Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
Usta va Margareta

Konstantin SIMONOV,
«Zvezda» jurnali, 1966 yil 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
3
BIRINCHI QISM
...Kimsan, ayt! 
— Men hargiz yomonlik tilab — 
Yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi
1

Gyote, «Faust».
 
Birinchi bob 
 
HECH QACHON BEGONALAR BILAN GAPLASHMANG
Bahor kunlarining birida, dim oqshom chog‘ida, Moskvadagi Patriarx ko‘li xiyobonida ikki kishi 
paydo bo‘ldi. Ularning biri yozlik kulrang kostyum-shim kiygan, past bo‘yli, miqti gavdali, taqirbosh, 
soqol-mo‘ylovi silliq olingan, ko‘ziga g‘ayritabiiy kattalikdagi qora muguz gardishli ko‘zoynak 
taqqan, hali xiylagina yangi shlyapasini qo‘liga olib olgan edi. Ikkinchisi — jingalak sochi mallarang
katak matodan tikilgan kepkasini ensasiga surib kiygan yag‘rindor yigit — egniga katak ko‘ylak, 
g‘ijimlangan shim, oyog‘iga qora shippak kiygan edi. 
Bu tanishtirganlarimizdan birinchisi Moskvadagi eng yirik adabiy uyushmalardan birida (uning 
qisqartirilgan nomi MASSOLIT edi) pravlenie raisi, ayni paytda bir qalin badiiy jurnalning muharriri 
lavozimida ishlovchi Mixail Aleksandrovich Berlioz, uning yosh hamrohi esa — shoir Ivan 
Nikolaevich Poniryov bo‘lib, u o‘z asarlariga Bezdomniy taxallusi bilan imzo chekardi. 
Bu ikki adib endigina yashil libos kiya boshlagan jo‘kalar soyasidan panoh topishgan zahoti, ola-
bula bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan, tepasiga «Pivo va suvlar» deb yozilgan do‘konchaga otilishdi. 
Darvoqe, may oyining bu mudhish oqshomida yuz bergan birinchi g‘aroyib holni qayd qilib o‘tmoq 
lozimdir. Nafaqat do‘koncha oddida, balki Malaya Bronnaya ko‘chasi bilan yonma-yon cho‘zilgan 
butun xiyobonda bironta ham odam ko‘rinmasdi. Qaqragan tumanga o‘rangan quyosh Moskvani 
misdek qizdirib, Sadovoe koltso orqasiga botayotgan, hattoki nafas olishga ham majol qolmagan bu 
chog‘da, jo‘ka daraxti ostiga biron kimsa kelmadi ham, skameykaga o‘tirmadi ham, butun xiyobon 
bo‘m-bo‘sh edi. 
Narzandan quying, — iltimos qildi Berlioz. 
— Narzan yo‘q, — deb javob berdi sotuvchi ayol, negadir ranjiganday bo‘lib. 
— Pivo bormi? — deb so‘radi Bezdomniy bo‘g‘iq ovoz bilan. 
— Pivo kechqurun keladi, — javob qildi ayol. 
— Nimangiz bor? — so‘radi Berlioz. 
— O‘rik sharbati, lekin 
ILIQ
,
— dedi ayol. 
— Mayli, quying, quying, iliq bo‘lsayam!.. 
O‘rik sharbati stakanni sap-sariq ko‘pik bo‘lib to‘ldirdi, shunda sartaroshxonaning hidi gupillab 
dimoqqa urildi. Sharbat ichgan adiblarni birdan hiqichoq tuta boshladi. Ular sharbat haqini to‘lab, 
Bronnaya ko‘chasiga orqa, hovuzga yuz o‘girib bir skameykaga o‘tirishdi. 
Shu mahal ikkinchi g‘aroyib hodisa yuz berdi — bunisi endi yolg‘iz Berliozga taalluqli edi. Uning 
hiqichoq tutishi birdan to‘xtadi, yuragi bexos dukillab, bir zum qayoqqadir g‘oyib bo‘lganday bo‘ldi, 
keyin yana o‘rniga qaytdi, ammo endi, yuragi o‘tmas igna qadalganday zirqirab og‘rirdi. Bundan 
tashqari, Berliozning vujudini kuchli bir dahshat besabab chulg‘ab oldiki, u shu zahotiyoq bu yerdan 
orqasiga qaramay qochishga jazm qildi. Berlioz, o‘zining nimadan cho‘chiganini bilolmay, parishon 
holda atrofiga alanglab qaradi. Uning rangi quv o‘chdi, ro‘molchasi bilan peshanasini artarkan: «Nima 
bo‘ldi o‘zi menga? Hech bunaqa bo‘lmasdim-ku... yurak chatoq... qattiq charchabman. Hamma ishni 
tashlab, tezroq Kislovodskka jo‘nashim kerak...» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi. 
1
Erkin Vohidov tarjimasi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin