Me’mor – Suiqqasdga aloqador hisoblanib, hibsga olinganlar ichida mashhur me’mor Najmiddin Buxoriyning o‘g‘li Nizomiddin ham bor edi. (Me’mor romani, 7-bet)
Jarroh – U otasi tepasida turgan jarroh-u tabibga ko‘z tashlab, keyin ichkariga, o‘z xonasiga kirdi. (Me’mor romani 7- bet)
Navkar – Juma kuni yarim tunda me’mor Najmiddin Buxoriy hovlisiga bostirib kirgan qurol-yarog‘li navkarlar uxlab yotgan Nizomiddinni turg‘izib, darhol qo‘llarini orqasiga bog‘lashdi. (Me’mor romani, 9-bet).
Muhandis – Garchi Xudodbek bilan Nizomiddin tolibi ilm bo‘lmasalar, muhandis-u me’morchilikka ishtiyoq qo‘ymagan bo‘lsalar ham, har qalay o‘zlariga xos bir xizmat topurlar, deb o‘ylardi. (Me’mor romani, 16-bet)
Kulol – Faqat “G‘avvos Muhammadga ayting, koshinlarni olib kelish payti yetdi. Kulol Abutolib bilan Vasiyatiddinlarga lojuvard xoki, qo‘rg‘oshin, g‘ilvata, luk yetkazib bermoqlik kerak“, dedi. (Me’mor romani, 20- bet)
Sarbador - Ikkilamchi, sarbadorlardan ko‘za ham, hozirgi paytda xavfli bo‘lgan hurufiyalar podshoh saltanatining ichidagi asosiy dushmani hisoblanadi.
(Me’mor romani, 23-bet).
Munajjim –Ofarin! Munajjimlar ko‘ziga “alif“ tortmoq bir tomonda, shahvoniy hirs bir tomonda! (Me’mor romani, 124-bet)
Xattot – Buning ustiga, yaqinda tengqurlaridan xattot Abdurazoq Mashhadiyning vafoti safiga tushgan kuchli bir zarba edi. (Me’mor romani 130-bet).
Kosib, dehqon –Uning aytishicha, Manmana begi amirzodalar urug‘idan bo‘lib, tanish ishlarni ko‘p qilar, kosiblar-u ziroat yetishtirgan dehqonlarning sarmoyasini shilib olar tinmay Xitoyga qo‘y-u qoramollar yuborib turar edi. (Me’mor romani, 174-bet)
Tesha, bolta, tamba, yog‘och – U yugurib borib uydan teshami, bolta olib kelishga ham sabri chidamay kiraverish eshikka tirab qo‘yilgan tanba yog‘och bilan bir necha bor urib, ichkari eshikni ham qulatdi. (Me’mor romani, 434-bet)
Bo‘yra –Bo‘yra tagidan bir hovuch tuproq yig‘ib olib, uy burchagiga qo‘ydi. (Me’mor romani, 174-bet)
Bo‘z – Bo‘z va boshqa mato to‘quvchi Xorun degan mo‘ylabdor bir odam bozorda va ichkari mahallalarda odamlarni o‘z atrofiga to‘plab, ularga hamdard bo‘lar… (Me’mor romani, 174-bet)