Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
— Tassufki, — deb javob qildi Berlioz, — o‘sha dalillarning birontasi ham hech qanday qiymatga 
ega emas, binobarin, bashariyat allaqachon ularni unutib yuborgan. Axir, aql-zakovat yuzasidan 
olganda, xudoning mavjudligini isbotlaydigan hech qanday dalil bo‘lishi mumkin emas, shunday 
emasmi? 
— Ofarin! — chinqirib yubordi chet ellik. — Ofarin! Siz tinib-tinchimagan qariya Immanuilning bu 
borada aytgan fikrini mukammal takrorladingiz. Lekin qizig‘i shundaki, u beshala dalilni ham 
tamomila barbod qilgan, keyin esa o‘z ustidan kulmoqchi bo‘lganday, shaxsan o‘zi oltinchi dalilni 
kashf etgandi! 
— Kantning dalili ham, — mayin tabassum bilan e’tiroz bildirdi zakovatli muharir, — asossiz. 
Shiller bekor aytmagan edi, Kantning bu masala yuzasidan mulohazalari faqat qullarnigina 
qanoatlantirishi mumkin deb, Shtraus* esa bu dalilni mazax qilib kulgan edi. 
Berlioz gapirarkan, ayni paytda: «Har qalay, bu odam kim bo‘ldiykin? Rus tilida bunchalik yaxshi 
gapirishni qaerdan o‘rgandiykin?» — deb o‘ylardi. 
— Menga qolsa, o‘sha Kantni shu nazariyasi uchun uch yilga Solovkiga* surgun qilardim! — deb 
yubordi birdan Ivan Nikolaevich xuddi tomdan tarasha tushganday. 
— Ivan! — deb pichirladi xijolat bo‘lgan Berlioz. 
Lekin Kantni Solovkiga jo‘natish to‘g‘risidagi taklif chet ellik mehmonni hayratda qodiribgina 
qo‘ymay, hatto uning dilini chog‘ ham qilib yubordi. 
— Juda to‘g‘ri, aynan shunday qilish lozim, — deb chinqirib yubordi u, shunda Berliozga qaragan 
chap ko‘k ko‘zi birdan chaqnab ketdi, — uning joyi o‘sha yer! Ha, o‘shanda nonushta paytida unga: 
«Siz, professor, nima desangiz deng, lekin kashf etgan dalilingiz qovushmayapti! Ehtimol, u oqilona 
dalildir, ammo juda mubham. Sizni mazax qilib kulishlari mumkin», deb aytgan edim-a. 
Berlioz baqrayib qoldi. «Nonushta paytida... Kant bilan gaplashgan?.. Nima deb valdiryapti o‘zi?» 
— deb o‘yladi u. 
— Lekin, — gapida davom etdi chet ellik Berliozning hang-mang bo‘lganiga parvo qilmay, shoirga 
yuzlanarkan, — uni Solovkiga jo‘natishning hech imkoni yo‘q, bunga sabab, u, mana, yuz yildan 
oshdiki, Solovkidan ko‘ra ancha olisroq yerga jo‘natilgan, shu bois uni u yerdan olib chiqish — aslo 
mumkin emas, men sizga aytsam! 
— Attang! — dedi qitmir shoir. 
— Ha, attang! — dedi notanish ajnabiy ko‘zini chaqnatib, so‘ng gapida davom etdi: — Lekin meni 
boshqa masala bezovta qilyapti; agar xudo yo‘q bo‘lsa, unda bashariyat hayotini va umuman, yer 
yuzidagi barcha jonzodlarni kim boshqaryapti, degan savol tug‘iladi. 
Bu, ochig‘ini aytganda, uncha oydin bo‘lmagan savolga Bezdomniy jahl bilan shosha-pisha javob 
qildi: 
— Kim bo‘lardi, insonning o‘zi-da! 
— Kechirasiz, — muloyim ohangda javob qildi notanish kishi, — hayotni boshqarish uchun, hech 
bo‘lmasa, oz muddatlik aniq bir reja bo‘lishi kerak. Vaholanki, atigi biror ming yil muddatga reja 
tuzish u yokda tursin, hatto o‘zining ertangi kuni haqida ham bir nima deyishga ojiz bo‘lgan inson, 
qani, menga ayting-chi, qanday qilib hayotni boshqara olsin. Darhaqiqat, — shunday deb u endi 
Berliozga o‘girildi, — bir tasavvur qilib ko‘ring, chunonchi, siz o‘zgalarni ham, o‘zingizni ham 
boshqara boshladingiz, farmoyishlar bera boshladingiz, umuman, bu ishning havosini ola boshladingiz
lekin birdan... ihi... ihi... o‘pkangiz sarkoma* kasaliga chalinadiyu... — chet ellik go‘yo o‘pka 
sarkomasi unga huzur bag‘ishlaganday mamnun jilmay-di, — ha, sarkoma, — u ko‘zlarini mushuk 
yanglig‘ qisib, bu jarangdor so‘zni yana takrorladi, — shu bilan, boshqaruvchilik faoliyatingiz ham 
tugaydi-qoladi! Endi o‘z taqdiringizdan bo‘lak hech kim sizni qiziqtirmaydi. Xeshlaringiz sizni 
yolg‘on so‘zlar bilan yupatmoqchi bo‘lishadi, siz ahvolning pachavaligini his qilib, avvaliga alloma 
vrachlarga, keyin tovlamachi tabiblarga, hattoki folbinlarga ham zir yugura boshlaysiz. Lekin 
allomalardan ham, tabiblardan ham, folbinlardan ham hech bir naf bo‘lmasligini o‘zingiz yaxshi 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin