Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49

 

103-rasm. Parazit argazid kanalar: A - tovuq kanasi; B, E - kalamush kanasi; D - persid kanasi; F, G 

- it kanasi; (A, D - orqa tomondan ko‟rinishi; B, E, F, G - qorin tomondan ko‟rinishi; E – lichinkasi; F 

– nimfasi; G - imagosi): 1 - anal teshigi; 2 - nafas olish teshigi; 3 - jinsiy teshigi. 

 

Gamazoidlar  (Gamasoidea)  katta  oilasi  vakillari  iksod  va  argaz  kanalaridan 

farq  qilib, ular  juda  mayda,  tanasining  uzunligi  0,2  mm  dan  4  mm  gacha  keladi  (104-

rasm). 


Gamaz kanalar katta oilasiga 30 ga yaqin oilalar, 300 dan ortiq avlodlar va 5000 

ga yaqin tur kiradi. Bu kanalar orasida erkin yashaydiganlari va parazit turlari ham bor. 

MDH  da  700  ta  turi  uchraydi,  shulardan  200  dan  ortiq  turi  odam  va  hayvonlarda 

parazitlik qiladi. O„zbekistonda gamaz kanalarinig 11 ta turi aniqlangan.  Ularning teri 

qoplami  kuchsiz  xitinlashgan,  rangi  sarg„ish  va  bir  oz  qo„ng„ir.  Tanasi  gnatosoma  va 

idiosomalardan  iborat.  Ularda  sezgi  organi  vazifasini  har  xil  shakldagi  tukchalar 

bajaradi.  Xartumi  va  oyoqlari  uzun.  Xelitserasi  ingichka,  uzun  ignaga  o„xshash,  terini 

teshib  qon  sorishga  moslashgan.  Haqiqiy  tanasi  oval  shaklda,  ba‟zan  uzunchoq. Jinsiy 

dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklari urg„ochilariga nisbatan ancha kichk bo„ladi.  

Gamaz  kanalari  tuxum  qo„yib  ko„payadi,  ammo  tirik  tug„adiganlari  ham  bor. 

Tuxumdan  chiqqan  6  oyoqli  lichinka  tullab,  birinchi  va  ikkinchi  nimfaga  va  undan 

keyin  imagoga  aylanadi.  Bu  kanalarning  rivojlanish  sikli  o„rtacha  12–15  kunga  to„g„ri 

keladi. Bir yilda 8-10 marta nasl qoldiradi. Ular bir tuxum qo„yganda 20 tagacha, hayoti 

davomyda esa 100 tagacha tuxum qo„yadi.  

Gamazoidlarning  ko„pchiligi  yirtqichlik  qilib  hayot  kechiradi.  Ular  tuproqda, 

o„rmon,  yaylov,  hayvon  uyalari  va  molxonalarda  yashaydi.  Ular  kemiruvchilar, 



 

hasharotxo„rlar, mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilarda ektoparazitlik 

qilib  qon  so„radi.  Ayrim  turlari  esa  tovuqlarning  o„pkasida,  burun  bo„shlig„ida,  morj, 

tyulen va boshqa kurakoyoqli sutemizuvchilar, it va maymunlarning bronxlarida hamda 

qoramollarning tashqi quloq suprasida parazitlik qiladi. 

 

 



 

104-rasm. Gamazoid kanalar: 1-murda kanasining tarqaluvchi deytonimfasi;  

2-qo„ng„iz terisidagi murda kanasining deytonimfasi; 3-tarqaluvchi urg„ochisining  

qorin tomonidan ko„rinishi; 4-mirmekofil kana.  

 

Ayrim turlari odamlarning qonini so„rishga moslashgan. Gamazidlar katta oilasi 



orasida  odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiladigan  turlari  asosan,  dermanizzidlar 

(Dermanyssidae)  oilasida  ko„plab  uchraydi.  Epidemiologik  va  epizootologik  jihatdan 

tovuq  kanasi  (Dermanyssus  gallinea),  sichqon  kanasi  (Allodermanyssus  sanguineus), 

kalamush  kanasi  (Ornitonyssus  bacoti),  asalarilarda  parazitlik  qiladigan  Varroa 

yakobsoni  kanasi  (Varroa  jacobsoni)  muhim  ahamiyatga  ega.  Tovuq  gamaz  kanasi 

(Dermanyssus gallinea) tovuq va boshqa uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda qon 

so„rib parazitlik qiladi. Asosan, tovuqxonalarda, kaptarlarning uyalarida va uy qushlari 

kataklarida  yashaydi.  Urg„ochilari  har    gal  qon  so„rib  to„ygandan  keyin  tovuqxona 

devorlariga  va  pollari  yorig„iga,  qushlar  uyasiga  10-12  tagacha  tuxum  quyadi.  2-3 

kundan  keyin  bu  tuxumlardan  lichinkalar  chiqib,  bir  kundan  keyin  ular  pronimfalarga 

aylanadi.  Pronimfalar  tunda  qushlar  qoni  bilan  oziqlanib, kunduzlari  devor  yoriqlarida 

yashirinib  yotadi.  4  kundan  keyin  pronimfalardan  deytonimfalar  rivojlanadi. 


 

Deytonimfalar 2-4 kun qon so„rib oziqlangandan keyin jinsiy voyaga yetgan urg„ochi va 

erkak kanalarga aylanadi. Kaptarxonalarga ko„plab migratsiya qiladi va u yerdan ba‟zan 

odamlarga  ham  hujum  qiladi.  Tovuq  kanalari  asosan  bahor  va  yoz  oylarida  juda  ham 

ko„payib,  parrandachilikka  katta  ziyon  yetkazadi,  natijada  parrandalarning  tuxum 

qo„yishi kamayadi, dermatit va anemiyaga uchraydi, ba‟zan nobud bo„ladi.  

Yuqorida kanalar sistematikasida ta‟kidlanganidek, akariformli kanalar turkumiga 

40  mingdan  ortiq  tur  kirib,  2  ta:  Sarkoptiformli  kanalar  (Sarcoptiformes)  va 

Trombidiformli  kanalar  (Trombidiformes)  kenja  turkumlariga  bo„linadi.  Bu  kenja 

turkumlarning 170 dan ortiq oilalari bor. Ular orasida ko„pchchilgi o„simliklar va oziq-

ovqat  zararkunandalari, odam  va  hayvonlar  parizitlari  hisoblanib,  yuqumli  kasaliklarni 

tarqatuvchilari birmuncha kamroqdir. 



Sarkoptiformli  kanalar  (Sarcoptiformes)  kenja  turkumi  vakillarining 

barchasida  og„iz  apparati  chayno„vchi  tipda  tuzulgan  bo„lib,  ular  keng  tarqalish 

xususyatiga ega.  

Bu  kanalarning  bir  qancha  turlari  o„simliklar  bilan  ham  bog„lan-gan.  Turli  xil 

o„simliklar bargida o„rgimchakkanalar (Titranenchidae) oilasi vakillari parazitlik qilib, 

katta ziyon keltiradi.  

Shuningdek,  o„simliklarning  turli  o„rganlarida  bo„rtma  hosil  qiluvchi  kanalar 

(Eriophyidae) oilasi vakillari parazitlik qilib ziyon keltiradi. 

Ular  o„simliklarni  va  ularning  qattiq  tanalarini  o„zlashtirishga  moslashgan 

organizmlar yoki teri, pat, soch va teri bezlari parazitlaridir. Bu kenja turkum qalqonli 

kanalar yoki orbatidlar va akaridlar kabi oilalarini o„z ichiga oladi. Oribatidlar oilasiga 

mansub  bo„lgan  turlarda  imago  deb  ataluvchi  yuqori  faza  ko„payish,  tarqalish  va 

noqulay  sharoitdan  saqlanish  kabi  muhim  funksiyalarni  bajaradi.  Erkin  yashovchi 

akaridalarda  esa  tarqalish,  noqulay  sharoitdan  saqlanish  tiroglifoid  kanalarning 

deytonimfa  yoki  gipopus  davriga  to„g„ri  keladi.  Par  va  pat  kanalarida  hamda  qichitma 

kanalarida, shuningdek, boshqa ayrim kanalarda deytonimfa davri umuman bo„lmaydi. 

Sovutli,  ya‟ni  oribatid  kanalari  imago  davrida  qattiq  qalqonchaga  o„ralgan, 

traxeyasi  bor  bo„ladi.  Qattiq  qalqonchasi  bo„lganligi  uchun  ular  tashqi  muhitga  juda 

ham  moslashgan,  lichinka  va  nimfalarida  esa  qattiq  qalqoncha  va  traxeyalari 

bo„lmasdan  substratda  ochiq  holda  yashaydi.  Bu  kanalar  yer  yuzining  hamma  joyida 

tarqalgan,  ko„proq  chirindiga  boy  o„rmon  tuproqlarida  eng  ko„p  uchraydi.  Oziqlanish 

tipi bo„yicha ular chayno„vchi saprofaglardir. Ular chiriyotgan o„simlik qoldiqlari bilan 

ko„p  miqdordagi  mikroflorani  o„zlashtiradi.  O„simlik  qoldiqlari  bilan  birga 

bakteriyalarni, zamburug„larni va ularning sporalarini boshqa har xil organizmlarni ham 

iste‟mol  qiladi.  Ba‟zan  ayrim  orbitad  kanalari  turlarida  (oyoqlarida,  yelka  qismida) 

zamburug„ mitsellalarini va bakteriyalar koloniyasini uchratish mumkin. 

Oribatidlarning  rivojlanish  sikli  bir  oy  va  undan  ortiqroq  bo„lib,  ularning  umri, 

imago davri bilan birga hisoblaganda, bir necha yilni tashkil qiladi. Ularda urug„lanish 

spermatofor  orqali  bo„lib,  urg„ochilari  jinsiy  konus  yordamida  substratga  tuxum 

qo„yadi,  bazan  tuxumni  o„zi  bilan  birga  olib  yuradi.  Kanalarda  shunday  moslanish 

borki,  masalan,  ayrim  turlarning  lichinkalari  po„stini  tashlamaydi.  Bu  xususyat  kana-

larning  hayotida  katta  ahamyatga  ega  bo„lib,  tashqi  muhitga  alohida  moslanish 

hisoblanadi.  Imagoga  aylanish  davrida  ham  terining  qavatma-qavat  joylashganligini 

yaqqol ko„rish mumkin. 


 

Oribatidlar katta amaliy ahamyatga ega bo„lib, o„simliklar qoldig„ining chirishida 

va  tuproq  unumdorligi  yaxshilanishida,  tupriq  hosil  bo„lish  jarayonida  muhim  ro„l 

o„ynaydi. Shu bilan birga ularning salbiy tomonlari ham bo„lib, mahsuldor hayvonlarda 

parazitlik  luvchi  ayrim  tasmasimon  chuvalchanglarning  oraliq  xo„jayinlari  vasifasini 

bajarib  chorvachilika  katta  zarar  yetkazadi.  O„zbekistonda  kavsh  qaytaruvchi 

hayvonlarning  ichagida  parazitlik  qilib  moniezioz  kasaligini  qo„zg„atadigan  vakillarini 

bunga  yaqqol  misol  qilib  ko„rsatish  mumkin.  Kasallik  qo„zg„atuvchilariga:  Moniezia 



expansa,  M.  benedeni  va  M.  autumnalia  turlari  kiradi.  Bu  kasallikdan  qoramollar, 

ayniqsa,  yosh  buzoqlar  katta  zarar  ko„radi.  Monieziyalar  tuxumlari  tezak  bilan  birga 

hayvon  organizimidan  tashqariga  chiqadi  va  ularni  o„z  navbatida  o„tloqda  keng 

tarqalgan oribatidlar iste‟mol  qilishi tufayli kanalar organizmga  o„tadi.  Kanalar  ichida 

parazit  tuxumidan  onkosfera  lichinkalar  chiqadi,  ular  kananing  tana  bo„shlig„iga  o„tib 

sistiserkoid hosil qiladi.  Bu  davr hayvonlarni  kuchli  zararlash qobilyatiga  ega bo„lgan, 

yani  invasion  bosqich  hisoblanadi,  o„t,  yem-xashak  bilan  birga  sistiserkoidli  kanalar 

qoramol  organizmiga  o„tadi.  Undan  sistiserkoid  lichinkalari  chiqib  ingichka  ichak 

devoriga yopishadi va jinsiy voyaga yetadi. Qalqonli kanalar sonini o„rganish va ularga 

qarshi kurash asosida o„tloqlardan unumli foydalanish, kasallikni oldini olish profilaktik 

chora-tadbirlardan hisoblanadi. 

Hozirgi  vaqtda  MDH  da  gelmintoz  kasalliklarining  tarqalishiga  50  dan  ortiq  tur 

oribatid kanalari aniqlangan.  

Kasallikning  kechishi,  oraliq  xo„jayin  sifatida  kanalarning  ro„li  va  ularning 

hayotiy  sikli  o„rganilmoqda,  yangidan-yangi  materiallar  qo„lga  kiritilmoqda.  Bu 

mavzuda  Galumna  avlodi,  Galumnidae  oilasi  vakillarini,  shuningdek,  Scheloribates 

avlodiga mansub Scheloribatidae oilasi turlarini olish mumkin. Bu avlod va oilalarining 

vakillari O„zbekistonda keng tarqalgan.  



Qichima (qo„tir) kanalar (Sarcoptidae) oilasi vakillari ko„zga ko„rinmaydigan, 

juda  mayda.  Ular  odam  va  har  xil  sutemizuvchilar:  ot,  tuya,  qo„y,  bug„u,  qoramol, 

quyon,  it,  eshak,  bo„ri,  tulki  va  boshqalarning  teri  epidermiysida  parazitlik  qilib 

yashaydi. Ular terini qattiq jarohatlab, kuchli qichishni vujudga keltiradi. 

Qichima  kanalarining  tana  tuzilishi  boshqa  kanalar  kabi  bosh-ko„krak  va  qorin 

qismlariga  bo„linadi,  lekin  ular  yaxlit  bo„lib  qo„shilib  ketgan.  Tana  shakli  yumaloq, 

yassi,  usti  ko„ndalangiga  ketgan  yumshoq  yo„lli  xin  bilan  qoplangan.  Imago  va 

nimfalarida  4  juft  oyoqlari  bor,  shakli  konussimon.  So„rg„ichlari  urg„ochi  kananing 

birinchi  va  ikkinchi;    erkagining  birinchi,  ikkinchi  va  uchinchi  juft  oyoqlari  panjasida 

bo„ladi. Bu kanalarning maxsus nafas olish o„rgani va ko„zi bo„lmaydi (105A-rasm).  

Qichima  kanalar  metamorfoz  yo„1  bilan  rivojlanadi:  tuxum,  lichinka,  birinchi 

nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o„taydi. Erkak kana voyaga yetgan urg„ochi 

kana  bilan  emas,  balki  ikkinchi  nimfa  davridagi  urg„ochi  kana  bilan  qo„shiladi. 

Urg„ochi  kana  ikki  qavat  parda  bilan  qoplangan  oval  shakldagi  tuxum  qo„yadi. 

Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg„ochi kana 2050 tagacha tuxum qo„yadi. 

Shunisi  xarakterliki,  teridagi  yo„lakchalarning  aksariyatini  urg„ochi  kanalar  kovlaydi. 

Bu  teshiklar  orqali  kanalar  hamma  rivojlanish  davrida  atmosfera  kislorodi  bilan  nafas 

olib  turadi.  Erkak  kanalar  urg„ochilari  kovlagan  tayyor  yo„llari  orqali  harakat  qiladi. 

Kanalarning  rivojlanishi  23  hafta  davom  etadi,  ular  juda  tez  ko„payadi.  Kanalar  21 

kungacha och yashay olishi mumkin. 



 

 

 



Qichima  kanasi  bilan  zararlangan  hayvon  akarioz,  ya‟ni  qichima-qo„tir 

kasalligining  manbai  hisoblanadi.  Kasallik  sog„lom  hayvonlarga  yaylovda  va  ko„proq 

molxonalarda  yonma-yon  turishi,  surkalishi,  hayvonlarni  tozalaydigan  buyumlar, 

yopqich, cho„tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o„tishi mumkin. 

Qichima-qo„tir  kanalarining  juda  ko„pchiligi  odamlarda  ham  parazitlik  qiladi. 

Shulardan eng ko„p tarqalgan turi-Sarcoptes scabiei hisoblanadi.  

Bu  kana  juda  kichkina-  urg„ochisining  uzunligi  0,2-0,5  mm,  erkaginiki  0,2-0,3 

mm.  Tanasi  ovalsimon  ko„rinishda,  rangi  xira  oq,  xitini  ko„proq  bo„lgan  qismi  bir  oz 

jigar  rangli.  Ularning  embrional  rivojlanishi  2-4  kun  davom  etadi,  tuxum  qo„yishdan 

imagogacha bo„lgan rivojlanish davri 9-12 kunga to„g„ri keladl. Voyaga yetgan kana 1,5 

oygacha yashaydi.  

Qichima-qo„tir  kanalari  teri  epidermisining  shox  qavatida  yashaydi.  Qo„tir 

kanalari  terining  nozik  joylarida,  ya‟ni  barmoqlar  orasida,  bilak  bilan  tirsak  o„rtasida, 

qo„ltiq  ostida  va  boshqa  joylarda  parazitlik  qiladi.  Qo„tir  kasalligi  odamga  ko„p  azob 

berib,  darmonini  quritadi,  ish  qobiliyatini  pasaytiradi.  Bundan  tashqari,  terining 

shikastlanishi  va  qichishidan  turli  mikroblarning  organizmga  kirishi  uchun  yo„1 

ochiladi. 

Qichima  kanalardan  Sarcoptes  equi    ot  va  eshaklarda,  Sarcoptes  suis  –

cho„chqada,  Sarcoptes  caprae    echkida,  Sarcoptes  ovis  qo„yda,  Sarcoptes  bovis 

qoramolda,  Sarcoptes  cameli  tuyada,  Sarcoptes  cani  itda  va  boshqa  hayvonlarda 

parazitlik qiladigan turlari ham bor. 

Qichima  kana  bilan  kasallangan  odam  qichigan  joylarini  qashiganda  kanalar 

tirnoq  orasiga  kirib,  odam  bu  kanalarni  badanining  boshqa  joylariga  ham  yuqtiradi. 

Kasal odam bilan qo„l orqali ko„rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda ham 

yuqadi.  Bu  kasallik  kishilar  o„rtasida  sanitariya-gigiyena,  avvalo,  shaxsiy  gigiyena 

qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo„ladi. 

Odam  terisidagi  yog„  bezlari  va  soch  xaltasida  husnbuzar  kanasi  (Demodex 

folliculorum)  parazitlik  qiladi.  Bu  kana  ayrim  odamlarning  yuzida,  terisining  turli 

joylarida,  ba‟zan,  bezlarning  ko„payishi  natijasida  husnbuzar  toshib  ketishiga  sabab 

bo„ladi (105 b-rasm). 

Tiroglifoidlar (Tyrogliphoidea) katta oilasi vakillarini ombor kanalari deb ham 

yuritiladi.  Chunki  ular  omborlarda  saqlanadigan  don,  un  va  boshqa  oziq-ovqat 



105-rasm. Odamda parazitlik qiladigan 

kanalar: A-urg„ochi qichima kanasi 

(Sarcoptes scabiei), qorin tomonidan 

ko„rinishi; B-husnbuzar kanasi (Demodex 

folliculorum). 



 

mahsulotlariga ko„plab zarar yetkazadi. Tiroglifoid kanalar qalqonli kanalariga nisbatan 

kamroq,  lekin  tabiatda  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bog„liq  holda  ularning  soni  juda  tez 

o„zgarishi mumkin. Tiroglifoid kanalar keng tarqalishi, tez ko„payishi va qisqa muddat 

ichida sonining tiklanishi bilan boshqalardan farq qiladi. Odatda, voyaga yetgan kanalar 

0,30,5  mm  ga  teng  bo„lib,  tanasi  oval  shaklda,  ko„zlari  rivojlanmagan,  pedipalp 

bo„g„imlari  o„zaro  qo„shilib,  plastinka  hosil  qiladi,  xelitseralari  kemuruvchi  tipda 

tuzilgan (106-rasm). 

Juftlashishi  kopulyatsiya  yo„li  bilan  boradi,  erkaklarining  ko„pulyativ  organi 

rivojlangan. Nasl qoldirish har  xil  shakllarida  turlicha  bo„lib, tuxumlari  soni  2030  ta, 

ba‟zan  600  tadan  ortiq  bo„lishi  mumkin.  Agar  qulay  sharoit  mavjud  bo„lsa,  ularning 

butun  rivojlanish  sikli  bir  haftagacha  davom  etadi,  xolos.  0,1-0,2  mm  kattalikdagi 

lichinkalari tez orada protonimfaga aylanadi.  

Agar  protonimfa  lichinkalar  uchun  qulay  sharoit  tug„ulsa,  ular  gipopus  davrini 

o„tmasdan, to„g„ridan-tog„ri voyaga yetgan kanaga aylanadi. 

Ular  paxta  mahsulotlariga  juda  katta  zarar  yetkazadi.  O„rta  Osiyoda  va 

O„zbekistonda kanalarni professor A.A. Zaxvatkin, professor S. N. Alimuhammedov va 

boshqalar  o„rgangan.  Ularning  ishlari  tufayli  hozirgi  vaqtda  O„rta  Osioda  tiroglifoid 

kanalarning 47 turi aniqlangan.  

Trombidiform kanalar (Trombidiformes) kenja turkumi vakillarining barchasi 

so„ruvchi  akariform  kanalar  bo„lib,  ular  o„simliklar  va  hayvonlar  tanasining  suyuqligi 

bilan  oziqlanishga  moslashgan.  Ularning  xelitserasi  sanchib-so„ruvchi  tipda. 

Trombidiform kanalarining sistematikasi ancha murakkab bo„lb, 20 ga yaqin katta oila 

va  70  ga  yaqin  oilalalarni  birlashtiradi.  Bu  kanalar  hayot  sikliga  qarab,  ikkita  katta 

guruhiga  bo„linadi.  Birinchi  guruhga  ko„pchilik  oilalrning  vakillari  kirib,  barchasi 

tuproqda  va  o„simliklarda  tarqalgan,  tetrannix  va  gall  hosil  qiluvchi  kanalar,  shular 

jumlasidandir.  Ikkinchi  guruhga  qizil  tanali  va  chuchuk  suv  kanalari  kiradi,  ularga 

lichinkalik davrida parazitlik qilish, shuningdek, metafmorfoz, yani shaklini o„zgartirish 

xosdir. 


Tuproq  trombidiform  kanalari  ko„pchilik  kanalar  guruhining  asosini  tashkil 

qiladi.  Ana  shunday  guruhlardan  biri  o„ziga  xos  tuzulishiga  ega  bo„lgan  tarsonemed 

kanalaridir.  Bu  guruhga  og„iz  apparati  so„ruvchi  tipda  tuzulgan  juda  mayda  kanalar 

kiradi.  Ularning  bir  qismi  tuproqda  yashasa,  qolganlari  o„simliklar,  hasharotlar  va 

umirtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Bu kanalarning ko„payishida neoteniya hodisasi 

kuzatiladi, yani rivojlanishning barcha davrlari ona organizmida o„tadi.  

Tarsonemid kanalarining barchasi salbiy xususyatlarga ega. Masalan, don kanasi 

(Siteroptes graminum) asosan g„allasimonlarga zarar yetkazsa, asalari kanasi (Acarapis 

woodi)  aslarilarning  traxeyasida  parazitlik  qilib,  asalarichilikkka  katta  zarar  yetkazadi. 

Shuningdek,  meshqorin  kanasi  (Pyemotes  ventricosus)  esa  asosan  hashoratlarda 

parazitlik qiladi.  


 

 

 



106-rasm. Tiroglifoid kanalar: 1-un kanasi; 2-un kanasi erkagining qorin tomonidan ko„rinishi; 

3-entomoxor gipopusning qorin tomonidan ko„rinishi; 4-oddiy qilchali kana; 5-vino kanasi;  6-terixo„r 

gipopusning qorin tomonidan ko„rinishi. 

 

Meshqorin  kanasining  urg„ochisi  voyaga  yetgan  kanalarni  paydo  qiladi. 



Ko„payish  davrida  yosh  erkak  individlar  onasining  meshqorni  ustida  gemolimfa 

suyuqligini so„rib birga yuradi va voyaga yetib urg„ochilarini urug„lantiradi. Pigmeforus 

avlodiga  mansub  bo„lgan  kana  turlari  faqat  kemiruvchilar  terisda,  junda  parazitlik 

qiladi.  

Yirtqich  xeylitidlarni  trombidiform  kanalarining  parazitlikka  moslanishiga  misol 

qilib keltirish mumkin.  

Har xil kasalliklarni qo„zg„atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir 

hujayrali  hayvonlar  kanalar  yoki  hasharotlar  orqali  yuqadigan  kasalliklar  transmissiv 



kasalliklar  deyiladi.  Tabiatda  transmissiv  kasalliklarning  tabiiy  manbai  mavjud.  Lekin 

yovvoyi hayvonlar organizmida, odatda, shunday kasalliklarga qarshi immunitet paydo 



 

bolishi  tufayli  ularga  kasallik  katta  ziyon  yetkazmaydi.  Tabiiy  manbaga  tushib  qolgan 

odam  yoki  uy  hayvonlari  bu  kasalliklarni  kanalar  yoki  hasharotlar  orqali  o„zlariga 

yuqtirishi  mumkin.  Transmissiv  kasalliklaning  oldini  olish  uchun  kanalar  va 

hasharotlardan saqlanish choralariga rioya qilish lozim. 

Kanalarga  qarshi  kurash  murakkab  kompleks  tadbirlardan  iborat  bolib,  buning 

uchun,  birinchi  navbatda,  kanalar  butunlay  rivojlanish  davrida  mexanik  usulda  qirib 

tashlanadi.  Mol  terisiga  yopishib  turgan  kanalar  terib  olinib,  kuydirib  yuboriladi. 

Yopishib  yotgan  kanalarni  terib  olishdan  oldin  tanaga  benzin,  kerosin  yoki  boshqa 

yog„lar surtiladi. 

Ma‟lumki,  kanalar  mol  boqiladigan  binolarda,  shuningdek,  yaylovlarda  yashab 

ko„payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo„riq yerlarni o„zlashtirish, yaylov va eski 

qo„tonlar  (molxonalar)  o„rniga  har  xil  ekinlar  ekish,  begona  o„tlarni  yo„q  qilish  va 

boshqa agrotexnik hamda meliorativ tadbirlarni amalga oshirish lozim.  



 

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.

 



Parazit kanalar to„g„risida ma‟lumot bering.  

 

13-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar 

 

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar ” mavzusidagi  ma‟ruza 

mashg„ulotining  texnologik  xaritasi 

 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1.  Dars  maqsadi:  Talabalarga  odam  va  hayvonlarda 

parazitlik qiluvchi hasharotlar haqida ma‟lumot berish. 



1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  hasharot-

larning tarqalishi va sistematik holati  haqida ma‟lumot bera 

oladi. 

1.2.2.  Chala metamorfozli parazit hasharotlar to„g„risida fikr 

bildiradi.  



1.2.3.  To„liq    metamorfozli  parazit  hasharotlar  to„g„risidagi 

ma‟lumotlarni bayon qila biladi.  



1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4.  Metod  va  usullar:  Kuzatish,  suhbat,  kolleksiyalardan 

va jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi,  

15 daqiqa 

 



 

Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin