Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati


-rasm. Yuqoridagi rasmda tizza refleksi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
NERV SISTEMASI

4-rasm.
Yuqoridagi rasmda tizza refleksi
hosil 
bo`lishi 
tasvrlangan.
Pastki rasmda orqa miyaning
tizza refleksi hosil bo`lishida
ishtirok 
etuvchi 
sezgi 
va
harakatlantiruvchi nerv
4-rasm.
hujayralari 
hamda 
ularning
tolalari ko`rsatilgan.
1-tizza payi; 2-retseptorlar; 3-
sezuvchi nerv tolasi; 4-sezuvchi
nerv 
hujayrasi; 
5-oraliq 
nerv
hujayrasi; 6-harakatlantiruvchi nerv
hujayrasi; 7-harakatlantiruvchi nerv
tolasi; 8-muskul.
Orqa miyaning o'tkazuvchilik funksiyasi. 
Tananing turli joylaridagi retseptorlardan sezuvchi nerv
tolalari orqali orqa miya nerv markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida joylashgan o'tkazuvchi nerv
yo'llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga o'tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo'lgan
qo'zg'alish pastga tushuvchi o'tkazuvchi nerv yo'llari orqali orqa miyaning shunga taalluqli nerv
markazlariga keladi va undan ishchi a'zolarga o'tkaziladi. Shunday qilib, bosh miya bilan orqa miyaning
o'tkazuvchi yo'llari orqali barcha to'qima va organJaming sezish hamda harakatlanish funksiyasi
boshqariladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqoriga ko'tariluvchi va pastga tushuvchi, o'tkazuvchi nerv yo'llari bosh
miyaning pastki qismlarida kesishadi. Bosh miyaning o'ng yarim sharlardagi nerv markazlaridan kelayotgan
nerv tolalari chap tomonga, chap yarim sharniki esa o'ng tomonga o'tadi. Buning natijasida o'ng yarim shar
tananing chap tomonidagi to'qima va hujayralar funksiyasini boshqaradi, chap yarim shar esa o'ng
tomonidagi to'qima va organlar funksiyasini boshqaradi.
5-rasm. Odam tanasi turli
sohalarining orqa miya nervlari
bilan ta`minlanishi.
Orqa miya turli segmentlarining funksiyasi.
Orqa miyaning har qaysi segmentida joylashgan nerv
markazlari (nerv hujayralari to'plami) tananing turli sohalaridagi to'qima va organlarning sezuvchanligini
hamda harakatini ta'minlaydi (5- rasm).
Orqa miyaning bo'yin segmentida joylashgan nerv markazlari tananing bosh sohasidan to ko'krakning 5-
qovurg'asigacha, qo'lning tashqi yuzasi, kaft va barmoqlarning terisi hamda muskullarining sezish va
harakatlanish funksiyasini ta'minlaydi;
- orqa miyaning ko'krak segmentida joylashgan nerv markazlari ko'krak qafasining 5- qovurg'a sohasidan
boshlab, to qovuqqa qadar va qo'ining ichki yuzasi teri va muskullarini hamda
shu sohada joylashgan ichki a 'zolarning sezish va harakatlanish funksiyasini ta'minlaydi;
- orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv. markazlari tananing qovuq sohasidan bosh lab, to
oyoqlarning oldingi yuzasi va oyoq bannoqlarigacha bo'lgan to'qima va organlarning sezish va harakatlanish
funksiyasini boshqaradi;
- orqa miyaning qaysi bir segmentida joylashgan nerv hujayralari va ularning nerv tolalari shikastlansa yoki
kasallansa, o'sha joydagi nerv markazlaridan ta'minlanadigan to'qima va organlarning sezish va
harakatlanish funksiyasi yo'qoladi, shu to'qima yoki muskul falajlanib qoladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin