Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati


BOSH MIYA Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
NERV SISTEMASI

BOSH MIYA
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha.
Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo'jizadir. Odamning
bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi
hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha
to'qima va a'zolari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini
ta'minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi.
Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo'lib, og'irligi katta
odamda 1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning
aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida
joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog'liq.
Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga
bog'liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya yarim sharlari. Bosh
miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliev ko'prigi (miya ko'prigi), o'rta miya, oraliq miya hamda
miyacha kiradi.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo'lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya
ko'prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq miyaning tashqi
qismi oq rangda bo'lib, unda nerv tolalari joylashgan, ichki qismi kulrang moddadan iborat bo'lib, unda
nerv hujayralari bo'ladi.
Uzunchoq
miya reflektor va o'tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektorlik funksiyasi shundan iboratki,
unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Binobarin,
uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi. Bundan
tashqari, uzunchoq miyadagi nerv markazlarida ko'zni ochib-yumish, ko'z yoshi, aksa urish, yo'talish,
oshqozon-ichakda shira ajralishi kabi funksiyalarni ta'minlaydigan reflekslarning markazlari joylashgan.
Uzunchoq miyaning o'tkazuvchanlik funksiyasi shundan iboratki, u orqa miyadan kelgan impulslarni qabul
qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo'zg'alish impulsini orqa
miyaga o'tkazadi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi uning o'tkazuvchanlik funksiyasi buzilishiga, ya'ni orqa
va bosh miya o'rtasidagi aloqa uzilishiga olib keladi.
Miya ko'prigi
uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o'rta miya, yon tomondan
miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko'prigining tashqi qismi kulrang moddadan
iborat bo'lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo'lib, unda nerv tolalari
joylashgan. Miya ko'prigida uchlik, ko'z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlaming
markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko'prigi reflektor funksiyani bajaradi. Bundan tashqari, xuddi
uzunchoq miyaga o'xshab, miya ko'prigi o'tkazuvchilik funksiyasini ham bajaradi, ya`ni u orqali orqa,
uzunchoq miya nerv impulslaribosh miyaning yuqori qismidagi nerv markazlariga o'tkaziladi. Bu
markazlardagi qo'zg'alish impulslari miya ko'prigi orqali uzunchoq va orqa miyaga o'tkaziladi.
O'rta miya
Varoliy ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda to'rt
tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalarining suv yo'li bo'ladi.
To'rt tepalikning oldingi 2 tasida po'stloq osti ko'rish markazlari,
orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloq osti eshitish markazlari
joylashgan.
O'rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi
ovqatni chaynash va yutish reflekslarini, qo'l barmoqlarining nozik
harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil !ana muskullar
tarangligini ta'minlaydi. O'rta miyada ko'z soqqasini harakatlantiruvchi
va bloksimon nerv markazlari joylashgan.
O'rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko'rsa¬tilgan
funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko'rish, eshitish, ko'z
soqqasini harakatlantirish qobiliyati yo'qoladi. O'rta miyadagi qizil tana
shikastlansa, tana muskullarining tarangligi ortadi, uning harakatlari
qiyinlashadi.
Oraliq miya 
o'rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, bosh
miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy
qismlariga ko'rish do'mboqlari (talamus), do'mboq osti soha (gi
potalamus) kiradi.
Ko'rish do 'mbog 'i
tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda,
ya'ni nerv hujayralari to'plamidan iborat. U po'stloq osti sezgi markazi
hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a'zolari orqali qabul qilingan
barcha tashqi va ichki ta'sir (ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish,
taktil, og'riq, issiq, sovuq va hokazolar) oldin ko'rish do'mbog'i orqali
qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi sezgi
markazlariga o'tkaziladi.Do'mboq osti sohasi (Gipotalamus) ko'rish
do'mbog'ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to'plamidan
iborat. 
Gipotalamusdavegetativ 
nerv 
sistemasining 
markazi
joylashgan bo'lib, u orqali ichki a'zolar funksiyasi, moddalar
almashinuvi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi, och qolish va
to'yish, uyqu, hayajonlanish, kayfiyatning o'zgarishi kabilar
boshqariladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin