Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Shu mahal uning ko‘zi oldida cho‘g‘dek issiq havo quyuqlashib, undan shishadek shaffof, g‘oyat 
antiqa qiyofadagi bir grajdanin vujudga keldi. Uning mushtdakkina boshida jokeylar
*
shapkasi, egnida 
katak-katak matodan bichilgan kalta va o‘zi singari havoyi kamzulcha... Bu grajdanin nihoyatda daroz 
bo‘lsa ham, yelkalari ensiz, o‘zi cho‘pdek oriq, basharasi, e’tibor bering-a, istehzoli edi. 
Berlioz shuncha umr kechirgan bo‘lsa ham g‘aroyibotlarga hech ko‘nika olmasdi. Shu bois, uning 
battar quti o‘chib, ko‘zlari baqrayib qoldi-yu, sarosimada: «Bunaqa bo‘lishi mumkin emas!..» dedi 
ichida. 
Holbuki, ko‘rayotganlari chin edi, tiniq naynov odam, Berliozning ko‘zi oldida, dam o‘ngta, dam 
chapga muallaq chayqalib turardi. 
Shu choq Berliozning vujudini qattiq dahshat qamrab, ko‘zlarini chirt yumib oldi. Keyin, u ko‘zini 
ochgan edi, haligi sarob erib, katak kamzulli sharpa g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, ayni paytda, yuragiga 
botayotgan o‘tmas igna ham vujudidan otilib chiqib ketgan edi. 
— Uff, la’nati! — deb yubordi muharrir, — bilasanmi, Ivan, hozir issiqning taftidan sal bo‘lmasa 
sakta bo‘layozdim! Hatto ko‘zimga har balolar ko‘rina boshladi, — jilmaymoqchi bo‘ldi u, lekin 
ko‘zlaridagi hayajon uchqunlari hamon o‘chmas, qo‘llari ham qaltirashdan to‘xtamasdi. 
Lekin bora-bora uning ko‘ngli taskin topdi; ro‘molchasi bilan yelpindi-da, xiyla dadil ohangda: 
«Xo‘-o‘sh, shunday qilib...» — deb, o‘rik sharbati ichish paytida uzilib qolgan gapini davom ettirdi. 
Gap, keyin ma’lum bo‘lishicha, Iso payg‘ambar to‘g‘risida borayotgan ekan. Masala shundaki, 
muharrir o‘z jurnalining navbatdagi soni uchun dinga qarshi qaratilgan katta doston yozish haqida 
shoirga buyurtma bergan edi. Ivan Nikolaevich o‘sha dostonni juda qisqa muddatda yozib tugatgan, 
ammo, taassufki, doston muharrirni qoniqtirmagan edi. Bezdomniy o‘z dostonidagi asosiy personajni, 
ya’ni Iso payg‘ambarni o‘ta darajada qora bo‘yoqlar bilan tasvirlasa ham, muharrir dostonni qaytadan 
yozish lozim deb turib oldi. Shu bois, u shoirning asosiy xatosini qayd qilish maqsadida, unga Iso 
payg‘ambar to‘g‘risida va’z o‘qiyotgan edi. Ivan Nikolaevichga aynan nima pand berganini — shoir 
iste’dodining tasvirlash quvvasimi, yo o‘zi yozmoqchi bo‘lgan mavzuning unga tamomila 
notanishligimi — aniq aytish mahol, lekin uning asarida Iso, garchi o‘ziga mayl uyg‘otmasa ham, tirik 
personaj sifatida tasvirlangan edi. Berlioz esa shoirga, masala Isoning yaxshi, yomonligida emas, o‘sha 
Isoning umuman shaxs sifatida dunyoda hech qachon bo‘lmaganligida, unga taalluqli gaplar esa, oddiy 
uydirmayu afsona ekanligida, deb isbotlamoqchi bo‘lardi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, muharrir alloma odam edi, binobarin, Iso payg‘ambarning dunyoda 
yashaganligi haqida o‘z kitoblarida lom-mim demagan qadimgi tarixchilardan (masalan, mashhur Filon 
Iskandariy*, benazir ma’rifat sohibi Iosif Flaviylardan) nihoyatda mohirlik bilan dalil keltirardi. Mixail 
Aleksandrovich, o‘zining salmoqli zakovatini namoyish qilib, gap orasida, yana Tatsitning* mashhur 
«Solnomalar»iga to‘xtalib, uning o‘n beshinchi kitobidagi Isoning qatl etilishi bayon qilingan 44-bobni 
ancha keyinroq ilova qilingan soxta bobdan bo‘lak narsa emasligini aytib o‘tdi. 
Muharrir aytayotgan bu gaplarning hammasi shoir uchun yangilik edi, shunga ko‘ra u o‘zining 
ko‘m-ko‘k, sho‘x ko‘zlarini Mixail Aleksandrovichga tikkancha, uning so‘zlarini diqkat bilan 
tinglarkan, ahyon-ahyonda hiqichoq tutib, pichirlagancha o‘rik sharbatini la’natlardi. 
— Sharkda bironta ham din yo‘qki, — derdi Berlioz, — u bokira bibi Maryamning xudoga ko‘zi 
yorigani haqida bayon qilmagan bo‘lsin. Shunga ko‘ra xristianlar ham, o‘zga biron yangilik kashf eta 
olmay, aynan shu sharqona tarzda o‘z Iso payg‘ambarlarini kashf etdilarki, aslida u hech qachon 
yorug‘ dunyoga kelmagan. Dostonda ham asosiy e’tiborni aynan mana shu narsaga qaratmog‘ing kerak 
edi... 
Berliozning baland ovozi bo‘m-bo‘sh xiyobonda jaranglab eshitilardi, u ilm changalzorining eng 
quyuq, xilvat yeriga kirib borgan sari (faqat o‘ta alloma odamgina bunday xilvatgohga beshikast kirib 
borishi mumkin), shoir misrliklarning saxovatli xudosi Samo va Zamin o‘g‘loni Oziris* haqida ham, 
*
Notanishlik belgisi qo‘yilgan so‘zlarga kitob oxirida alifbo tartibida izoh berilgan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin