tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish siyosatini qo‘llab- quvvatlash, masalan, subsidiyalashdan bozor narxlariga o‘tilgandan keyin tiklanadigan energiya manbalari hisobidan olinadigan elektrenergiyani xarid qilish bo‘yicha majburiyatlarga qat’iy rioya etish;

qazib chiqariladigan yoqilg‘idan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan tashqi ta’sirlarni issiqxona gazlari savdosining takomillashtirilgan mexanizmi yordamida bartaraf etish;
ko‘mir iste’molini qisqartirish maqsadida sanoatni, neft mahsulotlari iste’molini kamytirish uchun trasnportni elektrlashtirishni rag‘batlantirish;
ko‘mirda ishlaydigan elektrstansiyalarni qurishni to‘xtatish, samarasiz elektrstansiyalar va ko‘mir konlarini yopish.
3.MDH mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari
MDH mamlakatlarining aksariyati iqtisodiyotning energiya sig‘imkorligi va CO2 gazini atmosferaga chiqarish intensivligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo reytingida birinchi o‘ntalikdan joy olgan
*Energiya sig‘imkorlik ko‘rsatkichi birlamchi energiya iste’molining doimiy narxlarda va valyutaning xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hisoblangan YAIM miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich bir birlik YAIM ishlab chiqarish uchun zarur energiya miqdorini aniqlash imkonini beradi.

**Uglerod sig‘imkorligi ko‘rsatkichi issiqxona gazlari emissiyasining YAIMga nisbati sifatida aniqlanadi.