Belorussiya MDHda Qozog‘istondan keyin “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish to‘g‘risida milliy dastur qabul qilgan mamlakat hisoblanadi. Belorussiya Respublikasining 2020 yilgacha yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi “yashil iqtisodiyot”ni jahon amaliyoti bilan taqqoslash asosida sifat jihatdan baholash imkonini beruvchi dasturdir. Dastur “yashil iqtisodiyot”ning turli sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qirqqa yaqin chora-tadbirlar, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tadbiq etishga yo‘naltirilgan o‘ndan ortiq baholash mezonlarini qamrab oladi.
Milliy rejada “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish borasida quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:
mamlakatda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tadbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlash;