82
mamlakatimizni
ijtimoiy-siyosiy
rivojlantirishning
g‘oyat
muhim sharti
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil 12-
noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surgan
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik
jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor
vazifalardan biri ekanini alohida taʼkidladi. Chunonchi unda “Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi lozimligi alohida taʼkidlandi.
Bu qonun,
eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat
idoralari bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini nazarda
tutadi. Yaʼni jamiyat hayotining turli yo‘nalishlarida istiqbolli dasturlar, loyihalarni
amalga oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining ishtirok etishlari uchun
muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, mazkur qonun
hududlarni har tomonlama rivojlantirish, turli ijtimoiy
masalalar yechimini
nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal etishga sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish
beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi
va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini
rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarida, kasaba
uyushmalari, xodimlarning
boshqa vakillik
organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining
manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik
va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan
iboratdir, deb ko‘rsatilgan. Ushbu kodeksning 52-moddasida esa jamoa
kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish,
jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish,
mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin,
deyilgan.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun uning asosiy institutlaridan biri –
jamiyatdagi ijtimoiy sheriklikni shakllantirish zarur. Hozirgi fuqarolik jamiyatiga
transformatsiyasi jarayonini o‘z boshidan kechirayotgan O‘zbekistonda 2014-yil
25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi
qonuni qabul qilingan edi.
O‘zbekistonda birinchi marta 2019-yilga kelib
ijtimoiy sheriklikka doir
asosiy prinsiplar va qoidalar Prezident Sh.M.Mirziyoуev tashabbusi bilan qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” yangi
tahrirda qabul qilingan qonunda o‘z ifodasini topdi. Unda xalqaro meʼyoriy
hujjatlar, rivojlangan mamlakatlar tajribasi, BMTning XMT konvensiyalariga
muvofiq tarzda ifodalandi. Аlbatta, bu holat O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat
munosabatlarini fuqarolik jamiyati talablari asosida rivojlantirishning yangi
bosqichi boshlanganligini bildiradi. Va nihoyat, “ijtimoiy sheriklik”
tushunchasining mohiyati kasaba
uyushmalari timsolida xodimlar, ish beruvchilar
83
(ish beruvchilarning vakillari), davlat boshqaruv organlarining xodimlar, ish
beruvchilar va davlatning ijtimoiy-mehnat masalalaridagi o‘zaro sherikligi sifatida
eʼtirof etildi.
Mazkur qonunning “Kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari” 5-bobining
28, 30-32-moddalari xalqaro meʼyoriy hujjatlar, XMT konvensiyalari talablari,
rivojlangan davlatlar tajribalari asosida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik
va tomonlarning konsensusga erishishi jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Jumladan,
28-moddada kasaba uyushmalarining asosiy huquqlari quyidagicha belgilangan:
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish;
mehnat va ijtimoiy rivojlanish sohasida qonunlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va h.k.;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini
ifoda etish va
himoya qilish;
jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa shartnomalari va jamoa
kelishuvlarini tuzish hamda ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga
oshirish;
bandlikni taʼminlashga ko‘maklashish;
xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rish;
mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborotlar
olish;
mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga rioya qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlar manfaatlarini himoya qilish;
mehnat va ijtimoiy rivojlanish sohasida xalqaro shartnomalarni tuzishda
ishtirok etish.
Kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari birlashmalari va ularning
organlari jamoa muzokaralari olib borish, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlar
nomidan jamoa shartnomalar va jamoa kelishuvlari tuzish huquqiga ega.
Umuman
olganda,
O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini
rivojlantirish, xususan, ijtimoiy sheriklikni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va
jamiyatda barqarorlikni taʼminlashda muhim o‘rin egallashini eʼtiborga olib,
davlatimiz va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan keyingi
ikki yil ichida bu sohada chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: