Jarroh – U otasi tepasida turgan jarroh-u tabibga ko’z tashlab, keyin ichkariga, o’z xonasiga kirdi. (Me’mor romani 7- bet)
Kulol – Faqat “G’avvos Muhammadga ayting, koshinlarni olib kelish payti yetdi. Kulol Abutolib bilan Vasiyatiddinlarga lojuvard xoki, qo’rg’oshin, g’ilvata, luk yetkazib bermoqlik kerak“ , dedi. (Me’mor romani 20- bet)
Jallod –Bu voqea Yusuf Andugoniyga qancha tashvish solib, o’rtaga Boysunqor Mirzo tushib, o’g’lini zo’rg’a jallod qo’lidan ajratib qolgan. (Me’mor romani 29-bet)
Usta – Usta Nusrat o’ylanib qoldi; bu bolaning xayoli joyida emas, uning yuragida bir sir-u asror bor… (Me’mor romani 37-bet)
Kimyogar –Bizlar yasayotgan koshinning lojuvard bo’yog’ini kimyogar Muhammad Sabzavoriy tayyorlab berganlar. (Me’mor romani 71- bet)
Darvozabon – Hirot darvozalariga darvozabonlardan tashqari yana otliq sarbozlar qo’ydi. (Me’mor romani 102-bet)
Sirchi – Bundan buyog’i – sirchilarga, koshinpazlarga yordam qilish; ko’pi ketib ozi qolgan. (Me’mor romani 106-bet)
Xattot – Buning ustiga, yaqinda tengqurlaridan xattot Abdurazoq Mashhadiyning vafoti safiga tushgan kuchli bir zarba edi. (Me’mor romani 130-bet)
Kaptarboz –Hirotlik kaptarbozlar o’n till va qimmatbaho sarupo berishni buyurdi. (Me’mor romani 126-bet)
Qo’chqarboz - “Kalla yulishib“ degani ochiqdan-ochiq qo’chqorboz Xudododbekka ishora edi. (Me’mor romani 159-bet)
Chavandoz – Oradan ko’p o’tmay Badia egar qoshidan ushlab otiga yengilgina mindi-da, uloqqa tayyorgarlik ko’rib, chopib yurgan chavandozlar to’pi sari uchib ketdi. (Memor romani 164-bet)
Qaroqchi –Qaroqchi Badianing iziga ehtimol shaharda tushgandir. (Memor romani 166- bet)
Hammol – Bozor-u kappon, kosib-u hammollar bitta qolmay g’alayonga qo’shilib ketdi. (Me’mor romani 174-bet)
Kirakash – Kirakashlarga ikki barobar ortiq haq to’lanib, yo’lni yaxshi biladigan odam tanlandi. (Me’mor romani 200-bet)