30
faol kovariatsiya - individ o„zining genetik moyilligiga eng ko„p darajada
mos bo„lgan muhitni yoki faol izlaydi, yoki yaratadi
.
Genotip-muhit kovariatsiyasi tiplari ijobiy yoki salbiy bo„lishi mumkin;
ularning har biri ma‟lum yosh davrida ustunlik qilishi mumkin. Masalan, bola
rivojlanishining birinchi bosqichlarida o„zaro ta‟sirning birinchi tipi ustunlik qilishi
aniqlangan .
Psixologiya fanida ta‟lim olishga qobiliyatlar an‟anaviy ravishda odamning
umumiy kognitiv qobiliyatlari tarkibida ko„rib chiqiladi. Qobiliyatlarning uchta
turi ajratiladi konvergent qobiliyatlar yoki intellekt - mavjud bilimlarni qo„llash
asosida masalalar yechish qobiliyati; 2)divergent qobiliyatlar yoki kreativlik -
tasvvur va xayol ishtirokida bilimlarni o„zgartirish qobiliyati; 3) ta‟lim oluvchanlik
yoki ta‟lim olish qobiliyati - bilimlarni olishga bo„lgan qobiliyat.
Tadqiqotchilar maktabdagi o„zlashtirish ko„rsatkichlariga real hayotdagi
yutuqlar muvaffaqiyatini aks ettiradigan tashqi kriteriylar sifatida qaraydilar. Lekin
zamonaviy
xorijiy
tadqiqotlarda
ta‟lim
olishdagi
muvaffaqiyatlilik
ko„rsatkichlarini tahlil qilishning parallel traektoriyasi - ta‟lim olish qobiliyatini
mustaqil qobiliyat sifatida o„rganish - mavjud
8
. Bu holda ta‟lim olish qobiliyati
indikatori sifatida o„quvchi tomonidan maktab dasturining u yoki bu elementlarini
o„zlashtirishning muvaffaqiyatliligi darajasini aks ettiradigan o„qituvchilarning
baholaridan foydalaniladi. Bunda o„qishga qobiliyat, til o„rganishga qobiliyat,
matematikaga qobiliyat borligi hamda ularning asosida yotgan ta‟lim olishga
umumiy qobiliyat to„g„risida gapirish qabul qilingan.
Tadqiqotlar olib borishda “ta‟lim oluvchanlik” atamasini ishlatish an‟anaga
aylangan.
Uning
mazmuni
xorijiy
tadqiqotlarda
foydalaniladigan
va
o„qituvchilarning baholariga asoslangan “learning abiliti” iborasining mazmuniga
faqat qisman mos keladi. Bizdagi psixologiya fanida implitsit va eksplitsit “ta‟lim
oluvchanlik”ni bir-biridan ajratgan holda ikki darajali tashkil qilish modeli taklif
8
Byrne B., Coventry W.L., Olson R. K. et al. (2010) “Teacher effects” in early literacy
development: Evidence from a study of twins // Journal of Educational Psychology. Vol. 102.
No. 1. P. 32-42.
31
etilgan. Implitsit ta‟lim oluvchanlikka psixikaning ongsiz faolligi namoyon bo„lishi
sifatida qaraladi. Eksplitsit ta‟lim oluvchanlikni ikkilamchi, “ongli” sifatida
belgilanadi va aynan u maktab ta‟limining muvaffaqiyatliligi va akademik yutuqlar
ko„rsatkichlari bilan bog„lanadi.
Ta‟lim olish qobiliyatlarini o„rganishda u yoki bu masalalarni yechishning
muvaffaqiyatliligidagi kuzatiladigan individual farqlarning sabablari to„g„risidagi
masala albatta ko„ndalang bo„ladi. Genetika bu masalani - umumiy kognitiv
qobiliyatlarning, ularning tarkibiga ta‟lim olish qobiliyatlari ham kiradi, individual
farqlaridagi irsiy va muhit omillari nisbatlari muammosi sifatida ancha keng
darajada ko„rib chiqish imkonini beradi.
Genetik va irsiy omillarning faqat umumiy kognitiv ko„rsatkichlar
dispersiyasidagi
hissasini
emas,
balki
to„g„ridan-to„g„ri maktab ta‟limi
muvaffaqiyatliligidagi individual farqlarning ifodalanganligidagi hissasini ham
o„rganish borgan sari ko„proq tadqiqotlarning mustaqil mavzusiga aylanib
bormoqda. 6 dan 12 yoshgacha bo„lgan amerikalik bolalarning maktabdagi
o„zlashtirishlarini psixogenetik tadqiq qilishda olingan irsiy o„tish ko„rsatkichi
40% ga yaqin va umumiy muhit ta‟sirining ko„rsatkichi ham 40% ga yaqin bo„lgan
Maktabdagi o„zlashtirishning individual farqlarida irsiy omilning va umumiy
muhit omillarining hissasini baholashda shunga o„xshash ko„rsatkichlarni
AQShdagi boshqa tadqiqotda ham tegishli tartibda - 40% va 30% olingan [Loehlin,
Nichols, 1976]. Irsiy o„tishning birmuncha yuqori ko„rsatkichlari Avstraliyadagi
15-18 yoshli o„smirlarda 60% va Gollandiyalik 12 yoshli bolalarda 60%
aniqlangan.
Bundan tashqari, maktabdagi ayrim o„quv fanlari bo„yicha o„zlashtirishdagi
u yoki bu fan sohasida ta‟lim olishga qobiliyat ko„rsatkichi sifatida qaraladigan
individual farqlarning psixogenetik tadqiqotlari mavjud. Masalan, o„qishga
qobiliyatni tadqiq qilishda umumiy muhit ta‟siri ko„rsatkichi 25 dan 45% gacha
bo„lgani holda, irsiy o„tish ko„rsatkichi esa, 40% ga yaqin bo„lgan. Matematika
bo„yicha o„zlashtirish uchun individual ko„rsatkichlar dispersiyasida umumiy
muhit omilining hissasi - 6%yuqori bo„lmagani holda, irsiy omillar hissasining
32
ko„rsatkichi esa, ancha yuqori - 69% ga yaqin bo„lgan . Buyuk Britaniyadagi keng
ko„lamli egizaklar tadqiqotida (TEDS, tadqiqotning turli bosqichlarida 5084 dan
11482 gacha 7, 9 va 10 yoshli egizaklar) maktabdagi o„zlashtirish dispersiyasiga
irsiy omillar va umumiy muhit omillari hissasining ko„rsatkichlari tegishli tartibda
til (o„qish va yozish) bo„yicha 64 va 15 % va matematika bo„yicha 68 va 10%
atrofida olingan .
Shu eslab o„tilgan oxirgi tadqiqot yana shunisi bilan qiziqarliki, unda
umumiy intellekt (g) bilan maktabdagi o„zlashtirish (standartlashtirilgan shakl
bo„yicha qo„yiladigan o„qituvchilar baholari) ko„rsatkichlari bir vaqtda baholanadi.
Bu tadqiqot natijalari bo„yicha genetik omillarning maktabdagi o„zlashtirishdagi
individual
farqlarni
tushuntirishdagi hissasi ularning kognitiv qobiliyatlar
darajasidagi individual farqlarni tushuntirishdagi hissasiga nisbatan birmuncha
yuqori ekanligi (tegishli tartibda 65 va 35%) ma‟lum bo„ldi.
Genotip bilan muhitning nisbiy hissasi turli populyatsiyalarda, masalan,
yoshi, ijtimoiy madaniy va demografik xarakteristikalari bo„yicha farqlanadigan
populyatsiyalarda turlicha bo„lishi mumkin. Shunga muvofiq tadqiq qilinayotgan
guruhda, masalan, ta‟lim muhitining ko„p jihatdan bir xildaligi, tahlil qilinayotgan
belgining dispersiyasini tushuntirishda irsiy komponentlar hissasi ortishiga olib
keladi. Buyuk Britaniyada olingan ta‟lim olish qobiliyatlarining irsiyligi
ko„rsatkichi AQShdagi xuddi shu ko„rsatkichdan jiddiy darajada yuqori ekanligi
shu nuqtai nazardan izohlanadi. Buyuk Britaniyadagi ta‟lim tizimi qat‟iy tartibga
solingan, majburiy ta‟lim standartlariga asoslanadi va shuning uchun AQShdagi
ta‟lim tizimiga nisbatan barcha o„quvchilar uchun ko„proq bir xillikka ega.
Amerika ta‟lim tizimi esa, dunyodagi eng detsentralizatsiyalanganlardan biri
hisoblanadi va ta‟lim muhitining yuqori darajada xilma-xilligi ta‟lim olishdagi
individual farqlar dispersiyasiga muhit omillari ta‟sirining ko„rsatkichlari ancha
yuqori ekanligining sababi bo„lishi mumkin..
Genetik tadqiqotlar ta‟lim olish qobiliyatlariga, masalan, matematikani
o„rganishga faqat irsiy va muhit omillarining nisbiy ulushlarining ta‟sirlarini emas,
balki shu qobiliyatlarning har turli ko„rsatkichlari orasidagi o„zaro bog„liqliklarni
33
tushunishga ham imkon beradi. Masalan, ko„p o„lchamli tahlil o„qishga o„rganish
qobiliyatiga ta‟sir qiluvchi irsiy va muhit omillari boshqa ko„rsatkichga, masalan,
til o„rganish qobiliyatiga qaysi darajagacha ta‟sir ko„rsatishini aniqlash
imkoniyatini beradi
9
.
Ko„p o„lchamli tahlilning jiddiy natijalaridan biri - bitta genlarning o„zi yoki
bitta muhitning o„zi shu ikkita ko„rsatkichga qanchalik ta‟sir qilishini
ko„rsatadigan irsiy va muhit korrelyatsiyalari olinishidan iborat. Bunday ko„p
o„lchamli tadqiqotlar doirasida olinadigan ta‟lim olishdagi muvaffaqiyatning
genetik korrelyatsiyasi o„qishni va tilni o„rganish qobiliyatlari uchun 0,67 dan 1,00
gacha [Stromswold, 2001], o„qishni va matematikani o„rganish qobiliyatlari uchun
0,47 dan 0,98 gacha [Kovas et al., 2007], tilni va matematikani o„rganish
qobiliyatlari uchun 0,59 dan 0,98 gacha [Plomin, Kovas, 2005] bo„ladi.
Shunday qilib, olinadigan genetik korrelyatsiyalar har turli qobiliyatlarning
keng doirasiga irsiy ta‟sirlar uchun “universal” genlarning bir xildagi to„plamining
o„zi javob berishi to„g„risida gapirish imkonini beradi. Shu aytilgan oxirgi taxmin
psixogenetika bo„yicha hozirgi adabiyotlarda “universal” genlar gipotezasi sifatida
belgilanadi [Plomin, Kovas, 2005; Kovas, Plomin, 2007].
Bunda kognitiv ko„rsatkichlar bilan ta‟lim olishdagi muvaffaqiyatlilik
ko„rsatkichlarini shunday turdagi ko„p o„lchamli tahlil doirasida qiyoslash ta‟lim
olishdagi muvaffaqiyatlilik ko„rsatkichlari bilan bog„liq “universal” genlar har xil
turdagi intellektual genlarga ham ta‟sir ko„rsatadi, deb xulosa chiqarishga imkon
beradi.
Bunda
universal“
genlarning
ta‟lim olishdagi muvaffaqiyatlilik
ko„rsatkichlariga ta‟siri bu genlarning faqat kognitiv ko„rsatkichlar bilan o„zaro
bog„liqligi bilan cheklanmaydi. Masalan, turli fanlarni o„qitishda ta‟lim olishdagi
muvaffaqiyatlilik ko„rsatkichlari o„zaro bir-biri bilan intellektual ko„rsatkichlarga
nisbatan ancha yuqori irsiy korrelyatsiyalarga ega bo„ladi. Masalan, til va
matematika
bo„yicha
irsiy
omillarga
hisob
qilinadigan
o„zlashtirish
dispersiyasining to„rtdan uch qismiga yaqini intellektning (g) “irsiy dispersiyasi”
9
KovasY., Plomin R. (2007) Learning abilities and disabilities: Generalist genes, spcialist
environments // Current Directions in Psychological Science. Vol. 16. P. 284-288.
34
bilan
umumiy
hisoblanadi,
ta‟lim
olishdagi
muvaffaqiyatlilikning
“irsiy
dispersiyasi”ning, lekin g bilan bog„liq bo„lmaganining, yana to„rtdan uch qismiga
yaqini shu ikkita maktab o„quv fanlari uchun umumiy hisoblanadi, qolgan to„rtdan
uch qismi esa, har bir fan sohasi uchun alohida holda xos bo„ladi.
Genetik ko„p o„lchamli tahlil doirasida olinadigan muhit korrelyatsiyalari ham
katta qiziqish tug„diradi. Irsiy korrelyatsiyalarga o„xshab umumiy muhit omillariga
hisob qilinadigan korrelyatsiyalarning o„rtacha ko„rsatkichlari ham juda yuqori
bo„ladi. Masalan, ular o„qish va matematikani o„rganish muvaffaqiyatliligi
ko„rsatkichlari uchun 0,74 atrofida bo„ladi, matematikagning har xil jihatlarini
o„zlashtirish muvaffaqiyatliligi ko„rsatkichlari uchun esa, 0,86 atrofida bo„ladi.
Boshqachasiga aytganda, umumiy muhit omillari ham bir vaqtda kognitiv
ko„rsatkichlarning
keng
spektriga
hamda
turli
fanlarni
o„qitishdagi
muvaffaqiyatlilik
ko„rsatkichlariga
ta‟sir
ko„rsatishi
ma‟nosida
ma‟lum
darajagacha “universal” bo„ladi. Bunday natijalar mantiqiyligining sabablari
ijtimoiy-iqtisodiy holatni, oila muhiti xususiyatlarini, ta‟lim tizimining turli
aspektlarini o„z ichiga oladigan umumiy muhit omillari, ko„pincha, ta‟lim olish
qobiliyatlarining
ayrimi
ko„rsatkichlariga
emas,
umuman
ta‟lim
olish
qobiliyatlariga ta‟sir ko„rsatishi bilan asoslanadi. Bu omillarni yanada
chuqurroq tushunish uchun keng miqyosda turli madaniyatlar bo„yicha tadqiqotlar
o„tkazish zarur.
Eng qiziqarli va bahslashilmaydigan psixogenetik natijalardan biri aynan
individual muhit omillari bir boladagi ta‟lim olish qobiliyatlari kognitiv
ko„rsatkichlarining turli darajalarida tabaqalanish (differensiatsiya)ga olib kelishi
fakti hisoblanadi. Bunda bitta fan sohasidagi ko„rsatkichlarga ta‟sir ko„rsatadigan
individual muhit omillari boshqa sohadagi muvaffaqiyatlilik bilan bog„liq
individual muhit omillardan asosan farqli bo„ladi. Masalan, TEDS ma‟lumotlariga
ko„ra individual muhit ta‟sirining ko„p o„lchamli baholari 16% ga yaqin bo„lib, bu
omillarning har xil turdagi qobiliyatlarning ishonarli o„zaro bog„liqligini
tushuntirishda hissasi kam ekanligini aks ettiradi. Kognitiv ko„rsatkichlar bilan
35
ta‟lim olishdagi muvaffaqiyatlilik ko„rsatkichlari orasidagi tegishli muhit
korrelyatsiyalari yana ham pastroq [Kovas et al., 2007].
Shunday qilib, individual muhit omillari yuqori ixtisoslashgan hisoblanadi:
ular ta‟lim olishdagi turli darajali individual qobiliyatlar bilan maktabdagi
muvaffaqiyatlarning shakllanishida ayniqsa jiddiy rol o„ynaydi. Tadqiqotchilar
oldida turli madaniyatlardagi aynan shunday o„ziga xos va ixtisoslashgan muhit
omillarini aniqlash va o„rganish vazifasi turibdi.
Shunga o„xshash tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini ta‟kidlab o„tish lozim.
Haqiqatan ham, agar individual muhit omillari o„qish va matematikadagi
muvaffaqiyatlarga erishishdagi farqlarga eng ko„p hissa qo„shsa, bunday farqlar
o„quvchilarning muvaffaqiyatlari kesimida eng ko„p darajada tashqi ta‟sir ostida
bo„lishini kutish mumkin.
1-bob bo`yicha qisqa hulosa.
1.Odam genetik jihatdan o`rganish qiyin bo`lgan ob`ekt bo`lib, uning o`rganishda
o`ziga hos metodlar qo`llaniladi. Bu metodlar jumlasiga , geneologik metod,
egizaklar metodi, sitogenetik metod, populyatsion statistik metod, molekulyar
bioximya metod va dermotoglifik metodlari kiradi.
Bizning tadqiqotlarimiz uchun eng maqbul metod sifatida egizaklar metodi to`g`ri
kelishi aniqlandi.
2. Egizaklar metodi-odamdagi belgi xususiyatlarini namoyon bo`lishida irsiyat va
muhitning o`rnini aniqlashda eng maqbul metod ekanligi aniqlandi. Bunda bir
tuxumdan va turli tuxumlardan rivojlangan egizaklardagi belgi va xususiyatlar
bo`yicha konkordantlik va diskonkordantlikni aniqlab, irsiylanish koefitsenti,
irsiyat va muhitning o`rnini aniqlash mumkin.
3. Adabiyotlar taxlili shuni ko`rsatadiki egizaklar metodi orqali odamda juda ko`p
morfologik, fiziologik belgi va xususiyatlarni namoyon bo`lishida irsiyat va
muhitning roli aniqlangan. Keyingi yillarda odamdagi xulq atvor belgilarni
namoyon bo`lishida ham bu metod keng qo`llanilgan. Lekin odamdagi o`quv
predmetlarni o`zlashtirishda irsiyat va muhitni ulushini aniqlash bo`yicha
36
izlanishlar yetarli darajada olib borilmagan. Ayniqsa bunday izlanishlar o`zbek
millatiga mansub bo`lgan ishlar orasida umuman o`tkazilmagan.
37
2-BOB. O`QUVCHILAR O`ZLASHTIRISHIDA MUHIT VA IRSIYATNING
TA`SIRI MUAMMOSI
Odamning genetik potensiali vaqt bilan chegaralangan bo„lib, bunda esa,
yetarlicha qattiq chegaralangan. Agar ilk ijtimoiylashuv muddatini o„tkazib
yuborilsa, u amalga oshmagan holda so„nadi. Buni tasdiqlovchi yaqqol misollar
sifatida go„daklarning vaziyat taqozosi bilan jungliga tushib qolgan va jonivorlar
orasida bir necha yilni o„tkazgan ko„plab hodisalarni ko„rsatish mumkin. Ularning
odamlar orasiga qaytganlaridan keyin qo„ldan chiqarilgan rivojlanish bosqichini
to„liq darajada egallay olmaganlar: nutqni egallashlari, inson faoliyatining
yetarlicha murakkab ko„nikmalarini o„zlashtirishlari, ularda odamning psixik
funksiyalari yetarlicha rivojlanmagan. Bu esa, odam xulqi va faoliyatining
xarakterli xususiyatlari faqatgina ijtimoiy meros olish, faqat ijtimoiy dasturni
tarbiya va ta‟lim jarayoniga uzatish orqali egallanishini tasdiqlaydi.
Irsiyat va muhitning odam ontogenezidagi rolini tushunish uchun «genotip»
va «fenotip» tushunchalari jiddiy rol o„ynaydi.
Genotip bu – organizmning irsiy asosi, uning xromosomalarida joylashgan
genlar yig„indisi, bu organizm o„z ota-onasidan oladigan genetik konstitutsiY.
Fenotip bu – organizmning individual rivojlanishi jarayonida shakllangan
barcha xususiyatlari va belgilari yig„indisi. Fenotip organizmning rivojlanishi
amalga oshib boradigan muhit sharoitlari bilan o„zaro munosabatlari orqali
belgilanadi. Fenotip genotipdan farq qilgan holda, organizmning butun hayoti
davomida o„zgaradi va genotip hamda muhitga bog„liq bo„ladi. Bir xil genotiplar
(bir tuxumli egizaklarda), har xil muhitlarga tushib qolgan hollarida, ularda har xil
genotiplar hosil bo„lishi mumkin. Barcha omillar ta‟sirini hisobga olganda, odam
genotipini bir nechta elementlardan tashkil bo„lgan holda tasavvur qilish mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
genlarda kodlashtiriladigan biologik belgilar;
muhit (ijtimoiy va tabiiy);
indvid faoliyati;
aql (ong, tafakkur).
38
Odam fenotipining murakkab tarkibiy tuzilishidan kelib chiqqan holda
aytish mumkinki, yevgenikaning mazmuni faqat bitta – yuqorida aytilganlardan
birinchi element (genlarda kodlashtiriladigan biologik belgilar) hisoblanadi.
Yevgenika vakillari aynan shuni absolyutlashtiradilar. Shu bilan bir qatorda, odam
genotipining ijtimoiy elementlari ularning e‟tiborlaridan chetda qoladi. Bu nazariya
izdoshlari pozitsiyasining cheklanganligi shundan iborat.
Odam rivojlanishida irsiyat va muhitning o„zaro ta‟siri uning butun hayoti
davomida jiddiy rol o„ynaydi. Lekin, u organizm shakllanishining embrional,
emizish, bolalik, o„smirlik va o„spirinlik davrlarida alohida ahamiyatga ega
bo„ladi. Aynan shu vaqtda organizm rivojlanishi va shaxs shakllanishining intensiv
jarayoni kuzatiladi.
Irsiyat organizm qanday bo„lishi mumkinligini belgilaydi, lekin odam ikala
omillar – irsiyatning ham, muhitning ham bir vaqtdagi ta‟siri ostida shakllanadi.
Hozirda umume‟tirof qilinib bormoqdaki, inson adaptatsiyasi irsiyatning ikkita:
biologik va ijtimoiy dasturlari ta‟sirida amalga oshadi. Istalgan indvidning barcha
belgilari va xususiyatlari uning genotipi bilan muhitning o„zaro ta‟siri natijasi
hisoblanadi. Shuning uchun har bir odam ham tabiatning bir qismi, ham ijtimoiy
rivojlanish mahsulidir.
Hozirda shunday nuqtai-nazarni ko„pchilik olimlar ma‟qullamoqdalar.
Kelishmovchiliklar insonning aqliy qobiliyatlarini tadqiq etishda irsiyat va
muhitning roli to„g„risida gap borganda kelib chiqadi
10
. Ayrimlar aqliy qobiliyatlar
genetik o„zlashtiriladi deb hisoblasalar, boshqalar aqliy qobiliyatlar rivojlanishi
ijtimoiy muhit ta‟sirida belgilanadi, deb aytadilar.
«Aqliy qobiliyatlar» tushunchasining aniq ta‟rifi ham yetarlicha murakkab
masala hisoblanadi. Intellektual qobiliyatlar g„oyat xilma-xil va o„ziga xosdir.
Inson genial shaxmatchi bo„lishi va yomon artist (shoir, matematik va sh.k.)
bo„lishi va aksincha bo„lishi mumkin. Ammo IQni aniqlash bo„yicha testlarni
10
Light J.G., DeFries J.C., Olson R.K. (1998) Multivariate behavioral genetic analysis of
achievement and cognitive measures in reading- disabled and control twin pairs// Human Biology.
Vol. 70. P. 215-237.
|