80
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi) va Markaziy saylov
komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid o‘nlab qaror va
yo‘riqnomalari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Shuningdek, 2021-yilda Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar
kiritish
to‘g‘risidagi qonun bilan prezident saylovlari bo‘lib o‘tadigan kun dekabr oyidan
oktabr oyiga ko‘chirildi. Shundan kelib chiqib 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib
o‘tgan mustaqil O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida saylovchilar
ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchidan 16 million 212
ming 343 nafari (80,4 foizi) qatnashdi.
Shuningdek, shu yildagi prezident saylovida 887 ming 686 nafar yoshlar
hamda uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan
jinoyatlarni
sodir etgan 8 203 nafar mahkum ham birinchi marta ovoz berishi maʼlum qilindi.
Ovozlar berilishi quyidagicha taqsimlandi: Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP)
– 80,12
foiz ovoz, Maqsuda Vorisova (XDP) – 6,63 foiz ovoz, Аlisher Qodirov
(“Milliy tiklanish” DP) – 5,48 foiz ovoz, Narzullo Oblomurodov (Ekopartiya) –
4,14 foiz ovoz, Bahrom Аbduhalimov (“Аdolat” SDP) – 3,39 foiz ovoz bilan
yakunlandi.
MSK joriy yilgi prezident saylovini yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotlardan
va ellikka yaqin xorijiy davlatlardan jami mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi hamda
mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalarining 1 ming 672 nafar
vakili bevosita kuzatib va yoritib borganini qayd etib, bu O‘zbekistonda o‘tgan
saylovlar tarixidagi rekord ko‘rsatkich ekanini taʼkidladi.
Bunda fuqarolar faol va munosib ishtirok etdi. Bu ham jamiyatda fuqarolik
institutlarining rivojidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: