Atamalar.Fan-texnika, san’atga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo‘llanadigan terminlarning jami terminologik leksika deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir.
Terminlar qo‘llanilishiga ko‘ra ilmiy terminlar va kasbiy terminlarga bo‘linadi. Masalan: masshtab, litosfera, azimut – geografiyaga oid terminlar; mum, poshna, yelim – etikdo‘zlikka oid terminlar. Ilmiy terminlar m’lum fanga oid terminlar hisoblanadi. Maktab darsiligida har bir fanga oid terminlar keltirilgan.
Internetga oid terminlar:telegram, instagram, feezbuk, vatsap, shu kabi juda ko‘plab terminlarni keltirishimiz mumkin.
Aniq fanlarga oid terminlar, ijtimoiy gumanitarga oid terminlar kabi kasb-hunar terminlar o‘rganiladi.
So‘zning tovush va ma’no tomoni bor. Lekin har qanday tovush yig‘indisi so‘z bo‘lavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi so‘z bo‘lish uchun ma’noga ega bo‘lishi, ya’ni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki bir-biriga anglatishi kerak. So‘z ma’nosida umumiylik va yakkalikning, barqarorlik va o‘zgaruvchanlikning dialektik o‘zaro munosabati aks etadi. Ma’noning barqarorligi o‘zaro tushinishni qulaylashtirsa uning o‘zgaruvchanligi (so‘zning aniq, bir ma’nosidagi o‘zgarishlar) so‘zdan borliqdagi yangi tushincha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy so‘z san’atining muhim omillaridan sannaladi. So‘zning ko‘p ma’noliligi ham aynan ma’noning o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq. So‘zlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati so‘z ma’nosining so‘zlovchi his-tuyg‘usini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsianal jihatni tashkil etadi. So‘z tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim so‘zning grammatik belgilariga (so‘z turkumlari), so‘z yasalish aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar,antonimlar) asoslanadi.
Bulardan tashqari, lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan, lekin o‘z tovush qobig‘iga, o‘ziga xos ma’no, vazifasiga ega bo‘lgan, shu bilan birga so‘z yasash yoki so‘z shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham so‘z deb yuritiladi. Bular yordamchi so‘zlar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid so‘zlar (miyov, dukur-dukur, yalt-yult) va modal so‘zlar (shubhasiz, demak,ehtimol)dir
Ma’lumki, xalqaro sohalardagi qo‘llaniladigan terminologiyalarga bag‘ishlangan ishlarning deyarli barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan definitsiyaga ega bo‘lgan va asosan, nominativ funksiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. Keyingi paytlarda qaysi so‘z turkumlarini termin deb hisoblash borasida munozara yuzaga kelgan.