Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Hayvonlar xulq-atvorining psixologik bilimlar tizimidagi o‘rni



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə49/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Hayvonlar xulq-atvorining psixologik bilimlar tizimidagi o‘rni
Hayvonlarnipsixologik jihatdan o‘rganish bilan birga, hozirgi kunda hayvonlarni biologik tarzda o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu etologiya sohasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug‘ullanishadi. Etologlar birinchi navbatda hayvonlarning xatti-harakatini ekologik omil asosida o‘rganishadi, bunda hayvonlarni ma’lum bir sharoitlariga moslashish holatlari o‘rganiladi. Bir vaqtning o‘zida etologiya filogenezdagi hayvonlarning xatti-harakatini o‘zgarish holatlarini ham tadqiq etadi. Etologik o‘ziga xoslik asosida albatta hayvonlarning instinktiv xulq-atvorlari yotadi. Dala sharoitida kuzatishlar natijasida etologlar xatti-harakat biologiyasi nazariyasini yaratdilar. Bunda asosiy o‘rinda instinktiv xulq-atvor birlamchi o‘ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga, funksional morfologiyaga, ommaviy ekologiyaga, hayvonlar tizimiga, zoogeografiyaga va boshqa sohalarga katta foyda keltirdilar.
Zoopsixologiya o‘zining sa’y-harakatlarini hayvonlar xulq-atvorini o‘rganishga qaratadi, etologlar esa biologik jihatlarga. Biroq psixik omillarsiz hayvonlarning biologik jihatlarini o‘rganish mumkin emas, va aksincha.
Zoopsixologiyaning fiziologiya bilan aloqasi ham uzviylik mavjud. Ayniqsa neyrofiziologiya, oliy nerv fiziologiyasi bilan.Zoopsixologdan farqli ravishda fiziolog psixik aks ettirish jarayonlarini o‘rganadi. Fiziologik tadqiqotlar xuddi zoopsixologiya kabi o‘tkaziladi, unda xatti-harakatlar tahlil qilinadi va albatta fiziolog oliy nerv faoliyatiga o‘z e’tiborini qaratadi. Uning birlamchi funksiyasi faoliyat tizimlari va a’zolarini o‘rganishdan iborat. Sodir bo‘layotgan holatlarni o‘rganayotgan vaqtda albatta psixik aks ettirishlarni ham kuzatish mumkin, biz organizmni yaxlitligicha idrok qilishimiz zarur bo‘ladi. Biroq fiziologik jarayonlarxatti-harakat shakli, fiziologik mexanizmlarni anglashga yordam beradi, Demak, fiziologik mexanizmlar va alohida jarayonlar orasidagi chegaralarni yo‘qotadi. Shuning uchun ham fiziologiyani o‘rganayotgan vaqtda etologik yoki zoopsixologik nuqtai nazarlar bilan yondashish mumkin emas. Fiziologlarni funksiyasi zoopsixolog va etologlarnikidan farqlidir. YUqoridagi hech bir fan boshqasining o‘rnini bosa olmaydi, ular faqatgina hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Bu yo‘nalishlar orqali hayvonlarni to‘liq tahlil qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin. Hayvonlarni tadqiq qilish asosan laboratoriya sharoitida amalga oshiriladi. Zoopsixologiya fanida hayvonlarningatrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari ham o‘rganiladi. Hayvonlarni o‘rganishda to‘plangan tajribalari asoslangan holda yangi tajriba usullarini ishlab chiqish mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin