Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
Bangani chaqirganim va unga boshim og‘riyotganini aytib zorlanganim yaxshi edi», — deb xayolidan 
o‘tkazdi. Shu choq birdan prokuratorning og‘riq boshida «og‘u» degan fikr paydo bo‘ldi-yu, uni 
vasvasaga solib «lip» etib o‘tib ketdi. 
U xira ko‘zlarini mahbusga tikkancha bir oz muddat sukutga tolarkan, kaltak yeyaverib badbashara 
bo‘lib ketgan bu mahbus Yershalaimning ertalabki shafqatsiz quyoshi tig‘ida nima qilib turipdi 
ro‘paramda, hali yana qanday nafi yo‘q savollar berishim kerak unga, deb qiynalib bosh qotirardi. 
— Leviy Matvey dedingmi? — hirqiroq ovoz bilan so‘radi bemor va ko‘zlarini yumdi. 
— Ha, Leviy Matvey, — Pilatning azobini orttiruvchi yangroq ovoz eshitildi. 
— Harholda, nimalar degan eding bozordagi olomonga ibodatxona haqida? 
Jevob qaytarayotgan odamning ovozi Pilatni qattiq iztirobga solib, chakkasiga qoziq bo‘lib 
qoqilayotganday tuyulardi: 
— Kamina, igemon, ibodatxona haqida og‘iz ham ochganim yo‘q, balki ko‘hna imon ma’badi 
vayron bo‘lib, yangi haqiqat ma’badi barpo bo‘ladi, degan edim, xolos. Lo‘nda qilib tushuntirish uchun 
shunday degandim. 
— Nechun sen, sayoq, o‘zing tasavvur qila olmaydigan haqiqat to‘g‘risida bozorda va’z qilib 
odamlarning diliga g‘uluv solding? Haqiqat o‘zi nima? 
Lekin shu zahoti prokuratorning dilidan: «O tangrilarim! Men sud uchun mutlaqo nokerak 
narsalarni so‘rayapman undan... Aqlu farosatim ortiq itoat etmayapti menga...» degan so‘zlar o‘tdi. Shu 
payt uning ko‘ziga yana qora suyuqlik quyilgan qadah ko‘rindi. «Og‘u kerak menga, og‘u!» 
Yana mahbusning ovozi eshitildi. 
— Hozir birinchi navbatdagi haqiqat shuki, sening boshing og‘riyapti, og‘rigandayam nihoyatda 
qattiq og‘riyapti, shu bois sen ruhingni tushirib, o‘lim haqida o‘ylay boshlading. Sen nainki men bilan 
gaplashishga, hatto menga tikilib qarashga ham ojizsan hozir. Binobarin, men beixtiyor sening 
jallodingga aylanmoqdamanki, bu holdan qattiq xijolatdaman. Hozir sen hech narsa to‘g‘risida 
o‘ylashga qodir emassan, shuning uchun ham, faqat o‘z itingni qoshingga kelishini orzu qilyapsanki, 
chamasi, sen dunyoda ixlos qo‘xggan yagona jonzod shu iting bo‘lsa kerak. Lekin hozir azobing ariydi
bosh og‘rig‘ing qoladi. 
Kotib mahbusga baqrayib qolganidan yozuvi chala qoldi. 
Pilat dardli ko‘zlarini zo‘r-bazo‘r mahbusga ko‘targan edi, quyoshning Hippodrom uzra ancha 
baland ko‘tarilganini, uning shu’lasi endi ustunlar orasiga ham tushib, Ieshuaning to‘zgan kafshlari sari 
o‘rmalab kelganini va u o‘zini oftobdan chetga olib qochayotganini ko‘rdi. 
Shunda u kursidan turdi, qo‘llari bilan boshini mahkam siqdi, soqoli olingan za’faron yuzida 
dahshat aks etdi. Lekin u o‘z iroda kuchi bilan bu hissiyotni darhol daf qilib, yana o‘rniga o‘tirdi. 
Mahbus esa bu asnoda gapini davom ettirardi, lekin kotib endi hech nima yozmas, faqat g‘oz kabi 
bo‘ynini cho‘zib, aytilgan har bir so‘zni diqqat bilan ilg‘ab olardi. 
— Ana, hammasi tugadiyam, — dedi mahbus Pilatga xayrixohona boqarkan, — benihoya 
xursandman bundan. Senga, igemon, qasrni vaqtinchalik tark etib, shahar chekkasida, chunonchi, 
Yeleon tepaligidagi bog‘larda piyoda sayr qilishni maslahat berardim. Momaqaldiroq bo‘ladi, — 
mahbus ko‘zlarini qisib quyoshga qaradi, — ho‘ hali, kechga borib. Sayr qilsang o‘zingga yaxshi 
bo‘lardi, men esa bajonidil senga hamroh bo‘lardim. Miyamga ayrim yangi fikrlar keldi, ular seni 
qiziqtirishi mumkin deb o‘ylayman, shu bois sen bilan jon-jon deb fikrlashgan bo‘lardim, boz ustiga, 
sen donishmand odamga o‘xshab ko‘rinyapsan. 
Kotib murdadek oqarib ketib, qo‘lidagi pergamentni tushirib yubordi. 
Hamma balo shundaki, — deb gapida davom etdi bandi — hech kim uning gapirishiga monelik 
qilmayotgan edi, — sen haddan tashqari odamovi bo‘lib qolgansan, odamlarga bo‘lgan ishonchni 
tamomila yo‘qotgansan. Axir o‘zing o‘yla, butun mehru moyillikni bitta itga qaratib kun kechirish 
mumkin emas-ku. Hayoting, igemon, qashshoq, — shu so‘zdan so‘ng u jilmayishga jur’at etdi. 
Kotib endi faqat bir narsa to‘g‘risida: o‘z quloqlarimga ishonsammikin yo ishonmasammikin, deb 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin