Modda sarfi va miqdorini o‘lchash reja



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix21.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#118686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 MODDA SARFI VA MIQDORINI O‘LCHASH



MODDA SARFI VA MIQDORINI O‘LCHASH 
Reja: 
1. 
Asosiy ma’lumotlar va tasnifi. 
2. 
Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar. 
3. 
Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar, o‘zgaruvchan sathli sarf 
o‘lchagichlar. 
4. 
Elektromagnit sarf o‘lchagichlar. 
1- Аsosiy ma’lumotlar va tasnifi 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish 
zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini 
muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining 
qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga 
olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini 
soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-
sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi. 
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini 
o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi. 
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. 
Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda 
sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik 
rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, 
texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va 
rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi. 
Moddaning hajmiy sarfi л/с, м
3
/с, м
3
/соат, massa sarfi esa кг/с, кг/соат, 
т/соат va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan 
ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi 
Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. 
Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va 
hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi 
bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, м
3
) yoki massa (кг, т) birliklarida 


ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi 
bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. 
Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va 
tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, 
bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 
1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas 
sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf 
o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7) 
kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar. 
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘, 
gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi. 
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi 
asosiy guruhlarga bo‘linadi: 
1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari. 
Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va 
asboblar ko‘rib chiqilgan. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin