Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«Yer (ya’ni mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishdi; kitob-nomai



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«Yer (ya’ni mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishdi; kitob-nomai 
a’mol (hisob-kitob uchun hozirlab) qo‘yildi; payg‘ambarlar va guvohlar keltirildi 
va ularning (ya’ni barcha bandalarning) o‘rtalarida (birontalariga) zulm 
qilinmagan holda xaq bilan hukm qilindi» (Zumar, 69-oyat). 
Endi har bir banda Yaratuvchisi oldida yuzma-yuz hisob berishga shak-shubhasiz 
ishonadi. Ulardan har biri go‘yo: Allohdan o‘zgasi meni ko‘rmayapti, Allohning oldida 
yolg‘iz o‘zim savolga tortilyapman, deb o‘ylaydi. 
O’sha payt Alloh taolo: «Ey Jibril, do‘zaxni keltir!» dyoydi. Jibril do‘zaxga yaqinlashib: 
«Ey jahannam! Yaratuvching va Xojang — Allohning amriga javob ber» deydi. Jibril 
daf’atan do‘zaxning qahru g‘azabga to‘layotganiga guvoh bo‘ladi. Jahannam quturib, 
qaynaydi, «chars-chars» yonib, osiylarni qa’riga chorlaydi, xaloyiq do‘zaxning g‘azabli 
bo‘kirigini eshitadi. Jahannam qo‘rikchilari Allohning amriga bo‘ysunmagan osiylarga 
qahr bilan tashlanadilar. 
Jahannam o‘tidan yuz o‘girib qochmoqchi bo‘layotgan, borlig‘i qo‘rquv va daxshatga 
to‘lib, tiz cho‘kkan ko‘yi yikilayotgan xaloyiqni bir ko‘z oldingga keltir, ularning axvolini 
bir chin ko‘ngildan his qilib ko‘r: 
«(U Kunda) barcha ummatni (daxshat va iztirobla) tiz cho‘kkan holda 
ko‘rursiz...» (Josiya, 28-oyat). 
Ba’zilar yuzlari bilan yiqiladi, osiy va zolimlar shovqin-suron solib bo‘kiradi, siddiqlar 
«nafsim, nafsim» deya o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘ladi. 
Shu payt xaloyiqqa jahannamning ikkinchi o‘kirigi eshitiladi. Odamlarning qo‘rqinchi 
yanada oshib, quvvatdan qoladilar, «ana endi biz ketdik» deb o‘ylaydilar. So‘ngra 
jahannam uchinchi marta o‘kiradi, xaloyiq xadik to‘la nigoh bilan atrofga boqqancha 
jahannamga yuz tuban qulaydi. Zolimlarning qalblari qaynab, bo‘g‘ziga tiqiladi. Saodat 
ahli ham, shaqovat ahli ham bu dahshatlardan o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadi. 
Shundan so‘ng Alloh taolo payg‘ambarlariga qarata: «Ne deb javob berasiz?» deydi. 
Hatto payg‘ambarlarga nisbatan qilinayotgan bu siyosatni ko‘rgan osiylarning qo‘rqinchi 
yanada ortadi. Ota bolasidan, aka ukasidan, er xotinidan qochadi. Har biri takdiri ne 
bo‘lishini bilmaydi, faqat kutadi, kutadi... 
Keyin ular bittama-bitta ushlanib, so‘roqqa tutiladi. Alloh taolo ularning ozu ko‘p, 
ochig‘u yashirin amallarini hisob-kitob qiladi. Ko‘zu quloq, ko‘lu oyoq, barcha a’zolari 
guvohlikka o‘tadi. 
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Sahobalar: 
— Ey Allohning rasuli! Qiyomat kuni biz Parvardigo-rimizni ko‘ramizmi? deyishdi. 
— Havo ochiq, bulutsiz, qoq kunduz kuni quyoshni ko‘rishingizga biron narsa xalaqit 
beradimi? -so‘radi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan. 
— Yo‘q, deyishdi sahobalar. 
— Oy to‘lishib, osmon charog‘on bo‘lgan kechada oyni ko‘rishingizga biron narsa 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin