Qarag'ay qarag'ay turkumi qarag'aydoshlar oilasiga mansub bo'lib, yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o'sadi. Ular asosan Shimoliy Yarimsharda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta-katta maydonlarda qarag'ay o'rmonlari mavjud



Yüklə 355,31 Kb.
tarix29.03.2023
ölçüsü355,31 Kb.
#91241
qarag\'ay


QARAG'AY
Qarag'ay turkumi qarag'aydoshlar oilasiga mansub bo'lib, yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o'sadi. Ular asosan Shimoliy Yarimsharda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta-katta maydonlarda qarag'ay o'rmonlari mavjud.
O 'zbekistonda qarag'aylar tabiiy holda o'smaydi. Lekin ularning 10 ga yaqin turi O'zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog'ochbop o'simlik sifatida ekib o'stiriladi. Qarag'aylardan eng keng tarqalgani oddiy qarag'ay hisoblanadi O'zbekiston sharoitida uning balandligi 10—20 m oralig'ida bo'ladi.
Oddiy qarag'ay bir uyli yorug'sevar, doimo yashil daraxt. Tanasi qizg'ish-qo'ng'ir, shox-shabbasi o'sish sharoitiga qarab turlicha bo'ladi. Ochiq joylarda o'sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo'ladi.
Barglari novdalarda 2 tadan bo'lib o'rnashgan, uzunligi 5—7 sm, och yashil rangli. Oddiy qarag'ay urug'idan yaxshi o'sadi.
Changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalarning pastki qismida boshoqsimon zich «to'pgul» hosil qilib o'rnashadi. Qubbalarning o'rtasidan o'tadigan o'qda spiral shaklida tangacnalar, tangachalarning ostki qismida chang- donlar o'rnashgan. Changdonlar ichida changlar hosil bo'ladi va shamol yordamida urug'chi qubbalarga uchib o'tadi.
Urug chili qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun nov­dalarning uchida paydo bo'ladi. Qubbaning o'rtasidan o'qqa urug'chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarda 2 ta urug'kurtak joylashadi.
Urug'langan tuxum hujayradan murtak, undan esa urug6 hosil bo'ladi.
Oddiy qarag'ayning qubbalari 2 yilda yetiladi va shamol ta'sirida to'kila boshlaydi.
Qarag'aylarning qubbalari turlicha shakl va kattalikda. Urugf saqlaydigan qubbalarning tangachalari juda mustahkam bo'ladi Qarag'aylar o'rta hisobda 200—400 yil yashaydi. O'zbekistonda qarag'aylar qishloq va shaharlarimizni ko'kalamzorlatirishda ko'plab ekiladi. Ular tez o'sadigan sifatli yog'ochbop o'simlik bo'lishi bilan bir qatorda dorivorlik xususiyatga ham ega. Bulardan tashqari qarag'aylardan oliy nav qog'ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi.



79




Yüklə 355,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin