Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
— Bu ayol o‘g‘liga qancha raxmdil bo‘lsa, Alloh taolo sizga undanda rahmliroqdir! 
(Buxoriy rivoyati). 
Bu xabarlarning barchasi Alloh taolo raxmatishshg cheksizlig‘iga dalolat qiladi. 
Najotga xaqlimiz, degan da’vodan yiroqmiz, holimiz ma’lum. Hisob kunida bu 
holimizga muvofiq muomala qilinmasligini marhamati keng Parvardigorimizning fazlidan 
umid qilamiz. 
Ollohim! Xalqingni tafovutli qilib yaratding. Yaratishingdan oldin ularni tanlading. 
Kimnidir badbaxt etding, kimnidir saodatmand! Kimnidir adashgan qilding, kimnidir 
to‘g‘ri yo‘lda! Gunohlarim tufayli meni badbaxtlar toifasidan qilma. 
Ollohim! Xar bir jonni yaratishdan oldin uning amallarini bilguvchi Zotsan. Sen bilgan 
narsadan hech bandang kochib kutula olmaydi! Meni o‘zingga itoat qiladiganlar 
jumlasidan ayla. 
Ollohim! Bandalaring harakatini O’zing taqdir etding. Biron narsa sening izningsiz 
xarakatdana olmas. Xarakatlarimga taqvoni asos qil. 
Ollohim! Yaxshilikni va yomonlikni yaratding. Yaxshilik va yomonlik qilguvchini ham 
yaratgan O’zing. Bas, meni yaxshilik qilguvchilar jumlasidan ayla. 
Ollohim! Jannat va do‘zaxni yaratding. Jannat va do‘zax ahlini yaratgan ham O’zing. 
Bas, meni jannat ahlidan qil. 
Ollohim! Qaysi bir qavmga zalolatni yor etding, ko‘kragini tangu tor etding. Bas, 
mening ko‘ksimni iymon uchun och, qalbimni iymon bilan ziynatla. 
Ollohim! Ishlarning tadbirini etguvchi O’zingsaya. Natijani ham belgilovchi O’zing. 
O’limdan so‘ng meni go‘zal hayot bilan tiriltir va O’zingga yaqin et. 
Ollohim! Kimki kunduzi va kechasini Sendan o‘zgaga ishonch va umid bog‘lab 
o‘tkazsa, ziyondadir. Ollohim, O’zing mening ishonchim va umidimsan. Mutloq kuch va 
qudrat O’zinggagina xosdir. 
www.ziyouz.com
2008 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin