Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. 
Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz 
o‘girguvchidirlar. Ularga Parvardigorlari tomonidan biron yangi eslatma-oyat 
kelar ekan, albatta uni masxara qilib, dillari g‘ofil bo‘lgan hollarida tingladilar» 
(Anbiyo,1-2-oyatlar). 
So‘ngra bizni Qiyomatning yaqin qolganidan ogoh etdi: 
«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi» (Qamar,1-oyat). 
«Chunki ular u (Kun) ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini 
bilurmiz!» (Maorij, 6-7-oyatlar). 
«Odamlar sizdan (Qiyoiat) soati (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. «U 
(soatni) bilish yolg‘iz Allohning huzuridadir» deb ayting. Qaerdan bilursiz, 
ehtimol u soat yaqin kelib qolgandir» (Ahzob, 63-oyat). 
Keyin bizning eng go‘zal holatimiz — Qur’on o‘qish va uning ma’nolarini fahm 
etmaslikdan iborat bo‘ldi. Ha, biz Qiyomat kunining sifatlari va nomlari nima uchun ko‘p 
zikr etilgani xususida o‘ylamadik, u Kunning dahshatla-ridan xalos bo‘lish uchun xozirlik 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
ko‘rmadik. 
Allohim! O’zing 6u g‘aflatdan bizni asra, marhamatingni keng qilmasang, holimiz 
xarob. 
So‘ralish 
Ey miskin, fikr et! Ushbu holatlardan so‘ng sen bilan tarjimonsiz, bevosita hisob-kitob 
boshlanadi. Eng mayda, arzimas deb bilganlaringdan tortib, eng katta deb hisoblagan 
narsalaringgacha birma-bir hisob berasan. Qayg‘u va kulfatlar ichra, xijolat terlariga 
g‘arq bo‘lib turganingda osmon qavatlaridan ulkan va bahaybat farishtalar tu-shadi. 
Ularga gunohkorlarning peshona sochidan ushlab, ulug‘ va qudratli Zotning huzuriga olib 
kelish buyurilgan... 
Tasavvur et: o‘sha farishtalar seni ushlab, hisob-kitob uchun Rabbingning huzuriga 
eltyapti. Farishtalar ptunchalik ulkan va bakuvvat bo‘lishiga qaramasdan u Kunning 
dahshatidan shikasta, bandalarga yog‘dirilayotgan qahru g‘azabdan qo‘rquvda, sening 
holing ne kechadi? 
Farishtalar yerga tushar ekan, ularning siquvga olishidan qo‘rqib, yerga yuzlari bilan 
yiqilmagan biron payg‘ambar, biron siddiq, biron solih kishi qolmaydi. Bu Allohga yaqin 
bo‘lgan — muqarrab bandalarning holi! Bo‘g‘zigacha gunohga botgan osiylarning ahvoli 
qanday bo‘ladi?! Farishtalarning ko‘kdan inishidagi haybatni ko‘rib, qo‘rquvdan shoshib 
qolgan bir qavm ulardan: «Rabbimiz sizlarning orangizdami?» deb so‘rashadi. Farishtalar 
o‘zlarini yaratgan zot qanday qilib ularning orasida bo‘lishi mumkin, degan vahm ichra 
bu savolning xatoligidan dahshatga tushishadi va darhol: «Parvardigorimiz sizlar gumon 
qilayotgan narsadan pok. U Zot bizning oramizda emas, lekin albatta hozir bo‘lur!» deya 
ovozlari boricha nido qilishadi. 
So‘ngra safsaf bo‘lib turgan farishtalar xaloyiqni o‘rab olishadi. Bu Kunning 
haybatidan ularning yuzlarida ko‘rquv va siniqlik hukmron. 
Alloh taolo dedi: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin