Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
nomlanishlari va ularning ma’nolaridan voqif bo‘lamiz. Maqsad Qiyomatning turli-tuman 
nomlarini takrorlashdangina iborat emas, balki u Kunni aql egalariga eslatish. Bilginki, 
Qiyomatning har bitta nomi ostida bir sir yashirin, har bir sifat alohida ma’noga ega. 
Bas, ma’nolarni ilg‘ashga urin! 
Qiyomat kuni (jasadlar tirilib, tik turadigan kun), Hasrat kuni, Nadomat kuni, Hisob 
kuni, So‘ralish kuni, Musobaqa kuni, Munoqasha (bahs-muiozara) kuni, Munofasa 
(raqobatlashuv) kuni, Zilzila kuni, Damdama (momoqaldiroq) kuni, Soika (chaqmoq) 
kuni, Voqea kuni (qyyomat voqe bo‘ladigan kun), Al-Qoria kuni (qalblarni qattiq 
qoquvchi kun), Rojifa kuni (sur birinchi marta chalinib, yerni titratguvchi kun), Rodifa 
kuni (sur ikkinchi marta chalinib, barcha narsaga kdytadan hayot ato etiladigan kun), 
G’oshiya kuni (o‘z dahshati bilan o‘rab oladigan kun), Dohiya (dahshat) kuni, Al-Ozifa 
kuni (yaqin kun), Alhaaqqa kuni (aniq ro‘y beruvchi kun), Tomma (balo) kuni, Soxxa 
(quloqlarni kar qilguvchi dahshatli qichqiriq) kuni,Talaq (muloqot) kuni, Firoq (ajralish) 
kuni, Masaq (haydalish) kuni, Qasos kuni, Nido kuni, Hisob kuni, Qaytish kuni, Azob 
kuni, Qochish kuni, Uchrashuv kuni, Baqo kuni, Qazo kuni, Jazo kuni, Balo kuni, Yig‘i 
kuni, Hashr kuni, Va’id (qo‘rquv) kuni, Namoyish kuni, Amallar tortiladigan kun, Xdq 
kuni, Hukm kuni, Ajralish kuni, Jamlanish kuni, Tirilish kuni, Ochilish kuni, Xorlik kuni, 
Ulug‘ kun, Aqim (tug‘mas, ya’ni ertasi yo‘q ) kun, Asir (og‘ir) kun, Din (jazo) kuni, 
Yaqiyn kuni, Yaushur (tirilish) kuni, Masir (qaytish) kuni... U shunday kunki, kishi o‘z 
og‘a-inisidan, onasi va otasidan, xotini-yu bola-chaqasidan qochadi. U kunda na 
gapiriladi, na tinglanadi, mol ham, bola-chaqa ham foyda bermaydi. Zolimlarning uzri 
o‘tmaydi, ularni faqatgina la’nat va yomon oqibat kutadi. U kunda ko‘zlar qo‘rquvdan 
qotadi, ovozlar o‘chadi,yashirinlar oshkor bo‘ladi. U kun bandalar Mah-shar maydoniga 
xaydaladi, yosh bolalar qarib qoladi, qarilar hushdan ayriladi. 
O’sha kuni tarozilar quriladi, daftarlar ochiladi, jahannam ko‘rinadi, qaynaydi, 
bo‘kiradi, kofirlar noumid bo‘ladi, jahannam olov sachratib yonadi, tillar gung-soqovga 
aylanadi, qo‘l-oyoqlar gapiradi. 
Ey inson! Nima seni «ulug‘ Parvardigoringga ibodat qilmasang ham bo‘laveradi» deb 
aldab qo‘ydi? Eshiklarni yopding, pardalarni tushirding, xaloyikdan bekinding va buzuq 
ishlarga sho‘ng‘iding. Butun a’zolaring senga qarshi guvohlik berganda ahvoling ne 
kechadi? 
Evoh! Bizdek g‘ofillarning ahvoliga voy bo‘lsin, voy bo‘lsin! Alloh taolo bizga mursallar 
sayyidini jo‘natdi, u zotga ochiq-ravshan Kitob nozil etdi, Qiyomatning dahshatlaridan 
xabar berdi. Keyin bizga g‘aflatda ekani-mizni bildirdi: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin