
iborat. Bu omillar bilan individiuum intellektual rivojlanishining yo„nalishi
ma‟lum darajada bog„liq. Ammo, individiuumga ota-onasining tegishli darajasiga
bog„liq bo„lgan “sof” intellektning muayyan darajasi o„tmaydi. Bu genetik omillar,
ularning tarkibi va kelib chiqish mexanizmlari hamda hozirgi kundagi namoyon
bo„lishlari to„g„risida juda kam narsa ma‟lum. Faqat organizm rivojlanishining
qo„pol nuqsonlariga hamda organizmning qator jismoniy belgilariga javob
beradigan bir qator genlar aniqlangan.
Ota-onalarning shaxsiy sifatlari. Yuqori darajadagi intellektga va ijodiy
qobiliyatlarga ega bolalarning ota-onalariga, odatda, hayotga ijobiy munosabat xos
bo„lib, ular o„z ishlarini sevadilar, serg„ayrat va serharakat bo„ladilar, bo„sh
vaqtlarida madaniy yoki artistlardek vaqt o„tkazishni xush ko„radilar. Ularning
boshqalardan asosiy tafovutlari – moslashuvchan emasliklari (boshqalar fikriga,
jamiyatning shartliliklari va xurofotga nisbatan mustaqillik)dan iborat. Ular
o„zlariga ishonadilar va o„z obro„lari haqida alohida qayg„urmagan holda o„zlarini
erkin tutadilar.
Agar bolalarda ham intellektual, ham ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
sharoitlar mavjud bo„lsa, qaysi biri ustun bo„ladi? Bu ko„p jihatdan bolalarning
ota-onalari bilan munosabatlariga bog„liq. Ikkala holatda ham bola o„ziga nisbatan
62
katta yoshdagilar tomonidan insoniy iliqlik va hurmatni his qilishi jiddiy
ahamiyatga ega.
Misol. Intellekt yuqori rivojlangan oila muhitida ota-onalar bilan bolalar
o„rtasida bolalarning kichik yoshidan boshlab munosabatlar o„rnatilgan; ota-onalar
maktabdagi o„zlashtirishga alohida e‟tibor qaratadilar; yuqori verbal qobiliyatli
bolalarda, odatda, ota-onalari bilan juda mustahkam emotsional bog„liqlik
bo„ladi,
bu esa, xulqning qaram shakllarini mustahkamlaydi. Bunday hollarda ota-onalar
bolalarning aqliy rivojlanishiga ko„p e‟tibor qaratadilar, ularga bilim beradigan
o„yinchoqlar va kitobchalar sotib oladilar, katta yoshdagilar suhbatida ishtirok
etishga yo„l qo„yadilar; matematika va fazoviy tasavvur sohasida katta qobiliyati
bo„lgan bolalar o„z tashabbuslarida bir muncha erkinroq bo„ladilar.
Ijodiy qobiliyatlar ustun rivojlangan oilada ota-onalarda hech qanday
avtoritarlik bo„lmaydi; bolalarni bevositalik va o„ziga ishonch uchun
rag„batlantiriladi, oilada mas‟uliyat hissi qadrlanadi. Bunday oilalarda ko„pincha
ota-onalar
va
bolalar
o„rtasida emotsional masofa, hattoki, chuqur
kelishmovchilikkacha sovuqlik kuzatiladi, lekin bu bolalarga nisbatan
dushmanlikka yoki ularga e‟tiborsizlikka olib kelmaydi.
2-bob bo`yicha qisqa xulosa
1.O`quvchilar o`zlashtirishda muhit va irsiyatning ta`siri, ulushi masalasi ta`lim
jarayonini tashkil etishda muhim ekanligi aniqlandi. Keying yillarda O`zbekiston
kadrlar tayorlash milliy dasturida qo`yilgan talablarda kelib chiqqan holda
yoshlarni iqtidorli qobiliyati qiziqishga qarab ta`lim berish va shundan kelib
chiqqan vazifalarda bu masalalarga katta o`rin berilgan.
2.Adabiyotlar taxlili shuni ko`rsatadiki odamda intelektning 70%, o`quv
predmetlari bo`yicha o`zlashtirishning 63% irsiyatga bog`liqligi aniqlangan. Lekin,
alohida o`quv predmetlari bo`yicha irsiyat va muhitning ulushi haqida yetarli
ma`lumotlar yo`q. Bu sohadagi izlanishlar bizning Respublikamizda ham
o`tkazilmagan.
63
3-BOB PEDAGOGIK EKSPREMENT O`TKAZISH VA UNING TAXLILI.
Eksprement so`zi lotincha tajriba-sinov degan ma`noni anglatadi. Pedagogik
eksprement pedagogika fanining tadqiqotining asosiy metodlaridan biri bo`lib
hisoblanadi. Pedagogik eksprementning mazmuni tadqiqotda paydo bo`lgan
farazni tekshirish va tasdiqlash uchun qo`llaniladi. Pedagogik eksprement o`zining
hajmi bo`yicha global, vokal va mikroeksprement bo`lishi mumkin. Uning hajmi
unda qatnashadigan o`quvchilarni soni bilan belgilanadi.
Global eksprement sifatida davlat, hukumat vat a`lim boshqarmalar tomonidan olib
boriladigan eksperemenlarni misol qilib, olishimiz mumkin.
Masalan, xalq ta`limi tarixida 6 yoshdagi bolalarni maktabga jalb qilishi
bo`yicha eksperement olib brogan. Ma`lumki uning natijasida yoppasiga barcha 6
yoshdagi bolalarni 1-sinfga jalb qilish maqsadga muvofiq emasligi eksprementda
o`z natijasini topgan. Pedagogik eksperementga ma`lum bir talablar qo`yiladi.
Ular quyidagilardan iborat:
1.Pedagogik eksperement unga jalb qilingan yoshlarni sihat-salomatligiga
salbiy ta`sir ko`rsatmasligi lozim.
2.Eksprement natijasida ta`lim muassasasi ning o`quv rejasi,dasturlari
buzilishiga yo`l qo`ymaslik lozim.
3.Pedagogik eksprement maqsad vazifalari ta`lim muassasasi rahbarlari bilan
kelishilgan holda o`tqazilishi lozim.
Pedagogik eksprement quyidagi sxema asosida o`tkaziladi. Dastlab,
pedagogik eksprementning farazi ishlab chiqiladi. Bunga ko`ra eksprement
natijasida qanday natijalar olishimiz mumkin. Nimalar o`zgaradi. Shundan so`ng
pedagogik eksprementning o`tkazish uslubi , shart-sharoiti , unda qatnashuvchilar,
rejasi belgilanadi. Shundan so`ng pedagogik eksprement o`tkaziladi. Pedagogik
eksprement o`tkazishda albatta nazorat guruhlari va eksprementda qatnashuvchi
guruh belgilanadi. Bunda shu ikki guruhni eksprementdan avval imkoniyatlari ,
soni, aynan bir-biriga o`xshash bo`lishligi maqsadga muvofiqdir. Eksprement
64
natijalari olingandan so`ng ularni matematik,statistikusullari bilan ishlab
chiqiladi va har bir olingan natija muqarrarligi yoki tasodifligi extimollik
nazariyasi talablariga ko`ra mezonlanad
3.1.Pedagogik eksprement o`tkazish va uning taxlili.
Pedagogik eksprement 2013-2014 va 2014-2015 o`quv yillarida Toshkent
shahar Sergeli tumanining ikkita maktabda o`tkazildi. Tajribada jalb qilingan
umum
ta`lim
maktablari
barcha
talablarga
javob
beradigan
qayta
rekonstruksiyadan chiqqan maktablar bo`lib xizmat qiladi. Tajriba davomida biz
maktab ma`muriyatining ruxsati asosida tajriba uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni
o`rgandik.Bunda tanlab olingan o`quvchi guruhlarning o`zlashtirish natijalari,
guruh jurnallari va tabellar asosida bitirib ketgan o`quvchilarning ma`lumotlari
arxivlardan olindi. Biz o`quvchilarni qarindoshlik darajasiga ko`ra bir necha
guruhlarga bo`ldik.
1. Ota-qiz
2. Ota-o`g`il
3. Ona-qiz
4. Ona-o`g`il
5. Opa-singil
6. Opa-uka
7. Aka-uka
8. Bir tuxumdan rivojlangan egizaklar
9. Har-xil tuxumlardan rivojlangan egizaklar
Yuqorida qayd etilgan guruhlarda ularning umum ta`lim fanlar bo`yicha
o`zlashtirish natijalarini bog`liqligini taqqoslandi.
Umumta`lim fanlari sifatida quyidagi predmetlar olindi.
Matematika,rasm,musiqa,tarix,chet tili, adabiyot,geografiya va biologiya
fanlari.
Yuqoridagi fanlardan guruhlardagi juftliklarda o`quv yili so`ngida ya`ni yil
yakuni bo`yicha olingan 5 ballik tizimdagi baholar taqqoslandi.
Olingan natijalar barchasi matematik- statistik usulda ishlab chiqildi.
65
O„quvchilar o„zlashtirishida irsiyat va muxitning ulushini aniqlashda mono va
dizigota juftlarini natijalarnidan foydalinildi. Genetik tadqiqotlarda o„rganilayotgan
belgi-xossalar bo„yicha egizaklar juftida o„zaro konkordantlik (lotincha concordare
– o„xshashlik) va bir-biridan farq qilish diskordantlikni (lotincha discordare -
o„xshamaslik) belgilash nihoyatda muhimdir. Har ikki juft egizaklarda
konkordantlik koeffitsentini aniqlash
S
K = -------------
S + D
formulasi yordamida amalga oshiriladi.
Bunda K - belgining irsiylanish koeffitsenti. U foizlar orqali ifodalanadi. S
- konkordant juftlar soni D – diskordant juftlar sonini bildiradi.
Agar belgining irsiylanish koeffitsenti monozigota egizaklarda yuqori,
dizigota egizaklarda past bo„lsa, u holda belgini irsiylanishida irsiy omillar ustunlik
qilganligini, mabodo «K» monozigot va dizigot egizaklarda yaqin bo„lsa, unda
belgining rivojlanishida tashqi muhit omillari ustunlik qilgan, degan xulosaga
kelinadi.
Agar monozigota egizaklarda irsiylanish unchalik yuqori bo„lmasa, lekin
dizigota egizaklarda nisbatan anchagina yuqori bo„lsa, u holda belgining
shakllanishida ham irsiyat va tashqi muhit ta‟sir ko„rsatgan bo„ladi.
Belgining rivojlanishida qay darajada tashqi muhit va irsiyat ta‟sir
etganligini ob‟ektiv baholash uchun N-irsiylanish koeffitsientidan foydalaniladi.
MZK - DZK
N = ------------------ 100
100 DZK
Bunda: N - irsiylanish koeffitsenti (foiz hisobida)
MZK – monozigotalar konkordantligi
DZK – dizigotalar konkordantligi
66
Yuqoridagi formula asosida, biror belgining irsiylanishida genotip va
muhitning rolini ko„rib chiqamiz. Misol uchun ko„z rangining irsiylanishini olsak,
monozigot egizaklarda uning konkordantligi 100% yoki 1 ga, dizigotalarda esa
28% yoki 0,28 ga teng.
100 - 28
Demak, N = -------------- . 100 = 100
100 – 28
Ye = 100 – N = 100 – 100 = 0
Ye=0, bunda belgining namoyon bo„lishida muhit ta‟sirining yo„qligini
bildiradi. Agar N- irsiylanish koeffitsenti 0 ga teng yoki yaqin bo„lsa belgining
namoyon bo„lishi muhit ta‟siri ostida bo„lishini anglatadi.
Agar N ning miqdori 0,4-0,7 atrofida bo„lsa, u holda belgi ham tashqi
muhit ham genetik omillar ta‟sirida rivojlangan hisoblanadi. Mabodo N=0,7 (70%)
bo„lsa, belgining rivojlanishida irsiyatning roli, N=0,4 (40%) dan kam bo„lgan
taqdirda, belgining rivojlanishida tashqi muhitning roli hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo„ladi.
Qarindosh urug`lar juftliklar orasidagi bog`liqlikni aniqlash maqsadida
ularning o`quv fanlar bo`yicha o`zlashtirish natijalarini korrelyatsiyasi quyidagi
formula asosida aniqlanadi:
bunda va
-
qarindosh
juftlikdagi
belgining
natijasi;
-birinchi
juftlik
birining
o`rtacha
natijasi;
|