Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya metodlari Zoopsixologiyani o‘rganish metodlari ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
1) empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar;
2) empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar.
Empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlarbu faktik materiallarni tadqiqot predmeti va vazifalari orqali olingan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu metodlar fanning ma’lum bir sohasiga va tadqiqotni ma’lum bir tadqiqiga aloqador hisoblanadi. Zoopsixologiyada bu hayvonlarning xatti-harakatlari o‘rganilsa, qiyosiy psixologiyada inson va hayvonlarning xatti-harakatlari solishtiriladi. Bir-biriga uyqash bo‘lgan fanlar bir-biriga o‘xshash ba’zi bir holatlarda bir xil usullardan foydalanishlari mumkin. Bu zoopsixologiyaga bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa fanlarga, ya’ni fiziologiya, etologiyaga ham tegishlidir. Empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar bu fanlar metodologiyasi hisoblanadi. Bunda fanlarning nazariy holatlari, kelib chiqish vaqtlari nazariy va amaliy ahamiyatlarini o‘rganish mumkin. Tadqiqotning predmeti haqidagi ma’lumotlar albatta nazariy asoslar orqali tahlil qilinadi. Shunday qilib, hayvonlarning xulq-atvorini o‘rganuvchi zoopsixologiya, etologiya va fiziologiya fanlarining ob’yekti bir xil, biroq ularning o‘ziga xos predmetlaribo‘lgani sababli turlicha talqin etilishi kerak bo‘ladi. Psixologiya sub’yekt psixikasining ichki holati bo‘lib, psixik jarayonlarning tuzilishi, funksiyasini; etologiya hayvonlarning turlarini vujudga kelishi va moslashish ahamiyatini, fiziologiya insonlar va hayvonlarning psixikasining ichki mexanizmlarini o‘rganishdan iborat.
Ilmiy tahlil nazariyalari metodlari o‘rganiladi, ular tafakkurning mexanizmlari asosida shakllanadi. Buning uchun albatta fanning metodologiyasi bo‘lishi shart. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya psixologik yondashuvlardan foylanadi, bunda psixikani evolyusion jabhada tahlil qilish mumkin. Evolyusion yondashuvda:evolyusion tizimli yondashuv, faoliyatli yondashuv, madaniy tarixiy, qiyosiy psixologik. Bularning nazariy tahlili keyingi bo‘limlarda ko‘riladi.
Empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya fanida ikki asosiy guruhga bo‘linadi. Kuzatish usuli eksperiment metodi. Har bir usulning qo‘llanish holatlari ma’lumotlarni tahlil qilishga doir holatlar bilan belgilanadi.