Name of presentaton

Yüklə 16,14 Mb.
səhifə5/11
tarix23.12.2023
ölçüsü16,14 Mb.
#190751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
9-mavzu

Uchinchidan, Xitoyda barqaror rivojlanishni ta’minlashda ijtimoiy (kambag‘allikka qarshi kurash, urbanizatsiya darajasining o‘sishi) komponent yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu yo‘nalishda tug‘ilish va shaharlarga migratsiyani cheklash, sanoatni qishloqlarga olib kirish, tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha jamoat ishlarini joriy etish (ommaviy tarzda o‘rmonzorlar barpo etish) kabi islohotlar amalga oshirildi.

Xitoy jahonda atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarish bo‘yicha yetakchi mamlakat hisoblanadi. 1990-2019 yillarda Xitoyning jahondagi issiqxona gazlari emissiyasidagi ulushi 10,9%dan 28,8%ga qadar, CO2 miqdori esa 4,3 martaga oshdi.

Xitoy amaliyotida “yashil iqtisodiyot”ni rag‘batlantirish va tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

Xitoy amaliyotida “yashil iqtisodiyot”ni rag‘batlantirish va tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

  • Issiqxona gazlari savdosining milliy tizimi.
  • “Yashil moliyalashtirish” mexanizmi.
  • Xalqaro va milliy standartlar tizimi.

Hozirgi vaqtda Xitoyda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan besh yillik rejalari muhokama qilinmoqda. Ushbu rejalarda iqtisodiyot tarmoqlarini “yashillashtirish” masalalari muhim o‘rin egallaydi. Mutaxassislar fikricha, Xitoy “ekologik sivilizatsiya”ni qurishni boshladi va mamlakatda “energetik transformatsiya jarayoni boshlandi, ammo mamlakat uchun energetika inqilobi zarur”. Xitoyning besh yillik rejalarida quyidagilar “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan:

  • mamlakat yalpi ichki mahsulotining energiya sig‘imkorligi darajasini 21%ga va uglerod sig‘imkorligini esa 27%ga pasaytirish;
  • shamol va quyosh energiyasi tannarxining pasayib borayotganligini hisobga olib, tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish sur’atlarini jadallashtirish. Jumladan, besh yillikda 53 GVt quvvatga ega shamol va 58 GVt quyosh elektrstansiyalarini o‘rnatish;

Yüklə 16,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin