Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.
Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.
9-mavzu. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi Reja: 1. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning predmeti va vazifalari 2. Hayvonlar xulq-atvorining psixologik bilimlar tizimidagi o‘rni
3. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
4.Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning rivojlanish tarixi
5. Zoopsixologiyani tadqiqqilishning besh usuli
6. Asab tizimigacha bo‘lgan davr va asab tizimining paydo bo‘lishi
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning predmeti va vazifalari Qiyosiy psixologiya yuqori darajada rivojlangan umurtqalilarni atropogenetik holatlarini o‘rganuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy holati hayvonlarni intellektini o‘rganishdan iboratdir. Ba’zi holatlarda qiyosiy psixologiya fan sifatida emas balki usul sifatida talqin etilishi mumkin. Ba’zi bir olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, Masalan, Vladimir Aleksandrovich Vagner zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e’tirof etgan.
Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o‘rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi.
Qiyosiy psixologiyani predmeti sifatida inson va hayvonlarning holatlarini solishtirishdan iboratdir. Shuning uchun ham qiyosiy psixologiya zoopsixologik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi, inson va hayvonlarning ontogenez va filogenezidagi o‘zgarishlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani funksiyasi sifatida quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Zoopsixologiya fanga nisbatan an’anaviy ishonchsizlik holatlarining mavjudligi. Hayvonlarning psixikasini o‘rganish mumkin emas degan g‘oyalarning mavjudligi. Ilmiy zoopsixologiya hayvonlarning xissiyotlarini o‘rganishdan iborat emas, balki uning vujudga kelishi va evolyusiya natijasida o‘zgarishini o‘rganadi.
Amaliy funksiyalari sifatida hayvonlar psixikasi haqidagi bilimlarni kerakli bo‘lgan sohalarda ishlatishdan iborat, bunda uchta sohani keltirib o‘tishimiz mumkin:
Inson faoliyatining hayotiy va xo‘jalik sohasida;
Inson tomonidan tabiatni himoya qilish sohasida
Rivojlantiruvchi psixoterapevtik maqsadlarda.
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari: