Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


Qurulish sohasida qo‘llanadigan terminlar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə34/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Qurulish sohasida qo‘llanadigan terminlar
G’isht – Nainki g’isht terish, mardikorlikka ham tayyor edi.
Ketmon, kurak – Shu kuni tong saharda bo’zchining olti nafar odami ketmon-u kurak ko’tarib, qal’aning orqa devorlari ostidan ikki joyini kovlab, borid to’kib, piltalarni ulab qo’yishgan edi. ( Me’mor romani 174-bet )
Tosh, pishgan g’isht, quvur – Bozor ichi shunchaklik ozoda va ko’rkamki, tog’dan yo’ndirib kelinib yotqizilgan toshlar ko’cha-yu bozor sahnini loy-changdan asrar, pishgan g’ishtdan ishlangan ariqlar har qancha suvlarni maxsus quvurlar orqaliyetkazib turardi. (Me’mor romani 25-bet)
Ganchxok – Barvaqt kelib, ganchxok qorayotgan shogirdi Zavrak Nishopuriyga yuzlandi. (me’mor romani 19-bet)
Belkurak – Zavrak Me’mor yuzidagi g’ayri odatiy bir holni ko’rib, qo’lidagi belkurakni yerga qo’ydi. (Me’mor romani 19-bet)
Tesha, bolta, tamba, yog’och – U yugurib borib uydan teshami, bolta olib kelishga ham sabri chidamay kiraverish eshikka tirab qo’yilgan tanba yog’och bilan bir necha bor urib, ichkari eshikni ham qulatdi. (Me’mor romani 434-bet)
Pishiq g’isht, oq marmar – Pishiq g’ishtdan ko’rkam qilib ishlanhgan do’konlar oldida xaridor-u dam oluvchilar uchun oq marmar toshlardan kursilar qo’yilgan. ( Me’mor romani 21- bet ) va yana bir qancha Me’mor romanidan olgan terminlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.


Bob bo‘yicha xulosa
Mashhur adib Mirmuhsin yoshligidan kulolchilk bilan shug‘ullanganligi bois “Me`mor “ romanida kullolar ish faoliyatini jamiyat hayoti bilan bog‘liq ravishda tasvirlab berishga harakat qilgan.U mazkur asarida kulolchilikka doir ko‘plab terminlarning o‘z va ko‘chma ma`noda qo‘llanish jarayonlaridan mohirlik bilan foydalangan. Shu patgacha biror ijodkor asarlarida qo‘llangan terminlari tadqiqiga doir biror ilmiy ish yuzaga kelmagan. Shu bois ham Mirmuhsinning “Me`mor” asarida qo‘llangan terminlarini tahlil qilsh muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktab va oliy ta’lim tizimidagi darsliklarida leksikologiya, xususan, kasb-hunar leksikasi haqida ma`lumotlar berilgan.
So‘z uning atash ma’nosi, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, so‘zning bir va ko‘p ma’noliligi, ma’no ko‘chishlari (metafora, snekdoxa, metonimya, vazifadoshlik), so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (omonimlar, sinonimlar, paronimlar, uyadosh so‘zlar) kabilarni nutq jarayonida qay darajad qo‘llanishini o‘quvchilarga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarga “Leksikologiya” doir ma`lumotlarni berish jarayonida o‘quvchilar so‘z boyligini qay tarzda oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud adabiyotlarda termin va kasb-hunar leksikasi nima ekanligi, terminlar qanday turlarga bo‘linishi, kasb-hunarga oid terminlar nima ekanligi to‘laqonli yoritib berilgan.

XULOSA
Umuman olganda, terminalogik tizmlar boshqa til tizmlaridan farqli ravishda ilmiy tushunchalarni tasniflash, sistemalashashtirish va belgilash jarayonida yuzaga keladi. Terminologiyaning tizimli ekanligini til doirasidan chiqmay turib asoslab bo‘lmaydi. Terminologiyadagi tizimlilik, birinchi navbatda, ilmiy bilimning o‘zi tizimli ekanligi va iyerarxik tarzda tuzilganligi bilan aloqador.
Terminologiya va kasb-hunar leksikasi bir-biriga vazifa va ma`no jihatdan yaqin bo‘lib, kasb-hunar leksikasi ko‘proq hudud shevalari bilan bog‘liq tazda yuzaga keladi, -degan xulosaga keldik.
Biror ijodkor asarlarida qo‘llangan terminlari tadqiqiga doir biror ilmiy ish yuzaga kelmagan. Shu bois ham Mirmuhsinning “Me`mor” asarida qo‘llangan terminlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Adib Mirmuhsining “Me`mor” asarida qollangan millliy hunarmandchilik terminlari o‘ziga xos tarzda qo‘llangan bo‘lib, hozirgi yosh avlod uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot obyekti bo‘lgan millliy hunarmandchilik terminlari asosan to‘rt xil usul bilan yasalgan: semantik, affiksatsiya, kompozitsiya hamda birikma yordamida.
Nafaqat adib asarlarida, balki humarmandchilik terminologiyasida eng faol affikslar yordamida termin yasash hisoblanadi.
Shunigdek semantik, morfologik hamda birikmalar yordamida ham so‘zlar kabi terminlar ham yasalishi olib borgan kuzatishlarimizda ma`lum bo‘ldi. Ayniqsa bular ichida so‘z turkulariga xos qoliplarda yasalgan birikmali terminlar hosil qilish ancha faolligi ham ma`lum bo‘ldi.
Biz ushbu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, leksikologiyada o‘rganiladigan mavzusini o‘qitish jarayonida tildagi barcha so‘zlarni o‘quvchilar ongida ma’lum mazmun jihatidan birlashtirishi haqida ma’lumot berish bilan birgalikda bu so‘zlardan nutq jarayonida ulardan unumli va o‘z o‘rnida foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi va rivojlantiradi.
Umuman olganda, biz mazkur tadqiqotimiz orqali terminologiya tizimiga oid tadqiqot ishlarida muallif terminologiyasi degan terminologiyaning yangi bir yo‘nalishi haqida mulohaza yuritishga harakat qildik.
Ishning yakuniy xulosasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida keltirib o‘tilgan terminologiya borasida ilmiy ish olib borgan olimlarimizning fikrlariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsak, olimlar bu tushunchalar o‘rtasidagi prinsipal farqini terminlar majmuini tartibga solingan yoki solinmagan, deya belgilashmoqda. Boshqacha qilib aytganda, terminalogiyaning terminologik tizimga aylanishida uning tartibga solinganlik omili muhum ahamiyat kasb etadi. Terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir. Terminologiyani tartibga solishning samaradorligi terminlar bevosita qo‘llanadigan quyidagi holatlarda yaqqol ko‘rinadi: kasbiy ta’limni to‘g‘ri tashkil etishda, ishlab chiqarish amaliyotida bo‘ladigan og‘zaki muomalada, ilmiy va ishlab chiqarish jarayonlaridagi o‘zaro yozishmalarda, matbaachilikda, chet el adabiyotlarini tarjima qilishda. Til faqat o‘z termin elementlar hisobiga terminalogiyasini qura olmaydi. Til qurilish jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o‘zi umuman mavjud emas. Har doim boshqa tillardan termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bu jarayondan chekinish mumkun emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlarni suniy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini oqlayvermaydi, Bunday holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan foydalanish va bunda termin ifodalash lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati bilan termin o‘rtasidagi munosiblikni saqlashga e’tiborni qaratish lozim. Ko‘p hollarda ba’zi tushunchalarni ifodalovchi terminlar iste’molda mavjud bo‘lmaydi, natijada bunday tushunchalar o‘ta muhum va ahmiyatli bo‘lishiga qaramasdan. Keng tarqalish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarning ayrimlari o‘zbek tili terminologiyasida ham mavjuddir. Xususan, tilimizda ayni bir termini birdan ortiq tushuncha uchun qo‘llash, bir tushunchaning turli terminlar bilan atash, variantlilikning mavjudligi, rus tili va u orqali Yevropa tillaridan o‘zlashtirilgan terminlarning tushuncha mohiyati to‘g‘ri aks ettira olmasligi, bir tushunchani ifodalovchi terminlarning noqulayligi sabab bo‘luvchi ko‘p komponentlilik holatining mavjudligi, xorijiy terminlarning keragidan ortiq darajada qollanilishi, ayrim terminlarning yozilishidagi har xillik kabi terminoligiyaning yetakchi tendensiyasiga zid keluvchi holatlar ko‘plab uchraydi. O‘zbek terminologiyasidagi bunday salbiy holatlarning mavjudligi bu borada hali ko‘p ishlar qilinishi lozimligidan dalolat beradi. Ishimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida leksikologiyani o‘qitish tizimiga ham to‘xtalib o‘tganmiz. Bunda umuman leksikalogiyada so‘zning borliqdagi atash ma’nosi, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’noso, so‘zning bir va ko‘p ma’noliligi. So‘zlarning metafora, metanimya, snekdoxa, vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishlari. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari kabilar yoritib berilgan. Dissertatsiyamizning asosiy obyekti va predmeti bo‘lgan Mirmuhsinning “Me’mor” romani hisoblanadi. Ishimizda bu asardan olgan terminlarimiz ustida sih olib borganmiz. Bu asardan to‘plangan terminlarimizni ishimizning ikkinchi bobida berganmiz bunda to‘plangan terminlarimizni yasalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lib chiqqanmiz. Ya’ni terminlarni semantik usul bilan yasalgan terminlarga, affiksatsiya usuli bilan yasalgan terminlarga, kompazitsiya usuli bilan yasalgan terminlarga bo‘lib o‘rganganmiz. Yana bu asardan to‘plagan terminlarimizni bir qancha guruhlaga bo‘lib o‘rganishga harakat qildik ishimizning uchinchi bobida. To‘plagan terminlarimizni qurulish sohasiga oid terminlarga, savdogarlik sohasiga oid terminlarga, biror kasb bilan shug‘ullanuvchi terminlarga, saroy xizmatchilariga oid terminlarga bo‘lib o‘rganishga harakat qildik. Umumiy xulosaga keladigan bo‘lsak badiiy asar teminalogiyasi ustida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, lekin Mirmuhsinning “Me’mor” romani terminalogiyasi ustida hali hech kim ish olib bormaganligi dissertatsiyamizning tamomila yangiligi hisoblanadi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin