Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


Bo„g„imoyoqlilarni topik (biologik) bog„lanishi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49

Bo„g„imoyoqlilarni topik (biologik) bog„lanishi. Bu bo„g„imoyoqlilarni boshqa 

organizmlar  bilan  substrakt  sifatida,  ya‟ni  yashash  muhiti  sifatida  bog„lanishidir. 

Bularga  statsionar  ektoparazitlar  va  endoparazitlar  (parxo„rlar,  patxo„rlar,  bitlar, 

ko„pchilik kanalar) kiradi.  



Forik  bog„lanish.  Foritsa-harakat  degan  ma‟noni  anglatadi.  Bunda 

bo„g„moyoqlilar  va  boshqa  organizm  bir-biri  bilan  turli  harakatlar  orqali  bog„lanadi, 

ya‟ni  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko„chib  o„tish  (turli  kanalar bir  joydan  ikkinchi  joyga 

qushlar orqali o„tadi va hokazo) orqali bog„lanishi mumkin.  



 

Hayot  sxemasining  biologik  tiplari.  V.N.  Beklemishev  fikri  bo„yicha,  parazit 

bo„g„imoyoqlilar ichida quyidagi hayot sxemasi biologik tiplari mavjud:  



1.  Faol  hujum  qiluvchilar  (davriy  qon  so„ruvchilar:  chivinlar,  pashshalar, 

zahkashlar,  so„nalar).  Ular  serharakat,  uzoq  masofalarga  uchadi,  tez-tez,  vaqti-vaqti 

bilan  qon  so„radi.  Bir  marta  qabul  qilingan  qon  miqdori  harakatni  ta‟minlash  bilan 

cheklanadi.  Oziqasi  organizmdan  tashqarida  hazm  bo„ladi.  Lichinka  va  voyaga 

yetganlarini  ko„p  miqdorda  o„lishi,  umumiy  nasldorlikni  yuqoriligi  (tuxumlarini  ko„p 

sonda qo„yishi) bilan kompensatsiyalanadi. Bularga tez oziqa hazm (tayyor oziqa bilan 

oziqlanadi  qon)  bo„lishi,  rivolanishi,  voyaga  yetganlari  uzoq  och  yurolmasligi  va 

geterotroflik xos. Ularning turli fazalarini har xil biotoplarda uchratish mumkin, ya‟ni 

voyaga yetganlari havoda, lichinkalik davrlari esa suvda o„tadi. 

2. Payt poylovchi qon so„ruvchilar: ularni A) uyasizlar va B) uyalilarga bo„lib 

o„rganiladi:  A)  uyasizlar  –  yaylov  turlari:  iksod  va  gamazoid  kanalari.  Bu  kanalar 

yirik  sut  emizuvchilarda  parazitlik  qiladi.  Ular  ma‟lum  bir  hududga  xo„jayinlari 

kelgandagina  hujum  qiladi,  ya‟ni  ularni  xo„jayinlari  bilan  uchrashish  imkoniyatlari 

uncha  katta  emas.  Shuning  uchun  ham  ular  bir  marta  qon  so„rganda  juda  ko„p  qon 

so„rib,  uzoq  vaqt  ochlikka  chidaydi.  Ular  boshpana  bilan  bog„liq  emas,  qonni  sekin 

so„rib, xo„jayinlari bilan boshqa biotoplarga ketishi mumkin. Bular polifaglardir. 

B)  uyalilar:  Bularga  argaz  kanalari, to„shak  qandalasi  va  boshqalar  kiradi.  Ular 

xo„jayinlarining  uya(uy)larida  yashaydi.  Xo„jayinlari  uya(uy)lariga  kelgandagina  (qon 

so„radi)  hujum  qiladi.  Xo„jayinlari  uzoq  uya(uy)larida  bo„lmasligi  mumkin,  shuning 

uchun  bular  bir  martada  juda  tez  va  ko„p  qon  so„radi.  Uylaridan  tashqarida  yashay 

olmaydi, uzoq ochlikka chidaydi (bir necha oydan, bir necha yilgacha). Xo„jayinlarining 

doirasi keng polifaglardir. 



3.  Doimiy  ektoparazitlar:  (bitlar,  parxo„rlar,  patxo„rlar,  ayrim  qon  so„ruvchi 

pashshalar, gamozoid kanalari). Bular maxsus moslamalari bo„lishi bilan boshqalardan 

farqlanadi  (tanasi  yassi,  qanotsiz,  xo„jayinga  yopishuvchi  panjalar,  tuklar,  qillar, 

patlarida yopishuvchi, o„ng„ay harakatlanuvchi moslamalari mavjud). Mustahkam tana 

qoplamiga ega, bu esa ularni tashqi ta‟sirlardan saqlaydi, tez-tez kichik portsiyali qon 

so„radi va uzoq och qolishga moslashmagan. 



Qisqichbaqasimonlar  (Crustacea)  sinfi  jabra  bilan  nafas  oluvchilar 

(Branchiata)  kenja  tipiga  kirib,  ularning  deyarli  hammasi  suv  hayvonlari  hisoblanadi. 

Qisqichbaqasimonlar sinfiga 40 mingga yaqin tur kiradi. 

Qisqichbaqasimonlaning  ayrim  turlari  suv  hayvonlarida,  jumladan,  baliqlarda 

parazitiik qiladi, shunga ko„ra, ularda gavdasining ko„rinishi va tuzilishi tubdan o„zgarib 

ketgan  va  tashqi  ko„rinishidan  mutlaqo  qisqichbaqasimonlarga  o„xshamaydi.  Parazit 

turlari,  ayniqsa,  kurakoyoqlilar  (Copepoda,  1000  dan  ortiq  turi  bor),  karpxo„rlar 



(Branchiura,  130  ta  turi  bor),  mo„ylovoyoqlilar  (Cirripedia,  54  ta  turi  bor)  va 

tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkumlari orasida keng tarqalgan.  



Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumi. O„rta Osiyo sharoitida kurakoyoqlilarning 

30  dan  ortiq  turlari  aniqlangan.  Suv  havzalarida  baliqlarning  ozig„i  sifatida 

kurakoyoqlilardan – sikloplarning ahamiyati juda katta. Shuning bilan birga, ular keng 

tasmasimon chuvalchang, rishta va boshqa parazit chuvalchanglarning oraliq xo„jayini 

sifatida salbiy ahamiyatga ega. 


 

Kurakoyoqlilar turkumiga kiruvchi bir qancha turlari har xil hayvonlarda, jumladan, 

ko„proq  baliqlarda  parazitlik  qiladi.  Parazitlik  qilib  hayot  kechirishi  munosabati  bilan 

bunday  qisqichbaqasimonlarning  tana  tuzilishi  turli  darajada  o„zgarishga  uchragan. 

Baliqlarning  jabralarida  sikloplarga  o„xshaydigan  Ergasilus  hamda  tashqi  ko„rinishi 

boshqa  qisqichbaqasimonlardan  farq  qiladigan  Lamproglena  va  Achteres  urug„larining 

vakillari parazitlik qiladi (95-rasm). 

 

95-rasm. Baliqlarda parazitlik qiluvchi qisqichbaqasimonlar: A- Ergasilus sieboldi:  

1-yopishuv organiga aylangan antennalari; 2-bo„g„imlarga bo„lingan tanasi va suzgich 

oyoqchalari; 3-tuxum xaltasi; B-Achteres perkarum.  



 

Ergasilidae  oilasiga  100  dan  ortiq  tur  kiradi.  O„zbekistonning  janubiy  hududlari 

suv  havzalarida  ham  Ergasilidae  oilasining  5–6  ta  turi  uchraydi.  O„zbekiston  suv 

havzalarida yashovchi qizil qanot (krasnoperka) baliqlarida Ergasilus sieboldi parazitlik 

qiladi. Xo„jayinga yopishish vositasi sifatida urg„ochilarining 2-chi antenalaridagi xitin 

tirnog„i  xizmat  qiladi.  Dogelning  ta‟biri  bo„yicha  baliqning  ustida  parazit  halqa 

tutgichda osilib turgan qulfga o„xshaydi. Bu jabra epiteliysini yemirilishiga olib keladi. 

Tuxumdan  chiqqan  Ergasilus  lichinkalari  erkin  hayot  kechira  boshlaydi.  2–2,5  oydan 

so„ng  ular  jinsiy  voyaga  yetadi  va  qo„shilishadi.  Urug„langan  urg„ochi  individ  suv 

oqimiga  qarshi  suza  boshlaydi,  bu  esa  ularni  baliqlar  jabralariga  yopishib  olishini 

osonlashtiradi.  Baliqlarda  faqat  otalangan  urg„ochilari  parazitlik  qilib,  odatda, 

rivojlanish  bosqichining  oxirida  jabraga  yopishib  oladi  va  umrining  oxirigacha  jabra 

to„qimasi hamda qon bilan oziqlanadi. Erkaklari esa butun umri davomida erkin holda 

yashaydi.  

Bu  qisqiichbaqasimonlar  oilasi  barcha  vakillarining  rivojlanishida  parazitlik  davri 

mavjud  bo„ladi.  Erkin  yashovchi  naupliuslar  tullagandan  so„ng  kopepodit  davriga 

o„tadi.  Xo„jayin  tanasiga  yopishib  olgan  kopepodit  tezlik  bilan  g„umbakka  aylanadi. 

G‟umbagi  esa  oziqlanmaydi  va  harakatsiz  holda  peshonasidagi  ipchasi  yordamida 

xo„jayiniga yopishib yuraveradi.  Ergasilus sieboldi ning shakli yassi, kengaygan, oval 

va  keng  boshko„krak  qalqonli  bo„lib,  suvni  minimal  qarshiligini  ta‟minlaydi. 


 

Ko„pchiligining  oldingi  tomonida  xo„jayinga  yaxshi  yopishishni  ta‟minlovchi 

chuqurcha hosil bo„ladi. Baliqlarda ergazilyoz kasalligini keltirib chiqaradi.  

Сaligus  urug„iga  kiruvchi  qisqichbaqasimonlar  ham  baliqlarda  parazitlik  qiladi. 

Ularning  ko„krak  suzgich  oyoqlari  yaxshi  rivojlangan,  og„iz  o„simtalari  xartumchaga 

aylangan  bo„lib,  ular  yordamida  xo„jayinining  qonini  so„radi.  Ayrimlarining  tana 

uzunligi  20  mm  ga  yetadi.  Urg„ochilarining  oldingi  qorin  segmenti  yirik  bo„lib,  unga 

ikkita uzun tuxum qopchasi birikadi. Erkaklari urg„ochilaridan biroz farq qiladi. Yetuk 

qisqichbaqasimonlar  ko„pincha  dengiz  baliqlarining  harakatchan  teri  parazitlari  bo„lib 

hisoblanadi. Kamdan-kam turlari daryolardagi o„tkinchi baliqlarda parazitlik qiladi.  

Lernaeidae  oilsi  vakillari  ham  parazit  yashashga  moslashgan.  Urg„ochilarining 

tanasi juda uzayib ketgan, deyarli silindrik, tik yoki  harifiga o„xshash egilgan, ayrim 

paytlarda  esa  chuvalchangsimon  shaklli  bo„ladi.  3–5  juft  suzgich  oyoqlari  bor. 

Ko„pchiligining  bosh  qismida  har  xil  shoxsimon  o„simtalari  bo„ladi.  Ular  yordamida 

parazit xo„jayin tanasiga yelkan panjalari singari birikib oladi. Suvda esa bo„ynining bir 

qismi va tuxum qopchalari bilan birlashgan tanasi qoladi. Tuxum qopchalarining shakli 

ham  hilma-xil  kolbasa  shaklidan  to  ipsimongacha,  karpsimon  baliqlarning  barchasida 

uchraydi.  

Chuchuk  suvlardagi  suyakli  baliqlarda  parazitlik  qiluvchi  Lernaea  avlodiga 

mansub qisqichbaqasimonlarning  40  dan ortiq  turlari  aniqlangan. O„zbekistonda tovon 

baliq,  qizilqanot  (krasnoperka),  oq  amur,  laqqa  baliqlarning  terisida  Lernaea  elegans 

turi  parazitlik  qilib  yashaydi.  Ushbu  qisqichbaqasimonlarga  e‟tibor  bilan  qaralsa 

kopepodit  lichinkalarining  tashqi  tuzilishi  bo„yicha  sikloplarga  o„xshash  ekanligiga 

ishonish  qiyin.  Erkaklari  urg„ochisi  bilan  qo„shilgach  halok  bo„ladi,  urg„ochisi  esa 

baliqlarga  1,5–2  oy  yopishib  yurgach  yetuk  davriga  aylanib, hayotining  oxirigacha  bir 

joyda  qimirlamay  qolib  ketadi.  Yopishgan  joyida  yaralar  vujudga  keladi.  Baliq 

chavoqlarida  parazit  ichki  bo„shliqlarigacha  kirib  boradi.  Jigar  va  ichaklarida  qon 

quyilish,  yallig„lanish  va  gepatit  kabi  kasalliklarni  yuzaga  keltiradi.  Ichiga  10  tacha 

qisqichbasimonlar  kirggan  baliq  halok  bo„ladi.  Ularning  rivojlanishi  juda  qisqarib 

ketgan.  Nauplius  va  metanauplius  davrlari  tuxumdaligida  o„tadi.  Undan  esa  erkin 

kopepodit lichinka chiqib, jinsiy yetuklikkacha boradi. Tez orada koopulyatsiya amalga 

oshadi va erkagi nobud bo„ladi. Baliqlarda lerneoz kasalligini keltirib chiqaradi. 

Parazit kurakoyoqlilardan Lernaeoida kenja turkumi vakillari parazitizm oqibatida 

nisbatan  kuchli  o„zgarishga  uchragan.  Yirik  va  jinsiy  yetilgan  urg„ochilari  odatda 

chuvalchangsimon tanaga ega bo„ladi. Ularda segmentatsiyaning mutloqo izi qolmagan 

yoki  tanasining  bo„limlarga  bo„linishi  ham  sezilmaydi.  Oldingi  qismida  hosil  bo„lgan 

o„simtasi qon so„rish  uchun xizmat  qiladi.  Oxirgi tomonida  esa  2 ta  tuxum  xaltachasi 

mavjud.  Erkaklari  urg„ochilaridan  ancha  kichik  bo„lib,  tuzilishi  bilan  kopepodit 

stadiyasini  eslatadi.  Ular  asosan  baliqlarda  parazitlik  qiladi,  kamdan-kam  hollarda 

amfibiyalar  va  kitlarni  kasallantirishi  mumkin.  Ayrim  vakillari  juda  yirik  bo„ladi. 

Masalan  kitlarda  parazitlik  qilib  yashovchi  Penella  balaenoptera  ning  uzunligi  32  sm 

gacha borib, kit terisiga 5–7 sm kirib ketadi. 

Parazit  kurakoyoqlilar  baliqlarda  ektoparazitlik  qilishdan  tashqari,  ko„pchilik 

umurtqasiz  hayvonlar  (marjonpoliplar,  halqali  chuvalchanglar,  mollyuskalar),  boshqa 

tur qisqichbaqasimonlarda va ninaterililarda ham tekinxo„rlik qilib hayot kechiradi. 


 

Parazit  kurakoyoqlilar  parazitlik  qilib  yashash  sharoiti  ta‟sirida  o„ziga  xos 

moslamalar  hosil  qilgan.  Ularning  antenulla  va  antennalari  xo„jayin  organlariga 

yopishib  olish  va  uning  to„qimalaridan  shiralarni  so„rib  olishga  turlicha  moslashgan. 

Parazit  kurakoyoqlilarning  ba‟zi  erkin  yashovchi  kurakoyoqlilarga  o„xshashligi 

birmuncha  saqlangan.  Boshqa  parazit  kurakoyoqlilarda  tanasining  tuzilishi  shu  qadar 

ko„p  o„zgarganki,  ularni  nafaqat  kurakoyoqlilarga,  balki  qisqichbaqasimonlarning 

boshqa  turlariga  ham  o„xshatib  bo„lmaydi.  Masalan,  treska  baliqlarining  jabralarida 

kurakoyoqli  qisqichbaqasimonlardan  Lernaeocera  branchialis  turi  parazitlik  qiladi. 

Baliq jabrasiga yopishib olgan parazit gavdasining shakli uzun xaltaga o„xshaydi. Jinsiy 

bezlari  rivojlanganligidan  gavdasi  shishib  turadi.  Oyoqlari  bo„lmaydi.  Gavdasi-ning 

oldingi  uchida  esa  yopishish  organlari  bor,  bu  organlar  shoxlanib  ketgan  ildizlarga 

o„xshaydi.  Bu  hayvonning  rivojlanishi  o„rganilgandan  keyingina,  uning  kurakoyoqli 

qisqichbaqasimonlarga kirishi ma‟lum bo„ldi. 

Kurakoyoqlilar  baliqlar  terisi,  jabrasi,  ko„zi  va  og„iz  bo„shliqlarida  parazitlik 

qilib,  xilma-xil  jarohatlarni  hosil  qiladi.  Natijada  baliqlarning  teri,  jabra  va  muskullari 

shishib ketadi. Jabrada qon aylanish va nafas olish funksiyalari buziladi. Jarohatlangan 

joydan  qon  oqishi  yoki  o„sha  joydan  har  xil  mikroblarning  organizmga  kirishi  sodir 

bo„ladi. Parazitlar bir necha yuztadan 3000 tagacha uchraydi. Ular baliqlarni mexanik 

jarohatlashdan  tashqari,  o„zlaridan  har  xil  toksinlar  ajratib  zaharlaydi.  Kasallangan 

baliqlar ozib, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi.  

Karp  biti  yoki  karpxo„rlar  (Branchiura)  turkumi  vakillari  asosan  karpsimon 

baliqlar  ektoparazitlari  hisoblanadi.  Gavda  tuzilishi  tubdan  o„zgargan.  Boshko„kragi 

yaxlit.  Faqat  qorin  qismining  uchi  erkin  holatda  bo„ladi.  Gavda  o„simtalaridan 

so„rg„ichlar va boshqa yopishuvchi organlar hosil bo„lgan.  

Parazitiikda  hayot  kechirish  sharoiti  karp  bitlarining  ichki  tuzilishini  ham 

o„zgarishiga  olib  kelgan.  Jumladan,  o„rta  ichak  shoxlangan  bo„lib,  unda  faqat  oziq 

moddalarni  zaxira  qilib  oladi.  Karp  bitlarining  70  dan  ortiq  turi  baliqlardan  tashqari 

mollyuskalar va amfibiyalarda ham parazitlik qiladi. 

Karpxo„rlardan  karp  biti  (Argulus  foliaceus)  ning  yassi  tanasi  ikki  qismga 

bo„linadi (96-rasm).  

Boshko„krak  bo„limi  boshko„krak  qalqoni-karapaks  bilan  o„ralgan,  yelka 

tomonida  bir  juft  fasetkali  va  3  ta  nauplus  ko„zlari  joylashgan.  Qorin  suzgichi  (dum 

suzgichi) kichkina, keyingi uchida 2 ta qayrilgan kurakchasi va uning chuqur kesmasida 

joylashgan  uropodasi  bor.  Mandibulalari  xartumcha  hosil  qiladi  va  uning  yordamida 

karp  biti  terini  teshib,  qon  so„radi.  Qolgan  boshidagi  bo„g„inli  o„simtalari  xo„jayinga 

yopishish organini tashkil etadi.  

Maksilla 1 kuchli so„rg„ichga aylangan. Qon so„rib to„ygan yetuk karp biti uzoq 

muddat davomida o„z xo„jayinini tashlab ketishi mumkin. Bu paytda ular yelka tomoni 

bilan tepaga qarab 4 juft ko„krak oyoqlari yordamida bemalol suzib yuradi.  


 

Urg„ochilari tuxum qo„yishdan oldin xo„jayinini tashlab ketadi. Tuxumini suvosti 

predmetlariga  o„zidan  chiqaradigan  maxsus  modda  yordamida  yopishtirib  qo„yadi. 

Tuxumidan  chiqqan  lichinkalari  ko„rinishi 

jihatidan yetuk individni eslatadi va erkin suzib 

xo„jayinini  qidiradi.  Agarda  2–3  kun  orasida 

xo„jayinini  topaolmasa,  nobud  bo„ladi.  Baliq 

jabralariga  yopishib  olganlari  esa  murakkab 

metamorfozga uchrab rivojlanadi.  

 

96-rasm. Karp biti (Argulus foliaceus): 

ilmoqsimon antennula;  2-rudimentar antennalar; 

3-sanchuvchi stilet; 4-so„rg„ichga aylangan ikkinchi 

maksillalar; 5-jag„oyoqlar; 6-ichak; 7-suzgich 

oyoqchalar.  

 

Yetuk  individlari  anchagina  yirik  bo„ladi. 



Masalan,  O„zbekistonda  ko„pchilik  baliqlarda 

parazitlik  qilib  yashovchi  karpxo„r  (Argulus 



foliaceusning  uzunligi  6–7  mm  bo„lishi 

mumkin. 


Argulus 

foliaceus 

iliq, 


yaxshi 

yoritilgan va kuchsiz aeratsiyali suv havzalarida 

yaxshi  rivojlanadi.  Qulay  sharoitda  urg„ochisi 

yoz  davomida  2  mln  tagacha  qisqichbaqachalarni  yuzaga  keltirishi  mumkin. 

Baliqlarning  kasallangan  joylarida  yallig„lanish  yuzaga  keladi  va  ko„p  miqdorda 

shilimshiqlar  ajralib  chiqadi.  Ularning  xartumchasidan  chiqadigan  shiralar  baliqlar 

uchun juda zaharli hisoblanadi. Undan tashqari, qon so„rish bilan birga qon parazitlari 

bo„lgan  mikroorganizmlarni  ham  yuqtirishi  mumkin.  Xitoy,  Yaponiya  va  Isroilda 

bunday  kasalliklar  ko„pinchalik  baliqlarning  yoppasiga  qirilib  ketishiga  sababchi 

bo„ladi. 



Mo„ylovoyoqlilar  (Sirripedia)  turkumi  orasida  ham  o„troq  erkin  yashashdan 

parazitlik  qilib  yashashga  o„tgan  vakillari  uchraydi.  Parazitlik  hayot  ular  tanasining 

tuzilishiga  har  xil  ta‟sir  qiladi.  Yuqori  darajada  rivojlangan  parazitlarning  tanasi  juda 

soddalashgan  bo„lib,  turkum,  sinf  va  hatto  bo„g„imoyoqlilar  tipi  uchun  xos  bo„lgan 

barcha  xususiyatlarni  yo„qotadi.  Lekin  lichinkasining  tuzilishini  o„rganish  orqali 

ularning  mo„ylovoyoqlilar  turkumiga  mansubligini  aniqlash  mumkin.  Bu  jihatdan 

ayniqsa, o„noyoqli qisqichbaqasimonlar paraziti  sakkulina va peltogaster (Peltogaster

diqqatga sazovordir.  



Sakkulina krablar qorin qismining pastki tomoniga yopishib parazitlik qiladi (97-

rasm). Uning xaltaga o„xshash tanasida hech qanday bo„g„imlari bo„lmaydi. Sakkulina 

kuchli tarmoqlangan poyachasi yordamida krab tanasiga yopishib oladi.  

Poyacha xitin qoplag„ichdan krab tanasiga o„tib, juda ko„p marta shoxlanadi. Bu 

shoxlar  oyoqlarining  uchki  qismigacha  yetib  boradi.  Bunday  tarmoqlangan  shoxchalar 

yordamida sakkulina krab tana suyuqligini so„rib oziqlanadi.  

Parazit  tanasida  faqat  bitta  nerv  gangliysi  va  germafrodit  jinsiy  organi  bo„ladi, 

boshqa ichki organlari yo„qolib ketadi. Sakkulina qo„ygan tuxumdan nauplius lichinka 



 

chiqadi.  U  boshqa  mo„ylovoyoqlilar  singari  siprissimon  lichinkaga  aylanadi.  Bu 

lichinka  krab  tanasiga  yopishib  olgandan  so„ng  ko„krak  va  qorin  qismini  yo„qotgach, 

hujayralar to„plami holida xo„jayini tanasiga o„tib oladi. Parazit ancha yiriklashgandan 

so„ng  xo„jayini  xitin  qoplag„ichini  qorin  tomondan  yorib  kirib,  tanasining  xaltaga 

o„xshash bir qismini chiqarib oladi.  

 

 

 



97-rasm. Krab qornining ostki qismiga yopishib olgan ildizbosh sakkulina paraziti:  

1 - sakkulina tanasi; 2 - parazitning krab tanasida murakkab tarmoqlangan so„rish poyachasi.  

 

Yuksak  qisqichbaqasimonlardan  ayrim  tengoyoqlilar  va  yonlab  suzarlar 



turkumlari vakillari ham baliqlar, kitlar terisida hamda boshqa qisqichbaqasimonlarning 

jabra bo„shlig„ida parazitlik qiladi. Masalan, yonlab suzarlardan  kit bitlari kitlar terisini 

kemiradi. 

Parazit  qisqichbasimonlarga  qarshi  kurash  choralari  ularning  biologiyasini 

o„rganishga  asoslangan,  ya‟ni  hayotiy  siklini  o„rganish,  asosiy  xo„jayinini  aniqlash, 

kasallikni  yuzaga  keltiradigan  tabiiy  omillarni  aniqlash  (baliq  tashishdagi  sistemali 

nazorat, kasallangan baliqlarni o„z vaqtida suv havzalaridan terib tashlash va bosh.) kabi 

tadbirlar muhim ahamiyatga ega.  

O„zbekistonda  baliqchilikka  ixtisoslashgan  bir  qator  havzalar  mavjud  bo„lib, 

akvakulturani  rivojlantirish  imkoniyatlari  juda  katta.  Shuning  uchun  ham  tabiiyki 



 

baliqlarning parazitofaunasini o„rganish,  shu  jumladan,  parazit  qisqichbaqasi-monlarni 

har tomonlama o„rganish muhim ahamiyatga ega.  

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.  Parazit  bo„g„imoyoqlilarning  umumiy  tavsifi  va  sistematikasi  hamda  parazit 

qisqichbaqasimonlar to„g„risida ma‟lumot bering.  



4-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazit  kanalar  to„g„risida 

ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazit  kanalar to„g„risida ma‟lumot bera oladi.  

 

To„rtinchi sаvоlning bаyоni:  



Xelitseralilar  (Chelicerata)  kenja  tipiga  70  mingdan  ortiq  tur  kiradi.  Ularning 

ko„pchilik  turlari  quruqlikda  yashashga  o„tgan.  Xelitseraliiar  kenja  tipiga 

merostomalitar va o„rgimchaksimonlar sinflari kiradi. 

Parazit  turlari  asosan  o„rgimchaksimonlar  sinfi  orasida  uchraydi.  Bu  sinf  ichida 

kanalar turkumi vakillari haqiqiy parazitlar hisoblanadi.  

Kanalar  (Acarina)ni  o„rganuvchi  fan  akarologiya  deb  ataladi.  Parazitlik  hayot 

sharoiti  ularning  tuzilishini  o„zgarishiga  olib  kelgan.  Jumladan,  boshko„krak  qoringa 

butunlay  qo„shilib  ketgan,  xelitseralari  va  pedipalpalari  sanchib-so„ruvchi  xartumga 

aylangan  va  gavdasining  oldingi  uchida  bo„rtib  chiqib  turadigan  «boshcha»sini  hosil 

qilgan  (98-rasm).  Ko„pchilik  turlarining  tanasi  bo„g„imlarga  bo„linmagan,  ayrim 

turlarining, ba‟zan bosh-ko„krak va qorin qismlari bo„g„imlarga bo„lingan bo„ladi. 

Bir  qancha  turlarining  nafas  olish  organlari  bo„lmaydi,  ular  butun  tana  yuzasi 

orqali  nafas  oladi.  Ko„pchilik  kanalarda  esa  traxeyalar  haqiqiy  nafas  olish  organlari 

hisoblanadi. Qon so„ruvchi kanalarning ichagi juda kengayib, yon xaltalarni hosil qiladi.  

Og„iz  tuzilishi  nayzasimon  yuqorigi  va  xartumsimon  pastki  jag„lardan  iborat. 

Ayrim kanalarning og„iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan. 

Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi ichak (halqum va qizilo„ngach), o„rta ichak 

(oshqazon  va  ko„richak)  va  orqa  ichakka  bo„linadi.  So„lak  bezlari  kuchli  rivojlangan. 

Kanalar ovqatlanganda ko„richagi ham qon bilan to„ladi.  

Nerv sistemasi halqum atrofida joylashgan katta nerv to„plamlaridan iborat. 

Barcha  kanalar  ayrim  jinsli  bo„lib,  ko„pchiligi  tuxum  qo„yib  ko„payadi,  lekin 

ayrimlari  tirik  tug„adi.  Ularda  jinsiy  dimorfizm  yaxshi  rivojlangan.  Erkaklari  odatda 

kichik  va  qattiq  xitin  bilan  qoplangan  bo„ladi.  Ularda  otalanish  ichki,  kamdan-kam 

turlari partenogenez yo„li bilan ko„payadi. 

Kanalar  xilma-xil  usulda  oziqlanadi.  Ko„pchilik  vakillari  tuproqda,  to„kilgan 

barglarning ostida va moxlarda hayot kechirib saprofit oziqlanadi, boshqalari yirtqichlik 

qiladi yoki turli hayvonlarda parazitlik qiladi.  

Kanalar  odam  va  hayvonlarning  terisiga  yopishib  qonini  so„radi,  mexanik 

jarohatlab  yaralar  hosil  qiladi,  zaharli  so„laklarini  organizmga  yuborib  zaharlaydi  va 

kuchli bezovtalanishga olib keladi.  

Qichima,  ya‟ni  qo„tir  kanalari  esa  terida  kuchli  qichishni  vujudga  keltirib, 

organizmni darmonsizlantiradi.  


 

 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin