Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati


-rasm. Bosh miyaning tashqi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
NERV SISTEMASI

8-rasm. Bosh miyaning tashqi
ko`rinishi:
1-uzunchoq miya; 2-miyacha; 3-
bosh miya yarim sharlarining
ko`rinishi.
birinchi, ya'ni miya po'stlog'ining eng ustki qavati nerv hujayralarining
kalta o'simtalaridan tashkil topgan;
- ikkinchi qavatida donasimon nerv hujayralari joylashgan;
- uchinchi qavatda piramidasimon hujayralar bo'ladi;
- to'rtinchi qavat yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralaridan iborat;
- beshinchi qavatni yirik piramidasimon hujayralar tashkil qiIadi; - eng
pastki, ya'ni oltinchi qavatda duksimon nerv hujayralari
joylashgan.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining
po'stloq sathi funksiyasiga ko'ra uchta zonaga bo'linadi: sezish,
harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam
tanasining barcha sezgi a'zolarining oliy markazi hisoblanadi. Bu
markazlar teri, ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish kabi sezgi a'zolari
retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to'plami
muskullar, paylar, bo'g'imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls
qabul qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi
oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to'qima va
a'zolari bilan nerv yo'liari orqali bog'lanmagan, ular miya po'stlog'ining
turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv markazlarini)
9-rasm. Bosh miya po`stlog`ining mikroskopik tuzilishi:
I-eng ustki qavat, nerv hujayralarining kalta o`simtalaridan
tashkil topgan; II- donodor hujayralar; III-piramidasimon
hujayralar; IV - yulduzsimon hujayralar; V - piramidasimon
yirik hujaylar; VI-duksimon hujayrakar.
10-
rasm. Bosh miya yarim sharlari

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin