Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

Iskabtoparlar  (Phlebotomidae)  oilasi  vakillari  juda  mayda  bo„lib,  tanasi  uzun 

tukchalar  bilan  qoplangan,  uzunligi  1,3-3,5  mm  keladi.  Ular  kichik  kapalakchalarga 

o„xshaydi. Iskabtoparlar kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda 

toshbaqalarning  inlarida,  qushlarning  uyalarida,  molxonalarda,  aholi  turar  joylarida 

yashaydi.  

Iskabtoparlar  oilasiga  600  ta  tur  kiradi.  Ular  Yevropaning  janubi,  O„rta  va 

Janubiy  Osiyo  hamda  Shimoliy  Afrikada  keng  tarqalgan.  Markaziy  Osiyoning  cho„lli 

mintaqalarida ham ko„plab tarqalgan. Ularning faqat urg„ochilari qon so„radi; erkaklari 

gul  nektari  bilan  oziqlanadi.  Iskabtoparlar  obligat  qon  so„ruvchi  hasharotlar  bo„lib, 

odatda odamlarga, hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda hujum qiladi. Qonni faqat 

urg„ochilari so„radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo„lib, ulardan juda uzun mo„ylovlari 

bo„lishi va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari uzun 



 

va ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog„i ancha uzun bo„ladi. Oyoqlari va qanotlari butun 

tanasi  singari  tukchalar  bilan  qoplangan.  Otalangan  urg„ochilari  tuxum  qo„yishdan 

oldin, albatta, qon so„rishi kerak, shundan keyingina tuxumlari rivojlanadi. 

Iskabtoparlar ovqat izlab, 1,5 km dan ko„proq yo„l bosadi. Tuxumlarni qorong„i 

organik  moddalarga  boy,  zax  yerlarga  qo„yadi.  Bir  qo„yishda  urg„ochilari  5070  taga 

yaqin tuxum qo„yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon bo„lib, tanasi 12 

segmentdan  tashkil  topgan.  Lichinkalar  chiriy  boshlagan  organik  moddalar  bilan 

oziqlanadi va 4 marta tullaydi. To„rtinchi marta tullashdan keyin g„umbakka aylanadi. 

G„umbakdan  voyaga  yetgan  hasharot  chiqadi.  Tuxum  qo„yishdan  to  voyaga 

yetgunigacha  qulay  sharoitda  46  kun  kerak  bo„ladi,  noqulay  sharoitda  rivojlanish 

muddati juda cho„zilib ketishi mumkin (113-rasm).  

Iskabtoparlarning  qurtlari  organik  qoldiqlarga  boy  bo„lgan  joylarda,  masalan, 

g„orlar,  daraxtlarning  kavagi  yoki  sudralib  yuruvchilar  va  kemiruvchilarning  inlarida 

rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki avlodi voyaga yetadi. 

Iskabtoparlardan-Phlebotomus 



pappatasii 

turi 


odamlarga 

leyshmanioz 

(pashshaxo„rda) va pappatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi.  

Shunday  qilib,  yuqorida  keltirilgan  ma‟lumotlardan  ko„rinib  turibdiki,  chivinlar 

uy  hayvonlari  va  odamlarning  tinchligini  buzishi  bilan  katta  ziyon  keltiradi. 

Chivinlardan bezovta bo„lgan chorva mollarining mahsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak 

chivinlari  tropik  mamlakatlarda  odamlar  o„rtasida  bezgak  kasalini,  ayrim  chivinlar 

virusli Yapon ensefaliti, tulyaremiya kasalligini tarqatadi. 

Chivinlarni yo„qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga olgan 

holda, chora tadbirlarni amalga oshirish kerak. Voyaga yetgan chivinlar yoz paytlarida 

kunduzi  qo„nib  turadigan  joylarda,  qish  paytida  esa  qishlash  joylarida  har  xil 

insektitsidlar  yordamida  yo„qotiladi.  Lichinkalari  va  g„umbaklariga  qarshi  kurashish 

uchun suv havzalari tekshiriladi. 

Anopheles  lichinkalari  sho„r,  kislorodi  kam,  soya  suv  havzalarida  yashamaydi. 

Suvi tez oqib turadigan daryo va anhorlarda ham lichinkalari uchramaydi. Chivinlarning 

lichinkalariga qarshi kurashishda xo„jalik maqsadlari uchun keraksiz bo„lgan kichikroq 

suv  havzalari  tuproq  bilan  ko„mib  tashlanadi.  Baliq  ko„paytirilmaydigan  va  xo„jalik 

maqsadlari uchun ishlatilmaydigan suv havzalariga zaharli kimyoviy moddalar sepiladi, 

neftlanadi.  Neft  suv  betiga  nihoyatda  yupqa  parda  ko„rinishida  yoyilib,  lichinkalar  va 

g„umbaklarning  nafas  olish  teshiklarini  berkitib  qo„yadi  va  ular  o„ladi.  Kimyoviy 

moddalar  zarrachalarining  kattaligi  lichinkalar  oziqlanadigan  mikroorganizmlardan 

kichik bo„lishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalarni yutadi.  


 

 

 



 

Hozirgi  vaqtda  chivinlarga  kurashning  biologik  usuli  rivojlanib  bormoqda. 

Lichinkalar  va  g„umbaklari  bor  suv  havzalarida  ular  bilan  oziqlanadigan  gambuziya 

balig„ini  ko„paytirish  yaxshi  natija  bermoqda.  Sholipoyalarni  esa  uzib-uzib  sug„orish, 

ya‟ni  qisqa  vaqt  ichida  suvni  chiqarib  tashlash  yo„li  bilan  parazitlarni  yo„qotish 

mumkin.  Bundan  tashqari,  hovuz  suvlarini  vaqti-vaqti  bilan  oqizib  turish,  suv 

havzalarining organik chiqindilar bilan ifloslanishiga yo„l qo„ymaslik kerak. 

Kalta  mo„ylovli  to„g„ri  chokli  ikki  qanotlilar  (Brachycera-Orthorrhapha) 

kenja turkumi. Bu kenja turkum vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo„ylovlari 3 

bo„g„imli  bo„ladi.  Qurtlarining  bosh kapsulasi  reduksiyaga uchragan.  G„umbagi  yopiq 

tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g„umbak po„sti bosh ko„krak ustidan «t» shaklida 

yirtiladi.  Bu  kenja  turkumga  so„nalar  va  qtir  pashshalari  oilalari  hamda  boshqa  ikki 

qanotlilar  kiradi.  Odamlar  va  chorva  mollariga,  asosan,  so„nalar  oilasining  vakillari 

jiddiy ziyon keltiradi (114-rasm).  



So„nalar  (Tabanidae)  oilasiga  eng  yirik  qon  so„ruvchi  ikki  qanotlilar  kiradi. 

So„nalar  tanasining  uzunligi  6–30  mm  bo„lib,  rangi  turlariga  qarab  sariq,  qora  va 

kulrang  tusda  bo„ladi.  Boshining  yon  tomonida  yirik  fasetkali  ko„zlari  joylashgan. 

Ko„zlari qizg„ish tilla rangda tovlanib turadi.  

Boshining  ostki  qismida  og„zi  joylashgan  bo„lib,  og„iz  apparati  urg„ochilarida 

sanchib-so„ruvchi  tipda,  erkaklarida  yalovchi  tipda  tuzilgan  bo„lib,  xartumcha 

ko„rinishda. 

113-rasm. Iskabtopar; I-voyaga yetgan erkak va urg„ochisi, 

II-g„umbagi; III-lichinkasi. 

 



II 

III 


 

 

 



114-rasm. Kalta mo„ylovli ikki qanotlilar: A - so„na; B - volfart pashshas;  

D -qonxo„r it pashshasi; E-qonxo„r qo„y pashshasi.  



 

Erkagi  va  yosh  urg„ochisi  gul  nektari  bilan  oziqlanadi.  Urg„ochi  so„nalar  faqat 

urug„langandan  keyin  qon  bilan  oziqlanishga  o„tib,  qoramollarga,  odam  va  yovvoyi 

hayvonlarga  hujum  qiladi.  Ular  bu  davrda  kemiruvchilar,  kaltakesaklar  va  hatto 

hayvonlarning 2–3 kunlik murdalariga ham hujum qilishi mumkin.  

So„nalar  hayvonlar terisini sanchib-yalovchi  yoki kesib-yalovchi og„iz  organlari 

orqali  kesib,  shu  joydan  chiqadigan  qonni  so„rib  oziqlanadi  va  2–4  kundan  so„ng  suv 

yoki ariq bo„ylaridagi nam tuproqlarga to„p-to„p qilib tuxum quyadi. 

So„nalar  1  yilgacha  yashaydi,  ammo  qon  so„rib  olgan  urg„ochi  so„na  1  oygina 

yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg„ochi so„na ariq bo„yidagi nam tuproqqa 300 tadan 

3500 tagacha tuxum qo„yadi. Tuxumlardan 1–2 haftadan keyin qurtlar chiqadi. Qurtlar 

10-11 oygacha botqoqlikdagi organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.  

Bu  muddat  ichida  ular  6  marta  po„st  tashlab,  6  yoshga  kiradi.  Bahorda  qurtlar 

g„umbakka  ayianadi.  G„umbaklik  davri  ob-havoga  bog„liq  bo„lib,  u  6  kundan  25 

kungacha davom etadi, so„ngra jinsiy voyaga yetgan qanotli so„na uchib chiqadi (115-

rasm).  


So„nalar kunning issiq va yorug„ paytida hayvonlarga hujum qiladi. Ular odatda 

harakat qilayotgan har qanday buyumga, hatto qog„oz yoki boshqa materialdan yasalgan 

narsalarga ham hujum qiladi. Qon so„rayotgan so„na hech narsaga e‟tibor bermaydi. 

So„nalar  chorva  mollaridan    ot,  qoramol,  tuya,  qo„y,  ba‟zan  it  va  boshqa 

hayvonlar qonini so„radi. So„nalar hayvonlar terisida yara hosil qilib, so„lagi tarkibidagi 

zaharli modda bilan chaqqan joyda qattiq og„riq paydo bo„ladi. 

 

 


 

     


           

 

 



115-rаsm. Qоrаmоl so„nаsi (Tabanus bovinus): А–urg„оchisi; 

B–qo„ygаn tuхumlаri; V–lichinkаsi; G–g„umbаgi.  

 

Bundan  tashqari  terini  yaralangan  qismiga  har  xil  infektsiyalarni  tushirib, 



hayvonlarda  turli  yuqumli  kasalliklarni  ham  keltirib  chiqaradi  va  ularning 

mahsuldorligini  pasaytirib  yuboradi.  So„nalar  orqali  hayvonlar  orasida  tulyaremiya, 

Sibir  yarasi,  tripanosomoz  kabi  kasalliklar  tarqaladi.  Qoramol  so„nasi  (Tabanus 

bovinus)  keng  tarqalgan  turlardan  biri  hisoblanadi.  So„nalar  N.G.  Olsufev  tomonidan 

yaxshi  o„rganilgan.  Dunyoda  so„nalarning  3,5  mingdan  ortiq  turi  mavjud,  MDH  da 

ularning 200 ga yaqin turi, 12 ta avlodi va 3 ta kenja avlodi mavjud. 

M.Q.  Qodirovaning  ma‟lumotlari  bo„yicha,  O„zbekistonda  so„nalarning  50  ga 

yaqin turlari uchraydi. So„nalarga qarshi 1-2 % li xlorofos, 2-3 % li polixlorpknin, 0,5 

% li fosfamid, 1 % li karbafos kabi insektisidlar ishlatiladi.  



Kalta mo„ylovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Cyclorrhapha) kenja 

turkumi.  Bu  kenja  turkum  vakillarining  tanasi  kichik,  mo„ylovlari  3  bo„g„imli, 

lichinkalarining  bosh  bo„limi  butunlay  reduksiyaga  uchragan.  Lichinkasining  po„sti 

g„umbakka  aylanish  davrida  tushib  ketmasdan  bochkasimon  shaklga  kiradi  va  qotib, 

soxta pillani hosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va 

kasallik  qo„zg„atuvchilarini  tashuvchilariga  asl  pashshalar,  se-se  pashshalari,  kulrang 

go„sht pashshaiari, qon so„ruvchi pashshalar oilalari va bo„kalarning 3 ta oilasi kiradi. 



Asl  pashshalar  (Muscidae)  oilasi  vakillari  juda  keng  tarqalgan  kulrang  yoki 

qoramtir  rangli  hasharotlar  hisoblanadi.  Mo„ylovlarining  ikkinchi  bo„g„imi  ust 

tomonidan  uzunasiga  choki  bor.  Imagosi  gul  nektari,  organik  moddalar  chiqindilari, 

axlatlar  bilan  oziqlanadi.  Ayrim  turlari  qon  so„radi.  Lichinkalari  orasida  fitofaglari, 

saprofaglari, yirtqich  va  parazitlari bor.  Bu oilaga 9  mingga  yaqin tur kiradi. MDH da 

1000 ga yaqin turi uchraydi.  

Bir qancha turlari hovli-joylar yaqinida har xil tashlandiqlarda yashaydi. Bular uy 

pashshasi  (Musca  domestica),  uy  kichik  pashshasi  (Fannia  canicularis),  xonadon 

pashshasi  (Muscina  stabulans)  va  boshqalar.  Uy  va  boshqa  sinantrop  pashshalar 

kishilarga  dizenteriya,  terlama,  tif  kasalliklari  infektsiyalarini  tarqatadi.  Qon 

so„ruvchilardan kuzgi chaqog„ich pashsha (Stamoxys calcitrans) bunga misol bo„ladi. U 

tashqi ko„rinishidan uy pashshasiga o„xshaydi, lekin sanchib-so„ruvchi xartumchasi bor. 



 

Uning  lichinkalari  xashakli  go„ngda  va  chirindi  o„simlik  g„aramlarida  rivojlanadi. 

Afrikada qon so„rar se-se (Glossina) pashshasi keng tarqalgan. Bu pashshalarning ba‟zi 

turlari  odamlarda  uyqu  kasali  va  uy  hayvonlarida  nagana  kasalligini  qo„zg„atuvchi 

tripanosomalarni tarqatadi. 

Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo„ylab keng tarqalgan sinantrop 

hasharotlardan hisoblanadi (116-rasm).  

 

Uy  pashshasi  faqat  aholi  yashaydigan  joylarda  uchraydi.  Pashsha  xartumining 



kengaygan  uchki  qismida  og„iz  teshigi  joylashgan.  Yumshoq  lablari  yordamida  suyuq 

oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan ham oziqlanishi mumkin. Og„iz apparati 

yalovchi tipda. 1 juft qanoti ikkinchi ko„krak segmentida o„rnashgan. Oyoq panjasining 

tirnoqchasi  ostida  yopishqoq  yostiqchasi  bor.  Shu  yopishqoq  yostiqchasi  tufayli 

pashshalar juda silliq sathda ham o„rmalab yura oladi. Gavdasi tuklar bilan qoplangan, 

ana shu tuklarga iflos narsalar osongina yopishadi. 

Urug„langan  urg„ochi  pashsha  bir  yo„la  120–150  dona  tuxumini  iflos 

chiqindilarga, 

ochiq 

qolgan 


oziq-ovqatlarga 

qo„yadi.  Tuxumdan  chiqqan 

chuvalchangsimon lichinkalari chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Lichinka 

3 marta tullab g„umbakka aylanadi. Uy pashshasining g„umbagi harakatsiz, ovalsimon 

shaklda. Ma‟lum vaqt o„tgach, g„umbakdan yetuk pashsha chiqadi. Tuxum qo„yishdan 

boshlab imago davriga yetguncha o„rtacha 10–25 kun kerak bo„ladi.  

Pashshalar  qorong„ilikni  yoqtirmaydi  va  doim  yorug„likka  intiladi.  Ular  oziq-

ovqat  mahsulotlari,  non,  qand,  murabbo  va  go„shtli  taomlarga  qo„nib,  ularni  yalab-

so„radi va so„lagini tushirib, har xil mikroblar bilan ifloslantiradi. Pashshada hid bilish 

va ta‟m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur bo„lgan oziqni hididan topadi. Ta‟m 



116-rasm. Uy pashshasi (Musca domestica): A-voyaga yetgan pashsha,  

B-tuxumi; D-lichinkasi; E-g„umbagi. 











 

bilish organi oyoq panjalarining uchida joylashgan. Bir yilda pashshaning 10–12 avlodi 

rivojlanadi. 

Uy  pashshasi  ekologik  jihatdan  odamlar  turadigan  joy  bilan  yaqindan  bog„liq. 

Pashsha  yotoqxona,  oshxona,  axlatxona  va  hojatxonalarda,  shuningdek,  transportda 

uchraydi.  Ular  bir  qancha  kasalliklar-ning  qo„zg„atuvchilarini  mexanik  ravishda  bir 

joydan  ikkinchi  joyga  olib  borib  tarqatadi.  Uy  pashshalari  iflosliklar  orqali  ichburug„, 

qorin  terlamasi  (tifi),  o„pka  sili,  vabo,  bo„g„ma,  kuydirgi,  konyunktivit  (ko„z 

kasalliklari)  va  poliomiyelit  kabi  virus,  bakteriya  va  boshqa  kasalliklarning 

qo„zg„atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning 

sistalarini  va  parazit  chuvalchanglarning  tuxumlarini  odamlarga  yuqtirishi  mumkinligi 

aniqlangan. 

Akademik  Ye.N.  Pavlovskiyning  ma‟lumotiga  ko„ra,  pashshalar  63  turdan  ortiq 

zararli mikroorganizmlarni tarqata oladi. 

Asl  pashshalar  orasida  bir  qancha  turlari  o„simlik  to„qimalari  bilan  ham 

oziqlanadi.  



Se-se  pashshalari  (Glossidae)  oilasiga  2  ta  tur  kiradi.  Ular  tropik  Afrikada 

tarqalgan  bo„lib,  afrika  uyqu  kasalligining  qo„zg„atuvchilari  -  tripanosomalarni 

tarqatadi. Ularning kattaligi 6,5–14 mm bo„ladi. Urg„ochilari tirik tug„adi. Bor-yo„g„i 1 

ta  lichinka  tug„adi.  Hayoti  davomida  (3–6  oyda)  urg„ochisi  6–12  tagacha  lichinka 

tug„adi. Se-se pashshalarining lichinkalari tashqariga chiqishi bilan tuproqqa tushadi va 

tezda  tuproq  ichiga  kirib, g„umbaklik  davriga  o„tadi.  3-4  haftadan  keyin  jinsiy  voyaga 

yetgan pashshaga aylanadi. 

Ular  asosan  yovvoyi  va  uy  hayvonlarining,  shuningdek,  odamlarning  qoni  bilan 

oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga Glossina palpalis va Glossina morsitans kiradi. 

Glossina  palpalis  asosan  Afrika  qit‟asining  g„arbiy  mamlakatlarida  tarqalgan. 

Uzunligi 1 sm dan katta (117-rasm). 

Odamlarning  uylariga  yaqin  bo„lgan  daryo  va  ko„llar  qirg„oqlarida  yashaydi. 

Asosan, odam qoni bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham odam tripanosomoz kasalligini 

tarqatuvchi manbasi bo„lib xizmat qiladi. Se-se pashshalari tanasida tripanosomalar 2–3 

oy tirik holda saqlanishi mumkin. 



Glossina morsitans turining hajmi 1 sm dan kichik. Asosan, Afrika o„rmonlarida 

yashaydi. Ko„proq yirik yovvoyi hayvonlarning (antilopalar, buyvollar, karkidonlar va 

boshq.) qoni bilan oziqlanadi. Odamga kamdan-kam hujum qiladi.  

Tripanosomoz kasalligidan Afrikada har yili minglab odamlar o„ladi. Afrikada se-

se pashshalariga qarshi ko„p yillardan beri turli pestitsidlar qo„llanib kelinadi. Lekin bu 

ishlar ijobiy natija bermayapti. Aksincha, pestitsidlar bu yerdagi flora va faunaga salbiy 

ta‟sir qilmoqda.  

 


 

 

Kulrang go„sht pashshalari (Sarcophagidae) oilasiga 2000 dan ortiq tur kirib, 

ular  issiq  iqlimli  mintaqalarda  yashaydi,  ozroq  qismi  sinantroplar  hisoblanadi.  Bu 

oilaning  vakillari  tanasi  ko„pincha  kul  rangda,  qorni  shashka  taxtachasiga  o„xshash 

naqshli.  Lichinkalari  o„limtiklarda,  buzila  boshlagan  go„shtda  va  tezaklarda  uchraydi, 

ba‟zilari uy hayvonlari va odamlarda miazalar sababchisi bo„lishi mumkin. Ko„pchilik 

turlari tirik tug„adi.  

Volfart  pashshasi  (Wohlfahrtia  magnifica)  uy  pashshasidan  kattaroq  bo„lib, 

gavdasining uzunligi 9–13 mm, rangi och kulrang (118-rasm).  

      

 

 



118–rаsm. Vоlfаrt pаshshаsi (Wohlfahrtia magnifica): 

А – urg„оchisi; B – lichinkаsi. 

 

Og„iz  apparati  sanchib-so„ruvchi  tipda  tuzilgan.  Boshida  2  ta  yirik  murakkab 



ko„zi va bo„g„imli mo„ylovlari bor. Ko„kragida 1 juft qanoti va jizillagichi joylashgan. 

Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va O„rta Osiyoda keng tarqalgan. Mamlakatimizning 

markaziy va janubiy qismlarida uchraydi. 

117-rasm. Se-se pashshasi  

(Glossina palpalis) 


 

Voyaga  yetgan  volfart  pashshasi  dashtlarda  dalalardagi  gullarning  shirasi  bilan 

oziqlanadi.  Ular  juftlashgandan  keyin  120–200  tagacha  tirik  lichinka  tug„adi, 

lichinkalarini hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek, ko„z, burun, og„iz 

shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib ketadi. Lichinkasi juda yirik, 

yo„g„on, chuvalchangsimon shaklda.  

Lichinkalarning bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni bilan tana 

teshigiga  va  to„qimalariga  kirib,  tirik  to„qimalar  bilan  oziqlanib,  yemira  boshlaydi. 

Yemirilish  jarayoni  juda  tez  kechadi.  2–3  kun  ichida  lichinka  yara  va  jarohatni 

suyakkacha yeb boradi. Bu jarayon qattiq og„riq hosil qilish bilan boradi. Ko„zlarning 

shikastlanishi  ko„rlikka  olib  kelishi  mumkin.  Lichinkalarning  o„sishi  va  rivojlanishi 

xo„jayinning  tirik  to„qimalari  hisobiga  boradi,  bunda  ular  3–4  kun  ichida  lichinka 

davrini boshidan kechiradi. G„umbakka aylanishdan oldin lichinkalar yerga tushadi va 

tuproqda g„umbakka aylanadi. Butun rivojlanish davri 11–23 kun davom etadi. Volfart 

pashshasi yiliga 6 marta bo„g„in berishi mumkin. 

Lichinkalari  miaz  kasalligini  tarqatadi.  Miaz  og„ir  kasallik  bo„lib,  vaqtida  oldi 

olinmasa, ba‟zan o„limga ham olib keladi. Volfart pashshasi lichinkalari odamlarga ham 

tushishi  mumkin.  Ular  odamning  yara  joyiga,  terisiga,  ko„z  va  burniga  tushganida 

to„qimalarini yeb, tuzalishi qiyin bo„lgan yaralar paydo qiladi. 

Demak,  odamlar  va  hayvonlar  hayoti  uchun  volfart  pashshasining  o„zi  emas, 

balki uning lichinkalari xavflidir. 

Volfart pashshasiga qarshi kurashish uchun avvalo, ularning lichinkalari yaradan 

qisqich  bilan  terib  tashlanadi,  yara  xloroforli  suv,  xlorofos  eritmasi  bilan  yuviladi.  Uy 

hayvonlari  yarasidagi  lichinkalar  qirtishlab  olib  tashlanadi  va  yaraga  lizol,  volfazol, 

estrazol, volfartol, kodoform, kseroform, siodrin, neozidol, kreolin surtiladi.  

O„laksaxo„r  pashshalar  (Calliphoridae)  oilasi  vakillari  metallsimon  yoki 

yaltiroq  rangli,  o„rta  ko„krak  epimerlari  qilchali,  mo„ylovining  arrasi  uzun  patli. 

Lichinkalari hayvonlarning o„limtiklarida,  tashlandiq  go„shtda rivojlanadi, ba‟zilari sut 

emizuvchllarda  parazitlik  qilib  miaz  (kasallik)  hodisasini  chaqiradi,  ba‟zilari  esa 

hasharotlar  va  umurtqasizlarning  parazitlaridir.  Ko„pchilik  turlari  sinantrop  bo„lib, 

oshxonalar,  qushxonalar,  axlat  o„ralari  oldida  yashab  mikrob  va  gelmintlarning 

tuxumini  tashiydi.  Sinantroplardan  ko„k  (Calliphora)  va  yashil  (Lucilia)  o„laksaxo„r 

pashshalar  avlodi  vakillari  keng  tarqalgan.  Bulardan  ba‟zi  birlari  ochiq  yaralarga 

tuxumini  qo„yib,  fakultativ  miazlarni  chaqiradi.  Shu  yo„l  bilan  uy  hayvonlariga  katta 

ziyon yetkazadi. 



Go„sht pashshasi (Calliphora erythrocephala) ning  kattaligi 7-14 mm, metallga 

o„xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg„ish, ko„krak qismi esa qora tusda. Go„sht 

pashshasi, ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo„yish uchun uchib kiradi. Kattaligi 1,5 mm 

keladigan  ellipssimon  shakldagi  tuxumlarini  450–600  tadan  qilib,  go„sht  va  boshqa 

hayvon mahsulotlariga qo„yadi. 

Tuxumlaridan  chiqqan  lichinkalari  10-12  kun  oziqlanib,  g„umbakka  aylanish 

oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda soxta 

parazitlik qiladi. 

Pashshaning  lichinkalari  toza  sharoitda  o„stirilib,  tuzalishi  qiyin  bo„lgan 

osteomiyelit  kasalligini  davolashda  qo„llaniladi.  Buning  uchun  yaraning  ichiga 

lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to„qimalarni iste‟mol qiladi. Har 5 kunda 


 

lichinkalar  almashtirilib  turiladi.  Shunday  davolash  yosh  bolalarda  6-7  hafta,  katta 

yoshdagi kishilarda ko„proq davom etadi.  

Qon  so„ruvchi  pashshalar  (Hyppoboscidae)  oilasi  vakillarining  tuzilishi 

hayvonlar  juni  va  pat  qoplami  orasida  harakatlanishga  moslashgan.  Tanasi  yassi  va 

keng,  qanotlari  tanasiga  tig„iz  tegib  turadi,  oyoq  tirnoqlari  o„tkir.  Ayrim  turlarida 

qanotlari  reduksiyaga  uchragan.  Urg„ochi  zoti  g„umbakka  o„tuvchi  bitta  lichinka 

tug„adi. U tezda g„umbakka aylanadi.  

Qon so„ruvchi  pashshalar uzun xartumi  bilan sutemizuvchilar va qushlar  qonini 

so„radi. Ayniqsa, qo„y pashshasi (Melophagus ovinus), qanotli ot qon so„rar pashshasi 

(Hippobosca equina) va it pashshasi (Hippobosca longipennis) ko„pchilikka ma‟lum. 

Qo„y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig„lanishiga 

va junlarining to„kilishiga sabab bo„ladi. Qo„y pashshasi qanotsiz bo„ladi.  

Pashshalarga  qarshi  kurashish  uchun,  avvalo,  ular  ko„payadigan  joylardagi 

lichinkalarni to„liq yo„qotish, kir o„ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez tozalab 

turish  lozim.  Quruq  axlatni  yoqib  tashlash  kerak.  Chiqindilarni  kompostlash  yoki 

dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi hojatxonalarda 

axlat  ustiga  so„ndirilrnagan  ohak  yoki  xlorli  ohak  sepib  turish  zarur.  Voyaga  yetgan 

pashshalarni  qirish uchun binolarga  insektitsidlar  bilan ishlov berish  lozim. Pashshalar 

yopishqoq  qog„oz  va  pashsha  tutqichlar  bilan  tutiladi.  Jamoat  ovqatlanadigan 

korxonalarda,  oziq-ovqat  omborlarida,  kasalxona  va  yotoqxonalarda  pashshani 

batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli insektitsidlar: xlorofos, 

geksoxloran  va  boshqa  dorilar  qo„llaniladi.  Bino  va  oziq-ovqat  mahsulotlarini 

pashshadan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida derazalarga doka, sim to„r tutish, ovqatlarning 

va idishlarning ustini yopib qo„yish lozim. 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin