Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
anorlarining kattaligi chelakday. Daryolarida turib qolmagan musaffo suvlar, ta’mi 
o‘zgarmaydigan totli sutlar, suzib olingan toza asallar oqadi. Bu asalning suzib 
oluvchilari inson emas. Jannat daryolarida ichganlarga lazzat beruvchi shunda maylar 
oqadiki, ular aqlni zoyil qilmaydi, boshni og‘ritmaydi. Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq 
eshitmagan, xotirga kelmagan ne’matlar bor. Jannat ahli shu ne’matlarga sa-zovor 
podshohlardir. Ularning barchasi o‘ttiz uch yoshidadir. Bo‘ylari oltmish ziro’, ko‘zlari 
surmali, yuzlari va badanlari tuksiz, azobdan omonda, jannat diyorida xotir-jamdirlar. 
Jannat daryolari yoqut va zabarjadlar sochilgan yerlardan okar. Jannat xurmolari
bog‘lari marjondan, mevalari nimadan ekanini bir Alloh biladi. Ularning bo‘ylari besh yuz 
yillik masofadan taraladi. Jannat ahli uchun jannatda otlar va tezyurar tuyalar bor. 
Tuyalarning egarlari yoqutdan. Jannat ahli bir-birini ziyorat qilishadi. Ularning zavjalari 
go‘yo yashirib qo‘yilgan (oppoq) tuxumdek (zahalanmagan) ohu ko‘z hurlardir. Jan-nat 
ayoli yetmishta hullani ikki barmog‘i bilan ushlab kiyadi. Yetmish qavat xulla ostidal ham 
ularyaing suyagidagi iligi ko‘rinadi. Alloh taolo jannat ahlining ahloqini yomonlik, 
jasadlarni o‘lim kabi nuqsondan poklagandir. Ular jannatda burun qoqmas, bavl qilmas
hojatga chiqmaslar. Balki ular kekiradi va terlaydilar. Terlari mushkdandir. Ular uchun 
jannatda ertayu kech rizq bor. Kunduz kechani, kecha kunduzni quvmaydi. Jannatga eng 
so‘ng kirgan va eng quyi darajani egallagan kishining mulki yuz yillik masofa qadar 
cho‘ziladi. U oltin va kumushdan bo‘lgan qasrlarda, marjon chodirlarda karor topadi. 
Uning nazari kengayib, jannatning eng uzoq joylarini ham yaqinni ko‘rgandek ko‘radi. 
Jannat ahliga oltindan bo‘lgan stmshp ming laganda nonushta, kechqurun ham 
shuncha nonushta ato qilinur. Har bir laganning rangi o‘zgacha. Avvalgi yeganida totgan 
toti, keyin-gisida yo‘qolmaydi. Jannatda shunday bir yoqut borki, uning ichida yetmish 
ming xovli, har hovlida yetmish ming uy bo‘lib, u uylarda na bir teshik va na bir yoriq 
bor». 
Mujohid aytadi: «Jannat ahlining eng quyi darajasidagi kishi o‘ziga berilgan mulkda 
ming yil yuradi. Mulkining eng chekka joylarini yaqin joylarini ko‘rgandek ko‘radi. Jannat 
ahlining eng yuqori darajasiga yetgan kishi ertalab va kechqurun Parvardigoriniig 
jamoliga nazar soladi». 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Jannatda «Al-iyna» deb nomlanmish xurlar 
bor. Ular yursa, o‘ng va chap tomonlarida yetmish ming xodima bo‘ladi. U hur: 
«Yaxshilik-ka buyurib, yomonlikdan qaytarganlar qaerda? deya chaqiradi. 
Yahyo ibn Muoz deydi: «Dunyoni tark qilish og‘ir, jannatni boy berish undanda og‘ir! 
Dunyoni tark qilish oxiratning mahridir». Yana aytadi: «Dunyo talabida bo‘lish-jonlarning 
zillati, oxirat talabida bo‘lish jonlarning izzatidir». 
Ajab, voajab! Axir, yo‘qolib ketadigan o‘tkinchi narsa talabida xorlikni ixtiyor qilgan, 
baqo talabida erigailadigan izzatni tark etgan kishiga qanday ajablanmaslik mumkin?! 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin