Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati


Po'stloq osti Derv markazlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
NERV SISTEMASI

Po'stloq osti Derv markazlari.
Bosh miya yarim sharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning ustki
qismida kulrang modda to'plami bo'lib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ'l tana.
Oqimtir yadro
tana muskullari tarangligini va harakatini bl shqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o'zidan
pastida joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqarad Oqimtir yadro zararlansa, tana
muskullarining tarangligi ortib qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz musklla"ininj tarangligi ortib,
go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'n, odamning har xii emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab
bo'lmaydi.
Targ'il tana
oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ'iI tana kasallansa oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi
va tana mus¬kullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi. Bu nerv sistemasining
revmatizm kasalligida sodir bo'ladi. Bu kasallik xoreya deb atalib, u ko'proq bolalarda uchraydi. Bunda
bemorning qo'l-oyog'i vaqt-vaqti bilan o'z-o'zidan ixtiyorsiz silkinib qimirlaydi, ko'zi ixtiyorsiz
yumilib¬ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz chiqaradi. Odam qo'li qaltiragani uchun xat yozishi buziladi. Ba'zi
tushunmagan ota-onalar, hatto o'qituvchilar bunday kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz
harakatlar uning ixtiyoriga bog'liq emas. O'z vaqtida shifokorga murojaat qilib davolansa, bemor tez orada
tuzaladi.
Bosh miya katta yarim sharlari
Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon
tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Qadoqsimon tana nerv
tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular o'ng va chap yarim sharlaming
bir-biri bilan aloqasini ta'minlaydi. Bosh miya yarim sharlari ikki
qavatdan iborat: I) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq
qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavatining qalinligi 25-30 mm
bo'ladi. Po'stloq tekis bo'lmasdan pushta va egatlardan iborat (8-
rasm). Miya po'stlog'ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko'p
miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya
po'stlog'ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. Qizig'i
shundaki, miya po'stlog'i pushtalarining soni barcha odamda deyarli
bir xii, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo'l kafti chiziqlari singari
xilma-xil bo'ladi. Agar miya po'stlog'ining pushta va egatlari yozib
tekislansa,
uning umumiy sathi 1468-1670 sm' ni tashkil qiIadi. Miya yarim
sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bo'linadi.
Miya po'stlog'i mikroskopda tek¬shirilganda, undagi nerv hujayralari
olti qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan (9- rasm):

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin