Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rаsm. To„shаk qаndаlаsi (Cimex lectularius



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49

110-rаsm. To„shаk qаndаlаsi (Cimex lectularius): А-jinsiy vоyagа yеtgаn qаndаlа; B-to„shаk 

qаndаlаsining оg„iz аppаrаti; V-tuхumi: 1-tuхum qоpqоg„i; 2-yеlim sеkrеti; 3-yuqоri lаbi; 

4-mаndibulаlаri; 5-mаksillаlаri; 6-pаstki lаbi.

 

 



To„shak qandalasi, asosan, tunda faol hayot kechiradi, kunduzi devor, pollarning 

yoriqlarida,  uy  burchaklarida,  mebel,  uy-ro„zg„or  buyumlarining  ostida  yashirinib 

yotadi.  Uzoq  vaqt  och  qolgan  qandalalargina  kunduzi  yoki  sun‟iy  yorug„lik  paytida 

odamga hujum qilishi mumkin. Qon so„rish paytida terini teshishi va suyuqlik yuborishi 

tufayli  qattiq  og„riq  paydo  bo„ladi.  Ular  ommaviy  holda  urchishidan  odamlar  qattiq 

bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin. 

To„shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo„yadi. Bitta 

urg„ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha yuzlab tuxum 

qo„yadi.  Tuxumdagi embrionning  rivojlanish  muddati  tashqi  muhit  haroratiga  bog„liq. 

3537°C da 46 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar tashqi muhit harorati 

10° C gacha bo„lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6°C dan past bo„lsa, ular 1,5 oygina tirik 

saqlanishi  mumkin.  Tuxumdan  chiqqan  lichinkalar  5  marta  po„st  tashlab,  imagoga 

aylanadi.  Har  bir  tullaganda  lichinkalar  1  marta  qon  so„radi.  Lichinkalar  1,5  yilgacha 

och yashay oladi. Jinsiy voyaga yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin. 

To„shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar va 

odam  qoni  bilan  oziqlanadi.  Ayrim  odamlar  to„shak  qandalasining  chaqishiga  juda 

sezgir  bo„ladi,  bunday  odamlarning  terisida  har  xil  toshmalar  paydo  bo„lib,  unga 

mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig„lanish yuzaga keladi. To„shak qandalasi har 

xil  yuqumli  kasallik  mikroblarini  mexanik  ravishda  tashib  yuradi.  Uyda,  jamoat 

muassasalarida,  transport  vositalarida  to„shak  qandalasining  tarqalishi  sanitariya-

gigiyena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga qarshi mexanik va kimyoviy vositalar 

orqali kurash olib boriladi. 



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi chala metamorfozli parazit hasharotlar  

haqida ma‟lumot bering.   


 

3-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  odam  va  hayvonlarda  parazitlik 

qiluvchi to„liq  metamorfozli parazit hasharotlar haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi to„liq metamorfozli parazit hasharotlar 

haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Uchinchi sаvоlning bаyоni:  

Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 2000 taga yaqin tur kiradi. MDH da 400 dan 

ortiq turi uchraydi. Burgalar to„liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar 

bo„lib,  ular  asosan  obligat  gematofaglar,  issiqqonli  hayvonlarda  (qushlar  va 

sutemizuvchilarda,  shu  jumladan,  odamda)  qon  so„rib  parazitlik  qiladi.  Markaziy 

Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan. 

Burgalarning uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo„lib, to„q sariqdan 

to  jigarranggacha  bo„lishi  mumkin.  Ustidan  qattiq  yaltiroq  xitinli  kutikula  bilan 

qoplangan.  Kutikulasida  uchi  orqaga  qayrilgan  xitinlashgan  tukchalar  bo„ladi.  Mana 

shunday  tukchalar  boshining  oldingi  va  pastki  qismlarini  qoplagan  bo„ladi.  Tukchalar 

burgaga  xo„jayinning  jun  va  patlari  orasida  erkin  harakat  qilishi  uchun  imkoniyat 

yaratadi.  

Burgalar  issiq  qonli  hayvonlarning  va  odamlarning  ektoparazitlari  bo„lib, 

ularning  qoni  bilan  oziqlanadi.  Burgalarning  ko„zlari  va  sanchib-so„ruvchi  og„iz 

apparati  boshida  joylashadi.  Og„iz  apparati  quyidagicha  tuzilgan:  1  juft  pastki  jag„lar 

uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo„lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. 

Ular asosida so„lak bezlari nayi va 1 juft kalta pastki jag„ paypaslagichlari joylashgan. 

Yuqori  labi  o„zgarib,  toq  sanchuvchi  ignani  hosil  qiladi.  Pastki  lab  reduksiyalangan, 

shunday bo„lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon 

bo„lib,  bir-biriga  zich  taqalib  turadi,  natijada,  sanchuvchi  apparat  qanotlari  g„ilofini 

hosil  qiladi.  Ko„krak  qismida  3  juft  oyoqlari  bo„lib,  keyingi  juft  oyoqlari  kuchli 

rivojlangan  va  sakrovchi  tipda  tuzilgan.  Ular  uzun  va  mushakli  oyoqlari  bilan  sakrab 

harakatlanadi.  Masalan,  odam  burgasi  9  sm  balandlikka  va  32  sm  uzunlikka  sakrashi 

mumkin.  Qorin  qismi  10  ta  bo„g„imdan  tashkil  topgan  bo„lib,  orqa  qismida  jinsiy 

apparati joylashgan. Qorin segment-larining ikki yonida stigmalar ko„rinadi. 

Burgalar  ayrim  jinsli,  ular  jinsiy  dimorfizmga  ega:  erkaklari  bir  oz  kichikroq  va 

qorin  bo„limining  oxirgi  qismi  yuqoriga  qayrilgan  bo„ladi,  shu  joyda  murakkab 

kopulyativ  apparati  joylashgan.  Urg„ochilarining  jinsiy  apparati  kolbasimon,  xitinli 

rezervuar  urug„  qabul  qiluvchi  pufakcha  ko„rinishida  tuzilgan.  Urg„ochilari  hayoti 

davomida  450  tadan  2500  tagacha  tuxum  qo„yadi,  bir  qo„yganda  tuxumlar  soni  610 

tagacha  boradi.  Odatda,  burgalar  tuxumlarini  organik  chirindilarga  boy  bo„lgan 

joylarga,  ya‟ni  pol  tirqishlariga,  to„shamalar  ostiga,  quruq  axlatxonalarga,  devor 

yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo„yadi. 

Tuxumdan  chuvalchangsimon  lichinkalar  chiqadi.  Embriogenez  davri  3  kundan 

15  kungacha  davom  etadi,  bu  esa  burgalarning  turiga  va  tashqi  muhit  sharoitiga, 

ayniqsa,  harorat  va  namlikka  bog„liq.  Lichinkalari  rangsiz,  pigmentlashmagan,  tanasi 

tuklar  bilan  qoplangan,  oyoqsiz  bo„lib,  ikki  qanotlilar  lichinkalariga  o„xshash  bo„ladi. 

Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g„umbakka 


 

aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha 

davom  etadi.  G„umbakdan  chiqqan  voyaga  yetgan  davri  -imago  faqat  qon  bilan 

oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 25 yil umr ko„radi.  

Burgalar  bir  kunda  kamida  1  marta  qon  so„radi.  Ular  asosan  (95  %) 

sutemizuvchilarda  va  ayniqsa,  kemiruvchilarda  parazitlik  qiladi.  Burgalar  muayyan 

turdagi xo„jayin bilan juda mahkam bog„lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi 

hayvonga  va  odamga  o„tishi  mumkin.  Sunday  gematofag  hayvonlarga  polifaglar 

deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo„lsa ham ilonda, ba‟zilari 

esa  hasharotlarning  lichinkalarida  parazitlik  qiladi.  Mushuklarda  mushuk  burgasi 

(Ctenocephalides  felis),  itlarda  it  burgasi  (Ctenocephalides  canis),  odamlarda  odam 

burgasi  (Pulex  irritans),  kalamushlarda  kalamush  burgasi  (Xenopsylla  cheopis

parazitlik qiladi. Lekin ular odamga ham hujum qiladi.  

Burgalar  issiq  qonga  o„ch  bo„lib,  o„lgan  hayvonning  sovub  borayotgan  tanasini 

tashlab, yangi xo„jayin axtaradi.  

Odam burgasi urg„ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo„ladi (111-rasm). Odam 

burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin.  

 

 



 

Kalamush  va  odam  burgalari  odamlarga  o„lat  (chuma)  va  terlama  kasalligining 

qo„zg„atuvchilarini  yuqtiradi.  Bu  og„ir  kasalliklarning  mikroblari  kasal  odamlar, 

kalamushlar  va  burgalarning  axlati  orqali  odam  terisiga  tushib  qolsa,  uning  tirnalgan 

joyidan qonga o„tib, ko„paya boshlaydi.  

O„lat  kasalligi  tabiiy  manbali  fakultativ  transmissiv  kasalliklar  guruhiga  kiradi. 

Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, sug„urlar va 

qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og„rigan bemor 3-4 kunda o„lishi mumkin.  

O„lat odamga ikki xil yo„l bilan yuqishi mumkin: 1. Bemor qoni bilan oziqlangan 

burga  qon  bilan  birga  o„lat  qo„zg„atuvchilarini  (o„lat  tayoqchalarini)  ham  o„ziga 



111-rasm. Odam burgasi (Pulex irritans);  

A-imago; B-lichinka; D-g„umbak. 



D 

B 

A 

 

yuqtiradi.  Burganing  oshqozon  va  ichagida  o„lat  tayoqchalari  shu  qadar  ko„payib 

ketadiki,  natijada  burganing  oshqozonini  to„ldirib,  hasharotning  normal  oziqlanishiga 

to„sqinlik  qiladigan  o„lat  tiqinini  hosil  qiladi.  Zararlangan  burga  qon  so„rganda  ovqat 

oshqozoniga  bora  olmasdan  qaytib  tushadi,  ya‟ni  burga  qusadi.  Ana  shu  paytda  o„lat 

tayoqchalari  ham  burga  «qusgan»  joyga  tushib,  odamni  zararlaydi.  Chaqqan  joylarni 

qashlaganda, tirnalgan teri orqali, ya‟ni kontaminatsiya yo„li bilan odamga o„lat yuqishi 

mumkin. 


2. Mexanik yo„l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo„lganda, bemorning 

chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o„lat kasalligi yuqishi mumkin. 

O„lat  kasalining  qo„zg„atuvchisi  uzoq  vaqtgacha  noaniq  bo„lgan.  18931894-

yillarda  fransuz  olimi  Sersen  va  yaponiyalik  olim  Kitasato  (bir-birini  bilmagan  holda) 

o„lat  kasalining  qo„zg„atuvchisi  chuma  tayoqchasi    Pasteurella  pestis  ekanligini 

aniqladilar. 1896 yili Hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o„lat kasaliga 

qarshi zardob ishlab chiqib, uni o„zida sinab ko„radi va bu zardob yaxshi natija berishini 

aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o„lat kasalining tarqalishida burgalar 

ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zabolotniy (1887-y.) 

o„lat  kasalining  manbai  sutemizuvchilardan  kemiruvchilar  turkumi  vakillari  ekanligini 

aniqladi. 

Insoniyat  tarixida  o„lat  kasali  yer  yuzidagi  aholini  3  marta  juda  katta  ofatlarga 

olib kelgan.  

Birinchi marta 542-yili Misrda o„lat kasali paydo bo„lib, qisqa vaqt ichida Suriya, 

Kichik  Osiyo  va  Konstan-tinopolga  tarqaldi,  4  oy  davomida  har  kuni  10  minglab 

aholining  yostig„ini  quritdi.  Bu  epidemiya  «Yustiniana»  chumasi  nomi  bilan  tarixda 

qolgan.  



Ikkinchi marta 1334-yili dastlab Osiyoda yangi chuma epidemiyasi kelib chiqadi. 

Bu  kasallik  har  xil  yo„llar  (asosan  savdo-sotiq  karvonlari)  bilan  Hindiston,  Kichik 

Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va O„rta dengizga tarqaladi. 

1348-yili  Kipr  orolining  aholisi  to„lig„icha  qirilib  ketadi.  23  yil  ichida  bu  ofat  butun 

Yevropa  qit‟asiga  tarqaladi,  natijada  Yevropa  aholisining  to„rtdan  bir  qismi  (25  mln. 

kishi)  qirilib  ketadi.  Italiya  aholisining  yarmi  halok  bo„ladi.  Bu  ofat  tarixda  «qora 

o„lim» nomi bilan ma‟lum.  

Uchinchi marta 1894-yili chuma Gongkongda boshlanib, Osiyo mamlakatlarining 

deyarli hammasiga tarqaladi. Bu epidemiyadan aholining 60-90 % o„lgan. 

Hozirgi vaqtda o„lat kasali asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik 

mintaqalarida tez-tez uchrab turadi. 

Burgalar faqat odamlar o„rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan, balki 

kerniruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o„rtasida ham ularning qonini so„rish orqali 

yuqumli  kasalliklarning  mikroblarini  sog„  hayvonlarga  va  odamlarga  o„tkazadi. 

Burgalardan saqlanishning asosiy yo„llaridan biri sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya 

qilishdir.  Molxonalar,  odam  turadigan  joylarni  toza  saqlash,  undagi  pol  va 

to„shalmalarni  vaqti-vaqti  bilan  karbolning  2-5%  li  eritmasi  bilan  dezinfeksiya  qilish, 

devor va pol tirqishlarini kerosinda ho„llangan latta bilan yuvish lozim. Dala sharoitida 

kemiruvchilarga  qarshi  kimyoviy  dorilar  (xlorpikrin,  piretrum)  sepish  kerak. 

Shuningdek, bularga qarshi kurashish uchun permetrinning 0,05% li suvdagi emulsiyasi, 

karbafosning 0,5 % li emulsiyasi, xlorofosning 1% li eritmasi hayvon terisiga purkaladi. 



 

Ikki qanotlilar (Diptera) turkumiga 100 mingtadan 120 mingtagacha tur kiradi. 

MDH  mamlakatlarida  10  mingdan  ortiq  turi  uchraydi.  Ular  eng  yuksak  tuzilgan 

hasharotlardan  hisoblanadi.  Og„iz  organlari  yalovchi,  sanchib-so„ruvchi  yoki  kesib-

so„ruvchi  tipda  tuzilgan.  Lichinkalarining  voyaga  yetishi  davrida  metamorfoz  keskin 

namoyon  bo„ladi.  G„umbagi  erkin  yoki  bochkasimon  tipda  tuzilgan.  Ular  orasida 

yirtqich,  qon  so„ruvchi  parazitlari  bor.  Lichinkalari  suvda,  tuproqda  yoki  chiriyotgan 

organik qoldiqlarda rivojlanadi. 

Ikki  qanotlilar  turkumi  3  ta  kenja  turkumga  bo„linadi:  1.  Uzun  mo„ylovlilar 

(Nematocera);  2.  Kalta  mo„ylovli  to„g„ri  chokli  ikki  qanotlilar  (Brachycera-

Orthorrhapha);  3.  Kalta  mo„yiovli  doira  chokli  ikki  qanotlilar  (Brachycera-

Cyclorrhapha). 



Uzun mo„ylovlilar (Nematocera) kenja turkumi vakillarining mo„ylovlari uzun 

va ko„p bo„g„imli, qorin bo„limi ingichka bo„ladi.  Lichinkalari oyoqsiz, lekin ularning 

boshlari  rivojlangan  bo„lib,  og„iz  organlari  kemiruvchi  tipda  tuzilgan.  G„umbaklari 

harakatchan  bo„ladi.  Bu  kenja  turkumga  qon  so„ruvchi  chivinlar,  iskabtoparlar, 

moshkalar,  g„urra  yasarlar,  uzunoyoqlar,  zaxkashlar  va  boshqa  oilalar  kiradi.  Qon 

so„ruvchi  ikki  qanotlilar  -  gnuslar  deb  ataladi.  Gnuslar  vaqtinchalik  parazitlar 

hisoblanadi. 

Qon so„ruvchi chivinlar (Culicidae) oilasi vakillarining og„iz organlari sanchib-

so„ruvchi  tipda  tuzilgan,  mo„ylovlari  ingichka,  15  bo„g„imli,  erkak  individlari  tukli, 

ko„zlari  yo„q.  Erkaklari  gul  nektari  bilan  oziqlanadi,  urg„ochilari  esa  qon  so„radi. 

Chivinlar  tuxumlarini  tinch  oqadigan  hovuz  va  ko„lmak  suvlarga,  binolarning  suv 

bosgan  yerto„laiariga,  nam  va  zax  tuproqlarga,  hatto  suvli  bochkalarga  qo„yadi. 

Lichinkalari  atmosfera  havosi  bilan  nafas  oladi.  Bir  mavsumda  chivinlarning  4-6  nasli 

rivojlanishi mumkin. 

Chivinlarning  hid  bilish  organi  yaxshi  rivojlangan.  Ular  ter  hidini  va  nafas 

olganda chiqadigan CO

2

 gazi konsentratsiyasining o„zgarishini yaxshi sezadi. Chivinlar 



juda  serharakat,  qon  so„rish  uchun  bir  necha  km  masofaga  uchib  borishi  mumkin. 

Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib borishi kuzatilgan. 

Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kavagi, yerto„lalar va o„tlar orasida yashirinib 

yotadi, Kun botgandan keyin faol harakat qilib, qon so„rishga o„tadi. 

Culicidae oilasi 2800 turni o„z ichiga oladi, ko„pchiligi obligat gemato-faglardir. 

Mamlakatimizda Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga kiradigan turlari uchraydi. 



Anopheles  avlodiga  kiradiganlari  bezgak  chivinlari  deyiladi,  chunki  shu  avlodga 

kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi.  



Culex  avlodiga  kiradiganlari  esa  oddiy  chivinlar  deyiladi.  Bezgak  chivinlarining 

tipik  vakili  Anopheles  maculipennis  hisoblanadi.  Bu  chivin  bezgak  kasalligi 

qo„zg„atuvchilarining o„ziga xos tarqatuvchisidir (112-rasm).  


 

 

Bezgak chivini uzun va ingichka bo„lib, tanasi bosh, ko„krak va qorin qismlaridan 



iborat. Bosh qismida mo„ylovlari va ko„zlaridan tashqari. og„iz apparati joylashgan. 

Urg„ochi  chivinlar  qon  bilan  oziqlanadigan  bo„lgani  uchun  ularning  og„iz 

qismlari  sanchib-so„ruvchi  tipda  tuzilgan.  Erkaklari  esa  o„simlik  shiralari  bilan 

oziqlanadi, shunga ko„ra, ularning og„iz apparati so„ruvchi tipda bo„ladi. 

Chivinlarning  juftlashishi  havoda  bo„ladi.  Juftlashib  bo„lganidan  keyin 

urg„ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so„radi. Qon so„rishda ular odam, uy va 

yovvoyi  hayvonlarni  talaydi.  1-2  daqiqa  davomida  gavdasining  og„irligidan  ham 

ko„proq qonni so„rib oladi. Shundan keyin urg„ochi chivinlar qorong„i joyga o„rnashib 

olib, 2-12 kun davomida ovqatini hazm qiladi. 

Tuxumlar yetilgandan keyin urg„ochi chivinlar ko„lmak suvlarga uchib boradi va 

suv  ustiga  yoki  suv  o„simliklariga  qo„nib  tuxum  qo„yadi.  Tuxum  qo„yib  bo„lgan 

chivinlarning bir qismi o„ladi, qolganlari esa yana qon so„rib tuxum qo„yishga kirishadi. 

Bezgak  chivini  o„z  hayotida  60  dan  350  tagacha  tuxum  qo„yadi.  Boshqa  chivinlarga 

qarshi  o„laroq,  bezgak  chivini  tuxumlarini  bir-biriga  yopishtirmasdan  tarqoq  holda 

qo„yadi.  Bezgak  kasalini  tarqatmaydigan  chivinlar  tuxumlarini  suv  yuzasiga  g„uj-g„uj 

qilib  tashlaydi.  Mazkur  tuxumlar  to„plami  qayiqchaga  o„xshab  ketadi.  Tashqi  muhit 

haroratiga  qarab,  210  kun  ichida  tuxumdagi  lichinkalar  yetiladi.  Tuxumdan  chiqqan 

lichinkalarda gavdasining bosh, ko„krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. Har xil 



112-rasm. Bezgak (Anopheles) va oddiy (Culex) chivinlarning asosiy farqlovchi belgilari: 

1-tuxumlari; 2-lichinkalari; 3-g„umbaklari; 4-voyaga yetgan urg„ochi chivinlar. 







Anopheles 

Culex 

 

chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko„ra 

bir-birlaridan farqlanadi. 

Lichinkalar  4  marta  tullab,  g„umbaklarga  aylanadi.  G„umbaklardagi  nafas  olish 

naylarining shakliga qarab, bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin: ularning nafas 

olish  naylari  konussimon  bo„lib,  go„yo  karnaycha  ko„rinishida  bo„ladi.  G„umbakdan 

imago rivojlanadi. Tuxum qo„yishdan boshlab imago chiqqunigacha bo„lgan rivojlanish 

davri, tashqi muhitga qarab, 14-30 kun davom etadi. 



Culex  avlodiga  kiradigan  Culex  pipiens  chivini  ham  odamda  uchraydigan 

transmissiv  kasalliklar  qo„zg„atuvchilarini  tarqatadi.  Yaponiya,  Koreya  yarim  orolida, 

Shimoliy  Xitoy  va  Uzoq  Sharqda  Culex  chivinlari  og„ir  virus  kasalligi  yapon 

ensefalitini tarqatadi. 



Aedes  avlodiga  kiradigan  chivinlar  sariq  isitma  degan  og„ir  tropik  kasallik 

qo„zg„atuvchisni tarqatishda ishtirok etadi.  

Ularning tuzilishi va  rivojlanishi  bezgak chivinlarinikiga o„xshaydi,  lekin  ayrim 

belgilari bilan farq qiladi: 

1.  Urg„ochi  oddiy  chivinlarning  voyaga  yetgan  davrida  pastki  jag„ 

paypaslagichlari  kalta  bo„lib,  xartumining  uchdan  bir  qismini  egallaydi,  bezgak 

chivinlarida  pastki  jag„  paypaslagichlari  xartumiga  teng  bo„ladi.  Erkaklarining  pastki 

jag„  paypaslagichlari  oddiy  va  bezgak  chivinlarida  xartumiga  teng,  ammo  oddiy 

chivinlarda  oxirgi  bo„g„imi  kengaymagan  bo„lib,  bezgak  chivinlaridan  farq  qiladi. 

Bundan tashqari, erkaklarining mo„ylovlari sertuk bo„ladi. 

2.  Bezgak  chivinlarining  oyog„i  tanasidan  2  baravar  uzunroq  bo„ladi,  oddiy 

chivinlarda  esa  1,5  baravar,  ko„kragining  o„rta  bo„g„imida  joylashgan  1  juft  qanotida 

qoramtir  4  ta  dog„i  bo„lib,  bu  dog„lar  zich  joylashgan  tanachalaridan  iborat.  Oddiy 

chivinlarning qanotida dog„lari bo„lmaydi. 

3. Bezgak chivinlari qo„nib turganda qorin qismini ko„targan holda burchak hosil 

qilib turadi, oddiy chivinlar esa parallel holda qo„nadi. 

4.  Odatda  bezgak  chivinlari  tuxumlarini  kislorodga  boy,  toza  suv  havzalariga 

qo„yadi,  oddiy  chivinlar  uchun  bunday  sharoitning  ahamiyati  yo„q,  suv  bo„lsa  yetarli, 

hatto yomg„irlardan qolgan ko„lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo„yishi 

mumkin. 


5.  Culex  chivinlarining  tuxumida  havo  kamerasi  bo„lmaydi,  shuning  uchun  ular 

tuxumlarini  bir-biriga  tik  aylana  o„qi  bo„yicha  yopishgan  holda  qo„yadi.  Natijada 

qayiqchaga  o„xshash  200-400  tadan  bo„lgan  tuxumlar  to„plamini  hosil  qiladi.  Bunday 

holda tuxumlar cho„kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, zax 

joylardagi substratlarga qo„yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib qolayotgan 

suv  havzalarida  kuzatiladi.  Tuxum  ichida  rivojlangan  lichinkalar  1  yilgacha  saqlanishi 

mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va rivojlanadi. 

6.  Bezgak  tarqatmaydigan  chivinlarning  lichinkalari  suv  yuzasiga  nisbatan 

burchak hosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan hosil bo„lgan tana 

o„simtasida  sifonda joylashgan bo„ladi. Shu sababdan lichinkalar suvning ustki parda 

qavatiga  sifoni  bilan  yopishadi,  gavdasi  pastga  osilib  turadi.  Bezgak  chivinining 

lichinkalari suv yuzasida yashab, shu joydagi mayda zarrachalar va mikroor-ganizmiar 

bilan oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa suv qatlamidagi organizmlar bilan 

oziqlanadi. 



 

7. Oddiy chivinlarning g„umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida bo„ladi, 

bezgak chivinlarida esa konus shaklidadir. 

Bundan  tashqari,  chivinlar  parazit  nematodalardan  filyariyatlarning  rivojlanish 

siklida  ham  oraliq  xo„jayin  sifatida  ishtirok  etadi.  Odam  bakterial  kasali  tuleremiya 

sababchisi  ham  mazkur  hasharotlardir.  Kasallik  tarqatuvchi  patogen  chivinlarga  qarshi 

kurash  tadbirlarini  ishlab  chiqish  uchun  ularning  biologiyasi,  ekologiyasi  va 

sistematikasi  ko„p  yillar  davomida  o„rganilib  kelinmoqda.  Bu  sohada  ayniqsa,  V.  P. 

Beklemishev,  N.  I.  Xodukin,  A.  S.  Monchadskiy,  N.  I.  Isayev,  D.  L.  Shtakelberg  va 

boshqalarning xizmatlari kattadir.  



Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so„ruvchi juda mayda chivinlar 

bo„lib,  gavdasining  uzunligi  2-6  mm  keladi.  Bu  chivinlar  umumiy  ko„rinishidan 

pashshalarga  o„xshash,  tanasi  tig„iz,  yelka  qismi  ko„tarilgan,  mo„ylovlari  qisqa, 

xartumchasi  qisqa  va  sanchib-so„ruvchi  tipda  tuzilgan.  Lichinkalari  oqar  suvlarda 

yashaydi. Ular odamlar va uy hayvonlarining ba‟zi parazitar kasalliklarini, shuningdek, 

tulyaremiyani tarqatadi. 

Ko„krak  qismi  bukur  bo„lgani  uchun  bukur  chivinlar  deyiladi.  Ayni  vaqtda 

ularning  1500  dan  ortiq  turi  aniqlangan.  Bukur  chivinlarning  rangi  ko„pincha  qora  va 

ko„kish  tusda  bo„ladi.  Urg„ochilari  urug„langandan  so„ng  oqar  suvlar  ostidagi 

o„simliklar va boshqa  substratlarga 100–-00 tadan  tuxumlarini  to„p-to„p  qilib  qo„yadi. 

Oradan  4-12  kun  o„tgach,  tuxumdan  lichinkalar  chiqadi.  Ular  orqa  va  qorin 

segmentidagi  so„rg„ichlar  va  ilmoqchalar  yordamida  suvdagi  har  xil  substratlarga 

yopishib olib hayot kechiradi. Bosh tomonida joylashgan yelpig„ichsimon tukchalari va 

qilchalari  yordamida  suvni  filtrlab  o„ziga  oziq  topadi.  Lichinka  5  marta  tullagach  (3 

hafta davomida), maxsus pillali g„umbak hosil qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga 

yetadi. Hayoti davomida 13 marta avlod beradi.  

Bukur chivinlarning faqat urg„ochilari qon so„radi, erkaklari esa gul shirasi bilan 

oziqlanadi. Ayrim janubiy hududlarda ular faqat o„simlik shirasi bilan oziqlanadi. O„rta 

mintaqada va ayniqsa, tayga zonasida qonxo„r bukur chivinlar ko„p uchraydi.  

Urg„ochilari  hayvonlarga  kunduz  kunlari  shamol  yo„q  paytda  hujum  qiladi. 

Hayvon  qonini  so„rib  zaharli  so„lak  ajratadi,  bir  necha  soat  o„tgach,  hayvon  terisi 

shishadi,  harorati  ko„tarilib  yurak  urishi  tezlashadi.  Ular  Sibir  yarasi,  tulyaremiya, 

yapon  ensefaliti,  moxov  kasalliklarini;  qoramollar  va  shimol  bug„ulariga  esa 

onxotserkoz, qushlarga gemosporidioz kasalliklarining qo„zg„atuvchilarini tarqatadi.  



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin