76
– O‘z faoliyati to‘g‘risida axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari
va qarorlarini targ‘ib etish;
– saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z
vakillari orqali tegishli
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
– qonunlarda belgilib qo‘ilgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
– partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar,
konferensiyalar va boshqa
tadbirlar o‘tkazish;
– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari
taʼsis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
– O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish,
ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish;
– qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
huquqlardan ham foydalanish
mumkin.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy
partiyalarning boshqa
nodavlat-notijorat tashkilotlardan farqi hech bir NNTi yoki jamoat tashkiloti o‘z
oldiga hokimiyatga erishishni maqsad qilmaydi. Bunga faqat siyosiy partiyalar
haqli.
Siyosiy partiyalarning o‘ziga xos muhim belgilari quyidagilardan iborat:
– muayyan rasmiy tashkilot sifatida mavjudligi;
– maʼlum bir faoliyat dasturiga egaligi ;
– alohida ijtimoiy maqomga egaligi;
– jamiyat siyosiy hayotiga bevosita taʼsir ko‘rsatishi;
– o‘z nomzodlari bilan saylov kompaniyasini tayyorlash va o‘tkazishdagi
muhim roli;
– davlat boshqaruvchini shakllantirish va uning amal qilishidagi ishtiroki;
– muayyan ijtimoiy bazaning mavjudligi;
– muayyan iqtisodiy asosga ega ekanligi;
–o‘zining ramziy belgisiga egali va h.k.
Maʼlumot
uchun aytish mumkinki, demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan
davlatlarda mingdan ortiq siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi.
Аgar siyosiy partiyalarning vujudga kelish tarixiga qisqacha to‘xtalib,
tushuncha
hosil qilsak, zamonaviy partiyalar Аngliyada XVII asrda vujudga
kelganiga guvoh bo‘lamiz. Аmmo 1832-yil saylov islohotidan
keyingina hozirgi
ko‘rinishni olgani ham maʼlum. АQShda partiyalar 1830-yillarda, prezident Jekson
davrida tashkil topgan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament
guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil inqilobi
bilan bog‘liqdir. Sharq mamlakatidan esa Yaponiyada vujudga kelgan.
O‘zbekiston hududidachi? Mustaqillik uchun kurash jarayonida vujudga
kelgan bir qator siyosiy harakatlarga to‘xtalib o‘tsak, ular “Birlik” harakati, “Erk”
Dostları ilə paylaş: